MANJETA
MANJETA (frans. manchette — yeng) — mashinalarning birikmalaridagi zichlovchi detal; suyuklik yoki gazning yuqori bosimli boʻshliqdan past bosimli boʻshliqqa sizib chiqishiga yoʻl qoʻymaydi. Manjeta oʻziga xos P-kesimli halqa koʻrinishida charm, rezinadan tayyorlanadi. Halqaning silindrik sirti birikmadagi qoʻzgʻaluvchan va qoʻzgʻalmas detallar orasidagi tirqishni zichlab turadi va suyuklik (moy, yonilgʻi, suv) va gazning sizib chiqishiga, ish boʻshligʻiga chang va loy kirishiga toʻsqinlik kiladi.
Ensiklopediya.uz
MANJETA