Maqsad haqida
Maqsad haqida
DO`STLARGA ULASHING:
Hayotdagi maqsad inson qadr-qimmati va baxtning asosidir.
K. D. UShINSKIYInsonning barcha istaklarini qondiringu, lekin undan yashash maqsadini olib qo‘yingchi, qarabsizki, u naqadar baxtsiz va ojiz kimsaga aylanib qoladi.
K. D. UShINSKIYInson musibatlarini tobora kamaytirib, inson rohat-farog‘atini tobora oshirish. Dono va sofdil odamlarning butun kuch-g‘ayrati doimo ongli yoki ongsiz ravishda, bevosita yoki bilvosita mana shu maqsadga qaratilgan edi.
D. I. PISAREVHayotiy kurash belgilangan maqsad sari ongli intilishga aylangan paytdan boshlab kishi o‘zini baxtli hisoblashi mumkin.
D. I. PISAREVMaqsad baxtga erishishdan iborat bo‘lmog‘i lozim, aks holda, gulxan yetarli darajada gurillab yonmaydi, harakatlantiruvchi kuch yetarli darajada qudratli bo‘lmaydi — binobarin, muvaffaqiyatga ham to‘la erishilmaydi.
T. DRAYZERHayotning ma’nosi orzu-niyatlar sari intilishning go‘zalligi va qudratidadir, shuning uchun tiriklikning har daqiqasi o‘zining yuksak maqsadiga ega bo‘lishi kerak.
M. GORKIYMening nazarimda, o‘z oldiga maqsad qo‘ygan va shu maqsadi uchun bor kuchini fido etgan kishigina baxtli bo‘lmog‘i mumkin.
M. I. KALININShon-shavkat yuksak maqsad sari intilganning mulkidir.
FIRDAVSIYAytish mumkinki, har bir ayrim kishida va umuman hammada ham ma’lum maqsad bo‘ladi, shu maqsadga intila turib, ular bir yo‘llarni e’tirof etadilar, ba’zilarini esa rad qiladilar.
ARASTUHayot mudom harakatda bo‘lmog‘i uchun xohish o‘lmasligi kerak.
S.JONSONHar kimning ko‘z o‘ngida, harqalay, o‘ziga buyuk ko‘rinuvchi va agar uni eng chuqur e’tiqod, chinakam qalb ovozi buyuk deb e’tirof etsa, chindan ham buyuk bo‘lgan muayyan maqsadi bor…
K.MARKSQalbni orzudan mahrum qilish yerni havodan ayrib qo‘yish bilan barobar.
E. BULVER-LITTONInsonning mohiyati uning xohishlarida aks etadi.
B. SPINOZAIstak ado bo‘lgan yerda odam ham ado bo‘ladi.
L. FEYERBAXOdamlarni o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga qarab baholash kerak.
N. N. MIKLUXO-MAKLAYOdamning o‘z jonini tikishga ham tayyor turgan biron maqsadi bo‘lmasa yomon.
L. N. TOLSTOYBir jihatdan, mohiyat-e’tibori bilan o‘z oldiga mazmundor maqsad qo‘yib, ikkinchi bir tomondan, shu maqsadga qattiq amal qilgan odam chinakam xarakterli insondir, chunki u shu maqsadlardan voz kechsa, uning o‘ziga xosligi yo‘qolgan bo‘lur edi.
G. GEGEL
Sira shoshilmaydigan odam ham mabodo u o‘z maqsadidan chalg‘ib ketmagan bo‘lsa, maqsadsiz tentirab yurgan odamga qaraganda jadalroq yuradi.
G. LESSINGTo‘g‘ri yo‘lda sudralib borayotgan odam ham yo‘ldan adashgan shoshqaloqdan o‘zib ketadi.
F. BEKONO‘z intilishing marrasiga yetmoqchi bo‘lsang — muloyimlik bilan adashgan yo‘lingni so‘ra.
V. ShEKSPIRQanday maqsad bo‘lishidan qat’iy nazar, unga g‘oyat jiddiyat bilan intilish o‘sha maqsadga erishish yo‘lidagi yarim yutuqdir.
V. GUMBOLDTDunyoni ko‘pdan beri ummonli okean deyishadi, lekin unda kompas bilan suzgan odam baxtlidir.
N. M. KARAMZINPrintsipsiz va irodasiz kishi kompasi va ruli yo‘q kemaga o‘xshaydi, u sal shamol o‘zgarishi bilan yo‘nalishini o‘zgartiraveradi.
S. SMAYLSShunday odamlar borki, ular suvga tushgan xasdek hech bir maqsadsiz dunyodan o‘tib ketadilar; ular suzishmaydi, oqim ularni olib yuradi.
SENEKAAgar maqsadsiz bo‘lsang hech narsa qilolmaysan, maqsading katta bo‘lmasa buyuk ish qilolmaysan.
D. DIDROMayda ishlarga zeb bergan odam buyuk ishlarga noqobil bo‘ladi.
F. LAROShFUKOInson bor kuchini ishga solishi uchun o‘z oldiga ilhom bag‘ishlaydigan biron-bir olijanob maqsad qo‘ymog‘i lozim.
E. RENANKishi hayotda o‘z oldiga muayyan bir maqsad qo‘ymog‘i lozim… O‘z kuchiga yarasha maqsad qo‘yish uchun so‘zsiz yetarli darajada aql-farosatli bo‘lish ham kerak.
N. A. OSTROVSKIYOdamlar ichida eng bo‘lmag‘uri istagi yo‘q kishidir.
ABAY QO‘NONBOEVMaqsadi ulug‘lashgan sari odamning o‘zi ham ulug‘lashib boradi.
F. ShILLERMaqsadsiz faoliyat yo‘q, manfaatsiz maqsad yo‘q, faoliyatsiz esa hayot yo‘q. Manfaatlar, maqsadlar va faoliyat manbai — ijtimoiy hayot substantsiyasidir.
V. G. BELINSKIYUlug‘ aql egalari o‘z oldilariga maqsad qo‘yadilar, qolgan odamlar o‘z istaklari orqasidan ergashadilar.
U. IRVINGMuayyan bir maqsadga yo‘naltirilmagan aql izsiz yo‘qoladi; hamma yerda bo‘lmoq hech yerda bo‘lmaslik degan so‘zdir.
M. MONTENO‘z oldingizga yaxshi maqsadlar qo‘ying. Biz biron-bir narsaga qarshi kurashibgina qolmay, balki eng avvalo biron-bir narsa uchun ham kurashishimiz lozim.
Ye. I. MARSINOVSKIYYuksak maqsadlar yuzaga chiqmay qolgan taqdirda ham biz uchun u amalga oshgan past maqsadlardan ko‘ra qimmatliroqdir.
I. GYoTEAgar intilish sof ko‘ngildan chiqsa, harqalay, chalaroq qolib, aniq nishonga tegmasa ham juda katta foyda keltirishi mumkin.
I. S. TURGENEVO‘z tabiatiga ko‘ra turlicha bo‘lgan bosqichlarni qat’iy farqlash, ularning kelib chiqish sharoitini xushyorlik bilan o‘rganish, aslo pirovard maqsadni orqaga surish emas, aslo o‘z yo‘lini sekinlatish emasdir.
V. I. LENINVaziyat o‘zgaruvchan bo‘lsa ham printsiplar hech qachon o‘zgarmaydi.
O. BALZAKMaqsadga yaqinlashgan sari mashaqqat ortib boradi. Lekin har bir kishi yulduzlarga o‘xshab sokinlik bilan, shoshmasdan, biroq belgilangan maqsad tomon uzluksiz intilgan holda o‘z yo‘llarini bosib o‘tishlari kerak.
I. GYoTEKim buyuk maqsadga intilsa, o‘zini o‘ylamasligi zarur.
I. S. TURGENEVMaqsadga olib boradigan yo‘lning uzoq-yaqinligi ahamiyatsiz.
Ye. I. MARSINOVSKIYKam kuch sarflab o‘z maqsadiga yetishishlik eng zo‘r mukammallik bo‘lub tuyuladi menga.
Sh. MONTESKEVositalar xarakteri xuddi maqsad xarakteriga o‘xshagan bo‘lishi kerakki, shundagina vositalar maqsadga olib borishi mumkin. Noo‘rin vositalar faqat noo‘rin maqsadlarga yaraydi.
N. G. ChERNIShEVSKIYOlijanob maqsad shu maqsad yo‘lida kishi faoliyatini yanada xushfazilat qiladi.
K. LIBKNEXTEng muqaddas ish ham uni ro‘yobga chiqarish yo‘lida jinoyatdan tap tortilmasa, tahqir va kufurlikka aylanadi.
F. LAMENNEHarakat vositalari uning natijalari bilan qo‘shilib ketadi.
O. BALZAK…Nohalol vositalarni talab qiladigan maqsad halol maqsad emas…
K. MARKSNomunosib vositalarni oqlovchi maqsad hech qachon yuksak maqsad bo‘lolmaydi.
A. E. EYNShTEYNVosita maqsadning jon-taniga singib ketgan taqdirdagina maqsadga erishish mumkin.
F. LASSALUlug‘ g‘oya ham yaramas muhitda buzilib, qator bema’niliklarga aylanib ketadi.
V.O. KLYuChEVSKIYOdamlar vositani maqsad deb bilib, o‘zlarini ham, boshqalarni ham yanglishtiradilar, natijada ularning butun urinishlaridan hech narsa chiqmaydi, chiqqanda ham o‘zlari intilgan narsaning aks natijasi chiqadi.
I. GYoTEMo‘ljaldan o‘tib ketgan odam ham mo‘ljalga tegolmagan odamdek dog‘da qoladi.
M.MONTENMe’yordan oshirib yuborish — maqsadga yetish emas.
O. BALZAKFaqat maqsadga yetolmagannigina emas, balki besh qo‘lni og‘izga tiqqanni ham maqsadsiz deya hisoblash kerak.
V. O. KLYuChEVSKIYHayotimiz — sayohat, g‘oya esa — yo‘lchi yulduz. Yo‘lchi yulduz bo‘lmasa hammasi to‘xtaydi-qoladi. Maqsad boy berilsa, kuch go‘yo mutlaqo bo‘lmagandek.
V. GYuGOInson qaysi manzilga ketayotganini bilmasa, uning yelkaniga hech bir shamol ham duch kelmaydi.
SENEKAziyouz.uz
Maqsad haqida