MALME
MALME — Shvetsiyaning jan. dagi shahar. Malmyoxus lenining maʼmuriy markazi. Aholisi 234 ming kishi (1998). Lund, Trelleborg, Vellinge va b. shaharlar bilan Katta Malme shahar aglomera-siyasini tashkil etadi. Eresunn boʻgʻozidagi port. Avtomobil paromi orqali Kopengagen sh. (Daniya) bilan bogʻlangan; Trelleborg — Zasnis (Germaniya) t. y. paromi bor. M. — mamlakatning muhim sanoat markazlaridan. Mashinasozlik (jumladan, kemasozlik), kimyo (rezina buyumlari i. ch.), trikotaj, oziq-ovqat, sement sanoati korxonalari mavjud. Tarixbadiiy muzeyi bor. Shahar ilk bor qoʻlyozmalarda 12-a. dan tilga olingan. 14—16-a. larda qurilgan meʼmoriy yodgorliklardan ratusha, kasr va b. binolar saqlangan.
Ensiklopediya.uz
MALME