MANGEYM
MANGEYM, Manxaym — Germaniyadagi shahar, Baden-Vyurtemberg yerida. Aholisi 308,9 ming kishi (1998). Lyudvigsxafen shahri bilan birgalikda sanoat aglomeratsiyasini tashkil etadi. Nekkar daryosi Reyn daryosiga quy-ilish joyidagi port. Mashinasozlik (stanoksozlik va avtomobilsozlik, q. x. mashinalari, elektrotexnika), kimyo, toʻqimachilik, qogʻoz, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Rangli metallurgiya rivojlangan. Metalldan quyma buyumlar, poʻlat konstruksiyalar ishlab chiqariladi. Un-t, muzeylar (Kunstxalle, Reys) bor. Shahar qoʻlyozmalarda ilk bor 766-y. dan tilga olingan. 1607-y. dan shahar maqomini olgan. 18-a. ga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.
Ensiklopediya.uz
MANGEYM