MANIPUR
MANIPUR (meytxeilar) — xalq. Hindistondagi kukuchinlar guruhiga kiruvchi xalq, Manipuri shtatining asosiy aholisini tashkil etadi (1,65 mln., 2001Y.). M. tilida soʻzlashadi. Koʻpchiligi hinduizm (vishnuizm), shuningdek, xristian va islom diniga eʼtiqod qiladi. Manipur larning asosiy mashgʻuloti — deqqonchilik (sholi, tariq), chorvachilik; yuk tashuvchi hayvonlar, echki va choʻchqalar boqiladi. Xoʻjalikda baliqchilik, qisman ovchilik katta ahamiyat kasb etadi. Hunarmandchilikda toʻquvchilik rivoj topgan. Manipurlar ip va ipak gazlamalar tay-yorlaydilar, ularda gilam toʻqish mu-him oʻrin tutadi. Manipur xalqi oʻz milliy adabiyotiga (bangol alfaviti asosida) va boy folkloriga ega. Ularning raqs sanʼati mashhur.
Ensiklopediya.uz
MANIPUR