Malayziyaga safar – ekstremal sayohat

Malayziyaga safar – ekstremal sayohat

Malayziyaga safar – ekstremal sayohat

Mundarija скрыть
Malayziyaga safar – ekstremal sayohat
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

MАLАYZIYA
Malayziya –konstitutsion monarxiya davlati, koʼpchilik sayyohlar uchun jozibali maskan hisoblanadi. Yuqori sifatli xizmat koʼrsatish sohasi va milliy boyliklar – tropik oʼrmonlar, moviy okean va oppoq qum tufayli ushbu davlatda dam olish hattoki eng talabchan sayyohlarni ham oʼziga tortadi. Malayziya nafaqat oʼzining tabiat boyliklari, balki noyob arxitekturasi bilan dovrugʼ qozongan. Zamonaviy arxitektura moʼʼjizasining yorqin misoli – Kuala-Lumpurda joylashgan koʼkka intilgan Petronas minoralari. Bu yerda qadimiy Jamak va Jaym masjidlarini koʼzdan kechirishingiz, mamlakatdagi eng yirik induizm ibodatxonasi – Shri Mahariamman, boy Milliy muzey va sayyohlar koʼzini qamashtiruvchi boshqa son-sanoqsiz arxitektura yodgorliklarini koʼrishingiz mumkin.
Malayziya – faol dam olish uchun koʼngildagidek joy. Pinang orolining togʼli kurortlari, milliy istirohat bogʼlari, dayving-sarguzashtlari bilan nom qozongan Borneo oroli, taʼriflab boʼlmas darajada maftunkor kapalaklar bogʼi va boshqa eʼtiborli joylar sizni befarq qoldirmaydi. Bu davlatning goʼzalligi martdan sentyabrgacha boʼlgan muddatda ayniqsa yaqqol namoyon boʼladi.
Malayziyaga safar – ekstremal sayohatdan tortib dengiz qirgʼogʼidagi sokin dam olishgacha boʼlgan mavjud barcha hordiq chiqarish usullarini oʼziga qamrab oladi.
Malayziyada sayohat – bu tinchlantiruvchi dengiz havosi, sokin toʼlqinlar, yovvoyi hayvonlar, megapolislardagi qaynoq hayot va chekka hududlardagi oʼziga xoslik.

Malayziyaga safar – ekstremal sayohat