MANA
MANA, Manna — qad. Sharq davlatlaridan biri (mil. av. 1ming yillikning 1-yarmi). Ozarbayjon hududidagi dastlabki davlat. M. ning asosiy yerlari va poytaxti — Izirtu (Zirta) Jagatu daryosi havzasida joylashgan. Mil. av. 1ming yillik boshlarida Urmiya koʻli atrofidagi r-nlarda davlat ti-pidagi mayda birlashmalar vujudga kelgan; ularning markazi shaharqalʼ-alarda joylashgan [ulardan biri (mil. av. 10—9-a. lar) — Hasanlu tepada qazishma ishlari olib borilgan]. 9-a. da Ossuriya, soʻng Urartu davlatlarining bosqini tufayli ularning orasida Mana kuchayib ketgan (ilk bor manbalarda mil. av. 843-y. qayd etilgan). 8-a. da u qator qoʻshni viloyatlarni oʻziga biriktirib yirik davlatga aylangan. Uning aholisi turli etnik guruhlarga: xurriylar, lulubeylar, kutiylar, kassitlar va b. qad. mahalliy qardosh qabilalar, shuningdek, mil. av. 1ming yillik boshida bu r-nlarga tarqalgan eroniy qavmlarga mansub boʻlgan.
Ensiklopediya.uz
Mana