Maqtovlarga munosabat to’liq malumot oling
Maqtovlar ham misoli zardek noyob bo‘lsagina qadrli.
B. JONSON
Maqtov doim oqilonalikdir.
F. M. DOSTOEVSKIY
Maqtashga arzirli odamlarning maqtovigina yoqimlidir.
GNEY NEVIY
Sendan hech qanday muruvvat ko‘rmagan kishininggina maqtovi eng durust maqtovdir.
ABUL FAROJ
Muttahamning maqtoviga uchishdan ham ortiqroq xunuk ish yo‘q.
R. ShUMAN
Bama’ni maqtov gapirgani ham, maqtalganni ham yerga uradi.
F.GRIMM
Yaramas shaxsni maqtash bilan maqtaluvchining obro‘yi oshmaydi, maqtaganning yuzi qora bo‘ladi.
P. A. VYaZEMSKIY
Kimki seni maqtasa, shu rostligini bilish uchun o‘zingni tekshirib ko‘r
KATON
Agar maqtovni noloyik deb topsang, bilginki, bu xushomad.
DEMOKRIT
Seni maqtasalar, tananga yaxshilab o‘ylab ko‘r, o‘zing shunga loyiqmisan, loyiq bo‘lsang, bilginki, seni kalaka qilishgan.
F. ChESTERFILD
Omadli odam shaxsiy fazilatlarim uchun meni yaxshi ko‘radilar, deya hech qachon o‘ylamasligi kerak.
LUKAN
Me’yorsiz maqtov – yomon maqtov: kishini ko‘tar-ko‘tar gaplar emas, dalillar maqtashi kerak.
J. LABRUER
Bama’ni odam vaqt o‘tishi bilan maqtov va har turli izzatlarga deyarli har doim befarq bo‘lib qoladi.
J. LEOPARDI
G‘oyat irodasiz va g‘oyat kaltafahm odamgina o‘zi sazovor bo‘magan maqtovlardan huzurlanishi mumkin.
A. SMIT
Biz hayotdagi yutuqlarimizga qanchalik ikkilansak, maqtovlar va dovruqlarga shu qadar orzumand bo‘lamiz.
A. BERGSON
Foydali tanbehni soxta maqtovdan a’lo ko‘radigan aqlli kishilar barmoq bilan sanoqlidir.
F. LAROShFUKO
Ahmoqning tanbehi ham — maqtovdek gap.
SENEKA
O‘zimizda yetishmaydigan fazilatlarga taalluqli maqtovlar doimo bizga yoqadi. Ahmoqqa aqllisan, aldoqchiga do‘nyodagi eng rostgo‘y odamsan, deb ko‘ring, u darhol sizga quchoq ochadi.
G. FILDING
Ahmoq bizni maqtashi bilan u darrov ko‘zimizga bama’ni bo‘lib ko‘rinadi.
F. LAROShFUKO
Biz halol maqtovlarni e’tiborsiz qabul etamizda, qilmagan ishlarimizni maqtaganlarida esa buni o‘zimiz bilib tursak ham minnatdor bo‘lib tinglaymiz.
O.GOLDSMIT
Ayrim hollarda bizga g‘irt yolg‘onligi ma’lum maqtovlar ham yoqaveradi.
L. VOVENARG
Xushomad — soxta chaqa bo‘lib, manmanligimiz tufayligina mUomalada yuradi.
F. LAROShFUKO
Agar biz o‘zimizga-o‘zimiz xUshomad qilmaganimizda birovning xUshomadidan bUzilmasdik.
F. LAROShFUKO
XUshomadga o‘ch odamning tengi xUshomadgo‘y.
V. ShEKSPIR
Ortiqcha maqtovni men og‘U deb bilaman.
I. A. KRILOV
Maqtov yoqqan odamni o‘ buzadi.
J. J. RUSSO
X,azilga yo‘yib ham yolg‘on gapirish, maqtash kerak emas. Sen haqingda istagan odam nima o‘ylasa-o‘ylayversin, sen qanday bo‘lsang, o‘shandayligingcha qolaver.
V. G. BELINSKIY
Sizni maqtab, o‘zgalarni yomonlaganning so‘zini hech tinglamang.
L. TOLSTOY
Kimki tabiatan qo‘rqoq bo‘lsa, o‘zi biror-bir jasrrat ko‘rsatishi u yoqda tursin, hatto o‘rtoqlarini ham vahimaga soladi.
TOMAS MOR
Bizning mamlakatimizda qo‘rqoq nafratga loyiq maxluqdir… Qo‘rqoq — bugungi sotqin na so‘zsiz, kurashda ham xoindir.
N. A. OSTROVSKIY
Bir marta qo‘rqoqlik qilgan odam kelasi safar ham shunday qiladi.
J. GOLSUORSI
Qo‘rqoqlik hech qachon axloqiy bo‘lolmaydi.
M. GANDI
Qo‘rqoqlik — rahmsizlikning boshi.
M. MONTEN
Rahmsizlik hamisha ojizlik, qo‘rqoqlik, vahimadan kelib chiqadi.
K. GELVESIY
Qo‘rqoqlik kuchaysa qattiq -qo‘llikka o‘tadi.
G. IBSEN
Odamlarni qo‘rqitishni istaganlar ayni paytda o‘z qo‘rqoqliklarini namoyon etadilar.
R. EMERSON
Nafrat — qo‘rqoqning qo‘rqib ketganidan paydo bo‘lgan o‘chi.
B. ShOU
Qo‘rqoq xavf o‘tgandan keyingina do‘q-po‘pisa qiladi.
I. GYoTE
Qo‘rqoqlik va hadik tufayli ortga chekinish hanuzgacha mohirona uddaburonlik hisoblanyb kelmoqda.
O. BALZAK
Odam o‘z qilmishiii oqlash uchun bir sababdai boshqa har qanday sababni topadi, o‘z jinoyatlarini oqlash uchun bir bahonadan boshqa har qanday bahonani topadi, o‘z tinchini ta’minlash uchun bir vajdan boshqa har qanday vajni topadi-yu, faqat qo‘rqoqligini o‘ylamaydi.
V. ShOU
O‘ziga-o‘zi achinish jur’atsizlikning eng pastkash ko‘rinishir.
MARK AVRELIY
Jur’atsizlik bizda faqat nafrat uyg‘otadi.
F. ShILLER
Erkak kishining barcha sa’yi harakati mardlarcha bo‘lishi kerak.
A. KAZBEGI
Xotinchalish erkak inson zoti uchun mudhish dogdir.
V. G. BELINSKIY
Qo‘rquvni yengish — odamning epg birinchi vazifasi. Uning tizzalari qaltirab tursa, harakatlari qullarcha davom etaveradi.
T. KARLEYL
Qo‘rquv aqllilarni tentak, kuchlilarni ojiz qiladi.
F. KUPER
Qo‘rquv tilyoglamalikni keltirib chiqaradi.
DEMOKRIT
Qo‘rqoqni har qanday firibgar ham xo‘rlaydi.
P. BOMARShE
Qo‘rquvga qul bo‘lish — eng yomon qullik.
B. ShOU
Odamning odamligi qo‘rquvni qay daraja yengishida bilinadi.
T. KARLEYL
Qo‘rqmay yashash kerak. Qo‘rqoqqa doim qo‘sha ko‘rinadi,mard odamga esa har qanday og‘ir ish ham oson tuyuladi.
F. V. GLADKOV
ziyouz.uz
Hikmatli so’zlar
Maqtovlarga munosabat