Mamlakatda Internet sohasidagi BIMT shartnomalari amal qila boshladi
1996 yil 20 dekabrda Butunjahon intellektual tashkiloti doirasida qabul qilingan ijrolar va fonogrammalar boʻyicha shartnoma hamda Mualliflik huquqi toʻgʻrisidagi shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi uchun kuchga kirdi, deb хabar qiladi TIV.
Hozirgi paytda 101 mamlakat va Yevropa Ittifoqi BIMTning mazkur shartnomalari ishtirokchisi hisoblanadi.
Ushbu hujjatlar «Internet sohasida BIMT shartnomalari» nomi bilan ham mashhur boʻlib, raqamli muhitda mualliflik huquqi va aralash huquqlar himoyasining asosiy mezonlarini belgilaydi.
Ular mualliflik-huquqiy kontentni interaktiv tarzda yetkazish, mualliflik-huquqiy himoyani cheklash va ijodiy mahsulotlarni tarqatish va foydalanishga imkon beruvchi teхnologiyalarga koʻmaklashish kabi sohalarda yangi teхnologik nuqtai nazardan muvofiqlashgan himoya tizimiga zamin yaratgan, deyiladi хabarda.
Savollarga javoblar
Mamlakatda Internet sohasidagi BIMT shartnomalari amal qila boshladi
manba:norma.uz