Ma’muriy huquq darsliklari
4. Voyaga etmaganlar 16 yoshdan ma’muriy javobgarlikka tortiladilar. 16 yoshdan 18 yoshgacha ma’muriy huquqbuzar shaxslarga nisbatan Voyaga etmaganlar ishlari Bilan shug’ullanuvchi komissiyalar to’g’risidagi Nizomda nazarda tutilgan choralar qo’llaniladi.
Ma’muriy huquq darsliklari
–>
Adabiyot [561] |
Arxitektura [40] |
Astranomiya [38] |
Axborot [71] |
Biologiya [387] |
Biznes [47] |
Bojxona [42] |
Davlat Huquq Asoslari [4] |
Dunyo din tarixi [32] |
Ekologiya [109] |
Estetika va Etika [30] |
Falsafa [48] |
Fizika [254] |
Fransuz-Tili [22] |
Geografiya [141] |
Geometriya [6] |
Huquqshunoslik [281] |
Informatika [643] |
Texnologiya [274] |
Internet [43] |
Ingliz tili [680] |
Iqtisodiyot [1133] |
Jahon tarixi [276] |
Jamiyatshunoslik [24] |
Kimyo [82] |
Kasbiy Ta’lim [11] |
Konsitutsiya [60] |
Ma’naviyat [48] |
Matematika [89] |
Milliy G’oya [128] |
Musiqa [2] |
Nemis-tili [30] |
Ona-tili [50] |
Oshpazlik [39] |
O’zbekiston tarixi [197] |
Pedagogika [104] |
Prezident Asarlari [17] |
Psixologiya [149] |
Rus-tili [44] |
Qishloq xo’jaligi [92] |
Siyosatshunoslik [25] |
Soliq va Soliqga tortish [18] |
Tilshunoslik [9] |
Tibbiyot [64] |
Turizm [172] |
va Boshqalar. [332] |
Sport [7] |
Sxemotexnika [13] |
–>
Ma’muriy huquq asoslari
Yukladi: routerboy Fan: Huquqshunoslik
Diqqat! Agar referat yuklashda muammo bo’lsa ushbu silka orqali YUKLAB oling!
Qaytish Yuklandi: 6801
- Fuqorolarning huquqlarini konstitutsiyaviy asoslari va shaxsiy huquq
- Konstitutsiyaviy huquq asoslari
- Ma’muriy xuquq asoslari
- Konstitutsiyaviy huquq asoslari
- Ma’muriy xuquq asoslari
- Ma’muriy huquq asoslari 2
- Ma’muriy huquq asoslari
- Xalqaro huquq asoslari
- Huquq asoslari
- Vaqtni o’lchash asoslari
- MA’NAVIYAT ASOSLARI
- Termodinamika asoslari
- Geosiyosat asoslari
- Ekologiya huquqi asoslari
- Ekologiya huquqlari asoslari
- Ekologiya xuquqi asoslari
- Fuqarolik huquqi asoslari
- Fuqarolik va uning konstitutsiyadagi asoslari
- Huquq haqida asosiy tushunchalar
- Huquq tushunchasi
Hurmatli sayti foydalanuvchisi.Saytdan to’liq foydalanish uchun
Biz sizga ro’yhatdan o’tishni yoki saytga kirishingizni tavsiya etamiz.
Ma’muriy huquq darsliklari
1. Ma’muriy huquq tushunchasi, manbalari va tizimi.
2. Ma’muriy huquq normalari va ma’muriy huquqiy munosabatlari.
3. Davlat bosh q aruv organlari tushunchasi, turlari va tizimi.
4. Ma’muriy h u q u q buzarlik va ma’muriy jazo.
5. M a’muriy jazo turlari va ularni beruvchi organlar .
Ma’muriy huquq davlat boshqarishni tashkil eti shva amalga oshirish jarayonida yuz beradigan munosabatlarni tartibga solib turuvchi huquqiy normalar tizimidir. «ma’muriy» so’zi «boshqarish yoki boshqaruvchi», ya’ni shu ishni, vazifani bajaruvchi shaxs demakdir.
Ma’muriy huquq boshqarish organlarining tashkil etilishi, faoliyati tartibi, printsiplari, shakl va usullarini, davlat xizmati, davlat xizmatchilarining huquq va burchlari, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning davlat boshqaruv sohasidagi huquq va burchlarini belgilaydi.
Ma’muriy huquq davlat boshqarish sohasidagi munosabatlarni, xususan, davlat boshqaruv organlarining o’zaro munosabatlarini, shuningdek, ularning jamoat tashkilotlari va fuqarolar Bilan munosabatlarini tartibga solish uchun hokimiyatning maxsus organlari belgilangan xatti-harakat qoidalari boshqarish jarayonini tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’muriy huquq o’zining tabiatiga ko’ra davlat hokimiyatini amalga oshirishni tartibga solishga, barcha hokimlik organlarining faoliyatlarini qonunning aniq doirasiga kiritishga da’vat etadi. Hokimlik funktsiyalarining sarhadlarini, boshqaruvning buyruqbozlik shakllariga qarshi turishga yordam beruvchi yuridik mexanizmlarini belgilash ma’muriy huquqning muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Hokimlik qiluvchi tuzilmalarning ichki tashkiliy faoliyati sohasidagi munosabatlarni va davlatning nazorat faoliyatini ma’muriy huquq amalga oshiradi.
Ma’muriy-huquqiy normalar imperativ (qat’iy) qoidalardan:
1) mann qiladigan qoida (masalan, ko’chada yuritish turish qoidasiga rioya qilish);
2) majbur qiladigan qoida (pasport tizimi qoidasini bajarish) yoki tanlash huquqini beradigan vakolat qoidalari bo’lishi mumkin (masalan, biror o’quv yurtini faoliyatini tekshirishni tegishli vazirlik tomonidan amalga oshirish).
Ma’muriy-huquqiy munosabatlar – bu ma’muriy huquq normalariga asoslangan munosabatlardir. Ularning mazmuni sub’ektlarning huquq va majburiyatlari hisoblanadi. Prezident, uning tarkibiy uning tarkibiy bo’linmalari, mansabdor shaxslar va davlat apparatining boshqa xizmatlari, korxonalar, muassasalar, shuningdek, respublika fuqarolari, xorijliklar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar, foyda olishni maqsad qilib olmagan fuqarolarning birlashmalari sub’ektlar bo’lib hisoblanadi.
Respublika Konstitutsiyasiga ko’ra, Prezident davlat boshlig’i hiosblanadi va Ayni vaqtda ijro etuvchi hokimiyatga va nafaqat uning markaziy bo’g’iniga, balki respublikaning barcha ijro etuvchi tizimiga rahbarlik qiladi. Davlat boshlig’i sifatida u hokimiyatning barcha tarmoqlariga boshchilik qilib, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi. Ijro etuvchi organlarning Prezidentga bevosita bo’ysunishi uning obro’si kuchi Bilan ijro etuvchi hokimiyatni, qonunchilikni, intizomni mustahkamlash, qarorlarning bajarilishini nazorat qilishni kuchaytirish, paydo bo’ladigan masalalarni yanada tezkorlik Bilan hal etishni ta’minlash imkonini beradi.
Davlat boshqaruv organlari-bular qonun Bilan belgilangan tartibda tashkil topgan va uning funktsiyalari hamda vazifalarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan vakolat berilgan, bu maqsadda davlat-hokimiyat vakolati bilan ta’minlangan va belgilangan tartibda ish ko’ruvchi fuqarolar guruhidir.
Davlat boshqaruv organlari belgilangan tartibda tashkil topadi. Ular funktsiyalari va vazifalarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan vakil qilingan. Bu Bilan ular funktsiyalarning bir qismini va umuman, barcha funktsiyalarni bajarishlari mumkin. Vazirlar Mahkamasi, barcha funktsiyalarni, vazirliklar-ayrim yoki bir qator funktsiyalarni bajaradi.
Faoliyatlarining hududiy miqyoslariga ko’ra davlat boshqaruv organlari yuqori, markaziy va mahalliy organlarga bo’linadi. Yuqori organlarga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi kiradi. Markaziy organlarga vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar kiradi. Mahalliy boshqaruv organlariga hokimlar, shuningdek, shuningdek, ayrim vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning organlari, bir nechta ma’muriy-hududiy birliklar hududidagi ob’ektlar: sanaoat birlashmalari, boshqarmalari, temir yo’llar va shu kabilar kiradi.
Tuzilish tartibiga ko’ra davlat boshqaruv organlari tomonidan bevosita tuziladigan, davlat hokimiyati yuqori ijro etuvchi, boshqaruvchi organlari, vazirliklar, idoralar, hokimlar tomonidan tuziladigan davlat boshqaruv organlariga bo’linadi.
Tuzilish usuliga ko’ra davlatboshqaruv organlari tuziladigan (Vazirlar Mahkamasi) va taynlanadigan-barcha qolganlaridavlat boshqaruv organlariga bo’linadi.
Hajmi va huquqiy tusiga ko’ra davlat boshqaruv organlari umumiy, tarmoq, tarmoqlararo huquqiy organlarga bo’linadi. Birinchi guruhga vazirlar mahkamasi, hokimliklar kiradi. Ikkinchisiga-vazirliklar, idoralar, hokimliklarning bo’linmalari va boshqarmalari kiradi. Uchunchisiga –davlat qo’mitalari kiradi.
Idoralarga qarashni masaklalarni hal etishga ko’ra, boshqaruv organlari kollegiallik va yakkaboshchilik boshqaruv organlariga bo’linadi.
Davlat boshqaruv organlari yagona tizimni tashkil etadilar. U respublika miqyosida xo’jalikka, ijtimoiy-madaniy va ma’muriy-siyosiy qurilishga kundalik har tomonlama rahbarlik qilishni ta’minlash zarurligidan kelib chiqadi.
Davlat boshqaruv organlari tizimi respublikaning milliy-davlat tuzilishi va ma’muriy-hududiy bo’linishning o’ziga xosliklarini hisobga olib quriladi. Unga O’zbekiston Respublikasining, Qoraqalpog’iston Respublikasining, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari va ovullar, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalar fuqarolarning yig’inlari, o’zini-o’zi boshqarish organlari, shahar, qishloq kiradi. Davlat boshqaruv organlari tuzilishini umumrespublika, markaziy va mahalliy organlar tashkil etadi.
Davlat boshboshqaruvining umumrespublika organlariga quyidagilar kiradi:
O’zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi, u Oliy majlis Bilan kelishgan holda prezident tomonidan tashkil etiladi va o’z huquq doirasida O’zbekiston Respublikasini boshqarishga tegishli barcha masalalarni hal etishga vakolatlidir.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Jo’qorg’i Kengesi tomonidan tuziladi va o’z huquq doirasida Qoraqalpog’iston Respublikasiga tegishli masalalarni hal etish uchun vakolatlidir.
Markaziy boshqaruv organlariga O’zbekiston respublikasi va Qoraqalpog’iston respublikasi vazirliklar va davlat qo’mitalari kiradi. Ular o’zlariga topshirilgan tarmoqlarga rahbarlik qiladilar yoki taromqlararo boshqaruvni amalga oshiradi. Ularga respublika vazirliklari va davlat qo’mitalari kiradi, ular O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo’ysunadilar. Ularning ihtiyorida respublikaga bo’ysunuvchi idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bor.
Mahalliy Boshqaruv organlariga:
§ viloyatlar, tumanlar, shaharlarda vakillikqilish va ijro etish, boshqarishni o’zida mujassamlantirgan hokimliklar;
§ joylarda xo’jalik, ijtimoiy-madaniy va ma’muriy-siyosiy qurilishning ayrim tarmoqlarini boshqarish uchun hokimlar tomonidan tuziladigan hokimliklarning bo’limlari, boshqarmalar va xizmatlari kiradilar.
Davlat xizmati mehnat faolitining turlaridan biridir. U moddiy ne’matlar yaratish Bilan bog’liq bo’lmay, ish jarayonida amalda davlat vazifalarini amalga oshiradi.
Davlat xizmati, davlat apparatidagi lavozimni belgilangan tartibda egallaydigan va davlat vazifalari hamda funktsiyalarini amalga oshirishga oid o’zlariga yuklatilgan majburiyatlarni taqdirlash uchun bajaruvchi shaxslar tomonidan bajariladi.
Davlat faoliyati turlariga ko’ra davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruv organlari, odil sudlov organlari va huquqni himoya qilish organlari xizmatchilarini farqlaydilar.
Mehnatning tusiga ko’ra , davlat xizmatchilari, rahbarlari, mutaxassislar va texnik xodimlarga bo’linadi. Rahbarlarga davlat organlari, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, ularning tarkibiy bo’linmalarining rahbar xodimlari kiradi.
Oliy yoki o’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lgan va maxsus bilimlar va mehnatko’nikmalari talab qiluvchi ishlarni bajaruvchi xizmatchilar mutaxassislar deb tan olinadi.
Texnik ijrochilar-bular hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish, xo’jalik xizmati ko’rsatish, hisobga olish va nazorat qilish, ish yuritish Bilan band bo’lgan xizmatchilardir.
Vakolatlarining xususiyatiga ko’ra, davlat xizmatchilari davlat, hokimiyat vakolatiga ega bo’lgan xizmatchilarga va bunday vakolatga ega bo’lmagan xizmatchilarga bo’linadilar.
Davlat organlari va davlat xizmatchilaridan tashqari jamoat birlashmalari ham ma’muriy-huquqiy munosabatlarning sub’ektlari bo’lishlari mumkin.
Jamoat birlashmalari – bu xalqning o’zini-o’zi boshqarish tizimi bo’g’inidir. Ular davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini tuzishda, davlat hokimiyati va boshqaruvchi organlari qarorlarini ishlab chiqishda qatnashadilar, davlat va jamoatchilik organlarida o’z a’zolarining qonuniy manfaatlarini ifodalaydilar.
O’zlarining shaxchiy huquqlari va burchlarini davlat boshqaruvi sohasida amalga oshirib, xususiy shaxslar sifatida ishlovchi fuqarolar ham ma’muriy-huquqiy munosabatlarning sub’ektlari bo’lishlari mumkin.
Ma’muriy-huquqiy munosabatlarda qatnashish uchun fuqaro ma’muriy huquqiy layoqatga va muomala layoqatiga ega bo’lishi kerak.
Ma’muriy quqiy layoqat – bu ma’muriy-huquqiy tusdagi huquq va majburiyatga ega bo’lish qobiliyatidir. U odam dunyoga kelgan paytda paydo bo’lib, umrining oxirigacha davom etadi.
Ma’muriy muomala layoqatiga ega bo’lish – bu o’z xatti-harakatlari Bilan ma’lum huquqni egallash va davlat boshqaruvi sohasida o’ziga yuklangan majburiyatlarni bajarish qobiliyatidir. Muomala (qobiliyati) layoqati odatda, fuqaro 18 yoshga to’lganda paydo bo’ladi. Lekin u ayrim hollarda erta paydo bo’lishi ham mumkin. Masalan, 16 yoshga to’lgan shaxslar ma’muriy huquq buzishlar sub’ektlari bo’lishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasining «ma’muriy javobgarlik to’g’risida»gi Kodeksining 10-moddasiga binoan, ma’muriy huquqbuzarlik deganda qonun hujjatlariga binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g’ayriqonuniy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.
Ma’muriy huquqbuzarlikning eng muhim belgilaridan biri g’ayriqonuniylikdir. Bu g’ayriqonuniy harakat kabi g’ayriqonuniy harakatimiz bo’lishi mumkin. Masalan, ko’chadan o’tish qoidasining piyoda tomonidan buzilishi-g’ayriqonuniy harakatdir.
Biroq, shaxs ma’muriy huquqbuzarlik sodir qildi deyish uchun uning ayibdorligini aniqlash zarur. Bunda uning aybi atayin qilingan xatti-harakatda yoki harakatsizlikda va belgilangan tartibni buzishda ifodalanadi.
Agar uni sodir etgan shaxs o’z xatti-harakatining yoki harakatsizligining g’ayriqonuniy ekanligini tushungan, uning oqibatlarining zarari ekanligini oldindan ko’rgan va uning sodir bo’lishini xohlagan yoki bilib turib bunda yo’l qo’ygan hollar qasddan qilingan ma’muriy huquqbuzarlik deb tan olinadi.
Agar uni sodir etgan shaxs ehtiyotsizlik oqibatida sodir etgan bo’lsa, o’z xatti-harkatining yoki harakatsizligining zararli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligini bilgan bo’lsa, lekin uning oldini olishga engiltaklik Bilan qaragan bo’lsa yohud uning shunday oqibatlarni keltirib chiqarishni bilsa ham uning shunday oqibatlarini keltirib chiqarish mumkinligini ko’rmay qolsa, ma’muriy huquq buzilishlar sodir etilgan deb tan olinadi.
Respublikaning 16 yoshga to’lgan fuqarolari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar va diplomatik immunitetga ega bo’lmagan xorijiy fuqarolar ma’muriy huquq buzulishlarning sub’ektlari bo’lishlari mumkin. Shunday huquq buzishlar bo’ladiki, faqat 18 yoshga to’lgandagina javobgar bo’lishi mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan 16 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan shaxslarga voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar to’g’risida nizomda nazarda tutilgan chorralar qo’llaniladi.
Zaruriy mudofaa, ohirgi zarurat, aqli norasolar sodir etgan ma’muriy huquqbuzarlik kam ahamiyatli bo’lganda qonun ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish asosini nazarda tutadi.
Ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiquvchi asosiy organlar quyidagilar hisoblanadi:
§ tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo’yicha sudyasi;
§ shaharcha, qishloq va ovul fuqarolarning o’zinig’o’zi boshqarish organlari qoshidagi ma’muriy komissiyalar;
§ vayaga etmaganlar ishlari bilan shug’ullanuvchi tuman (shahar) komissiyalar.
§ ichki ishlar (militsiya) organlari (mansabdor shaxslari), davlat inspektsiyalari organlari hamda vakolat berilgan boshqa organlar (mansabdor shaxslar).
Qonun bilan ma’muriy buzishlar quyidagilarga bo’linadi:
§ shaxsning qadr-qimmatini, uy-joyining va yozishmalar sirining dahlsizligi uchun huquqlarni muhofaza qilish sohasida;
§ maehnatni va sog’liqni (mehnat haqidagi qonunni, sanitariya-gigena qoidalarni buzish, narkotik moddalar iste’mol qilish, tanosil kasalliklari Bilan zararlanish manbalarni yashirish, uni tuzatishdan bosh tortish) muhofaza qilish sohasida;
§ mulkka tajavuz qilish sohasida;
§ tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish (erlardan xo’jasizlarcha foydalanish, qishloq xo’jalik erlarini ishdan chiqarish, suv resurslarini muhofaza qilish qoidalarini buzi shva boshqalar);
§ sanoat qurilishidagi issiqlik va elektr energiyasi sohasida;
§ qishloq xo’jaligidagi huquq buzarlik, veterinariya-sanitariya sohasida;
§ transportda, yo’l xo’jaligi va aloqa sohasida;
§ fuqarolarning tura rjoy huquqlariga taaluqli, kommunal xizmat va obodonlashtirish sohasida;
§ savdo tadbirkorlik va moliya sohasida; odil sudlovga tajavuz qilish sohasida;
§ jamoat tartibiga tajovuz qilish sohasida;
§ boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qilish sohasida;
O’zbekiston Respublikasining «Ma’muriy javobgarlik to’g’risida»gi Kodeksining 23-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qo’llanilishi mumkin.
2. Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo’lgan ashyoni haqin6i to’lash sharti Bilan olib qo’yish.
3. Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo’lgan ashyoni musodara qilish.
4. muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (tronsport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish.
5. Ma’muriy qamoqa olish.
1. Jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir.
Jarimaning miqdori ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qo’yilgan eng kam ish haqidan kelib chiqan holda belgilanadi.
2. Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo’lgan ashyoni haqini to’lash sharti Bilan olib qo’yish, shu ashyoni majburiy tarzda tortib olib, uni keyinchalik sotib yuborish hamda sotishdan tushgan pulni ashyoning sobiq egasiga olingan ashyoni sotishxarajatlarini chegirib tashlagan holda topshirishdan iboratdir.
3. Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevoista shunday narsa bo’lgan ashyoni musodara qilish shu ashyoning haqini to’lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o’tkazishdan iborat.
4. Muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo’yicha sudyasi tomonidan uch yilgacha muddatga qo’llaniladi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati 15 kundan kam bo’lmasligi kerak.
5. Ma’muriy qamoqa olish uch sutkadan 15 sutkagacha muddatga, favqulodda holat tartibi sharoitida esa jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun – 30 sutkagacha muddatga qo’llaniladi. Ma’muriy qamoqqa olish tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo’yicha sudyasi tomonidan, favqulodda holat tartibi sharoitida esa harbiy komendant yoki ichki ishlar organi boshlig’i tomonidan belgilandi.
Ma’muriy qamoqa olish chorasi homilador ayollargacha, uch yoshgacha bolasi bo’lgan ayollarga, 14 yoshgacha bo’lgan bolasini yakka o’zi tarbiyalayotgan shaxslarga, 18 yoshga to’lmagan shaxslarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga nisbatan qo’llanilishi mumkin emas. Jazoni qtllash chog’ida sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyati, huquqbuzarning shaxsi, uning aybdorlik darajasi, mulkiy ahvoli, javobgarlikni engillashtiruvchi va og’irlashtiruvchi holatlar hisobga olinadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni yuritish vazifalari har bir ishning holatini o’z vaqtida, har tomonlama, to’la va xolis aniqlash, uni qonunga muvofiq aniq hal etish, chiqarilgan qarorning bajarilishi, shuningdek, huquqbuzarlik sodir etish sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlashdan huquqbuzarlikning oldiniolishdan, O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashdan, qonuniyliuni mustahkamlashdan iboratdir.
Ma’muriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni amalga oshirish tartibi ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi kodeks Bilan belgilanadi.
4. Voyaga etmaganlar 16 yoshdan ma’muriy javobgarlikka tortiladilar. 16 yoshdan 18 yoshgacha ma’muriy huquqbuzar shaxslarga nisbatan Voyaga etmaganlar ishlari Bilan shug’ullanuvchi komissiyalar to’g’risidagi Nizomda nazarda tutilgan choralar qo’llaniladi.
Voyaga etmaganlar quyidagi huquqbuzarliklarni sodir etganliklari uchun javobgarlikka tortiladilar.
1. Oz miqdorda talon-taroj qilish.
2. Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish.
3. Ko’zgusimon va tusi o’zgartirilgan (qoraytirilgan) nostandart oynalar o’rnatilgan transport vositalaridan foydalanish.
4. Transport vositalarining tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish.
5. Taransport vositalari haydovchilarining harakat tezligini oshirib yuborish, yo’l belgilari va yo’l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya qilmasligi.
6. Transport vositalari haydovchilarning harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo’lib harakat qilishda qatnashishi.
7. Transport vositalari haydovchilarining temir yo’lning o’tish joylaridan o’tish qoidalarini buzishi.
8. Transport vositalarini mast holda boshqarish.
9. Kema haydovchilarining kichik hajmli kemalarini mast holda boshqarish.
10. Transport voistalari haydovchilarning yo’l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga engil tan jarohati yoki oz miqdorda moddiy zarar etkazilishiga olib kelishi.
11. Haydovchilarning yo’l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi.
12. Boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari bo’lmagan shaxslarning transport vositalarni boshqarish.
13. Transport voistalari haydovchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o’tishdan bo’yin tovlashi.
14. Piyodalar va yo’l harakati boshqa ishtirkchilarning harakat qoidalarini buzishi.
15. Mayda bezorilik.
16. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish maqsadida saqlash.
17. Fuqarolarning jamoat joylarda tbodat liboslarida yurishi.
18. O’qotar qurollardan belgilangan tartibni buzgan holda otish.
19. Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik.
20. Ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini qonunga xilof ravishda tayyorlash va tarqatish.
21. O’qotar qurollar va o’q-dorilarni saqlash yoki tashish qoidalarini buzish.
22. O’qotar qurollarni ro’yxatdan o’tkazish muddatlarini yoki ularni hisobdan o’tkazdirib qo’yish qoidalarini buzish.
Yuqoridagi ko’rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan taqdirda, voyaga etmaganlar umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortiladilar. Sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyatini va huquqbuzarning shaxsini hisobga olgan holda mazkur shaxslarga nisbatan ishlar voyaga etmaganlar ishi Bilan shug’ullanuvchi shahar, tuman ixtiyoriga berilishi mumkin.
Voyaga etmaganlarning ma’muriy huquqbuzarligi kam ahamiyatli bo’lsa, aybdor o’z qilmishidan chin ko’ngildan pushaymon bo’lsa, o’z qilmishining oldini olishga harakat qilsa va boshqa engilashtiruvchi holatlar asosida sodir etilsa huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod etib, uni ogohlantirish Bilan chegaralanish mumkin.
Ma’muriy qamoq chorasi 18 yoshga to’lmagan shaxslarga nisbatan qo’lanishi mumkin emas.
Ma’muriy huquqbuzar voyaga etmaganlarga ma’muriy jazo qo’llashdan oldin u shaxs kimligini, qanday sharoitda tarbiya olganligini, nima sababdan tartib buzishga yo’l qo’yganligini sinchiklab o’rganib chiqib iloji boricha tushuntirish, tarbiyalashni qo’llash maqsadga muvofiq.
Qiziqarli malumotlar
Ma’muriy huquq darsliklari