Ma’lumotlarni qanday yanada ochiq va foydalanish uchun qulay qilish mumkin

Ma’lumotlarni qanday yanada ochiq va foydalanish uchun qulay qilish mumkin

malumotlarni qanday yanada ochiq va foydalanish uchun qulay qilish mumkin 660ba1de53b46Ochiq ma’lumotlar sohasidagi muammolarni aniqlash, ma’lumotlarning dolzarbligini va haqqoniylik darajasini, ularga boʻlgan talabni oshirish, ulardan foydalanish imkonini beradigan portalning funksionalini yaхshilash maqsadida soʻrovnoma oʻtkazilmoqda.

 

Respondentlarning fikri ochiq ma’lumotlarga boʻlgan talablarni aniqlash va maksimal darajada qondirish, yangi dolzarb datasetlarni yaratish va bu orqali talab yuqori boʻlgan dasturiy ta’minot mahsulotlari, ilovalar va hokazolarni ishlab chiqishni rivojlantirishga turtki berishga koʻmaklashadi.

 

Soʻrovnomani quyidagi havolalar orqali toʻldirish (9 ta savolga 10 daqiqadan koʻp vaqt talab etilmaydi) mumkin:

-oʻzbek tilida: https://forms.gle/pJs1R8pcewq5qiFWA

— rus tilida: https://forms.gle/nrV6QuLMdMPhWzLR6

 

Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi,  agentlik qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi, Davlat statistika qoʻmitasi va Davlat aхborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash Yagona integratori «UZINFOCOM», BMTTD, Jahon banki va YeXHT koʻmagida soʻrovnoma tashabbuskorlari boʻldi.

 

Savollarga javoblar
Ma’lumotlarni qanday yanada ochiq va foydalanish uchun qulay qilish mumkin

manba:norma.uz