MALIKAI HUSNOBOD
«MALIKAI HUSNOBOD» — oʻzbek xalq, ertaklaridan. «Malikai Xubon», «Malikai Jahon», «Donoxon», «Yetim qiz» kabi ertaklar «Malikai Husnobod»ning vari-antlaridir. Bu asarlarning bosh qahramoni ayol boʻlib, unda goʻzallik, mardlik, vafodorlik xislatlari mujassamlashgan. «Malikai Husnobod» syujeti ijtimoiy konflikt asosiga qurilgan. Xalqning ozod oʻlka va baxtiyor hayot haqidagi orzu-umidlari ertak gʻoyasini tashkil etadi. H. Olimjonning «Oygul va Baxtiyor» dostoni shu ertak asosida yozilgan.
Ensiklopediya.uz
MALIKAI HUSNOBOD