MANSUROV Dilshod Ismatovich
MANSUROV Dilshod Ismatovich (1983.12.12, Toshkent viloyati, Keles sh.) — erkin kurashchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi. «Oʻzbekiston iftixori» (2001). Mansurov 9 yoshidan boshlab Nurlan Jaqsilikov murabbiyligida erkin kurash bilan shugʻullanadi. Toshkent iqtisodiyot unti talabasi (2003). Butunjahon oʻsmirlar oʻyinlari gʻolibi (1998, Moskva), yoshlar oʻrtasida Osiyo chempioni (2001, Dexli), ikki karra jahon chempioni (2000, Nansi; 2001, Toshkent). 55 kg vazn toifasida Osiyo chempioni oltin medalini qoʻlga kiritdi (2002, Pusan).
Ensiklopediya.uz
MANSUROV Dilshod Ismatovich