“Mandarin” salati

“Mandarin” salati

“Mandarin” salati

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur masalliqlar: 150 gr. qattiq pishloq, 100 gr. suyuq pishloq, 2 dona tuxum, 2 dona sabzi, 2-5 bo‘lak sarimsoqpiyoz, 50-70 gr. mayonez, ta’bga ko‘ra tuz.
mandarin salati
Tayyorlanishi:
tuxum va sabzi qaynatib pishiriladi va sovutiladi. Keyin tuxum po‘chog‘idan tozalanib, katta qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Qattiq pishloq, sabzi va suyuq pishloq muzlatkichda qattiq holga kelguncha sovutilib, mayda qirg‘ichdan o‘tkaziladi. So‘ng suyuq va qattiq pishloq, tuxum hamda presda ezilgan sarimsoqpiyoz chuqur idishga solinadi. Barcha masalliqlar ustidan ta’bga ko‘ra tuz solib, mayonez qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan masalliqdan bir osh qoshiqdan olib, dumaloq qilib, mandarin ko‘rinishidagi shaklchalar yasaladi. Tayyor bo‘lgan “mandarin”lar 15 daqiqa muzlatkichga qo‘yiladi. Keyin pazanda qo‘llarini yog‘lab, qirg‘ichdan o‘tkazilgan sabzidan mitti kulcha yasaydi va unga “mandarin”lar o‘raladi. Agar unga bargchalar yasashni istasangiz, ko‘katlardan foydalanish mumkin.
 
Dilfuza AZIMOVA
tayyorladi

soglom.uz/tavsiya/mandarin-salati/

“Mandarin” salati