“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to’liq malumot oling
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni (Qonun) bilan o‘rnatilgan talablar va mexanizmlarni davlat organlari va tashkilotlarida samarali joriy etish, bu jarayonda xodimlarning huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlash hamda ular uchun zarur tushuntirish ishlarini olib borish davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Qonun ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
Komissiya 2024-yil 1-iyulgacha Qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq ro‘yxatini shakllantiradi.
Qonun kuchga kirganidan keyin quyidagilar ta’minlanadi:
har chorakda Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari tomonidan davlat organlari va tashkilotlari kesimida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holatlar tahlil qilinishi, bunday holatlar ko‘paygan davlat organlari va tashkilotlariga kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni belgilash uchun tegishli taqdimnomalar kiritilishi;
har yarim yilda manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar Respublika idoralararo komissiyasi yig‘ilishlarida tegishli davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilib borilishi.
Foydali Maslahatlar
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari