Maktablarimizda geografiya fani sentyabrdanoq innovatsion darslik yordamida o‘tiladi

Maktablarimizda geografiya fani sentyabrdanoq innovatsion darslik yordamida o‘tiladi

Vazirlik axborot xizmati xabarida qayd etilishicha, avvallari darsliklardagi illyustratsiyalar asosan foto-rasmlardan iborat bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ular o‘rnini turli diagrammalar, xarita-chizmalar egalladi. So‘nggi 2 yil ichida esa darsliklarga infografikalarni joylashtirish boshlandi. Albatta, bu kabi o‘zgarishlar darslikni o‘qimishliligini oshiradi va darslik sahifalari ixchamlashadi. Eng muhimi o‘quvchida qiziqishni ortadi. Ayni paytda axborot-texnologiyalarni ildam rivojlanishi, QR-kod belgilarni kashf etilishi bosma nashrlarga elektron resurslarni bog‘lash imkoniyatini yaratmoqda.

Bir qism maktab o‘quvchilari o‘quv yilini yangi avlod darsliklari bilan boshlaydi

O‘zbekistonda bir qism maktab o‘quvchilari o‘quv yilini yangi avlod darsliklari bilan boshlaydi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

Prezidentning 11 maydagi (PF-134) qarori bilan XTVga 2022 yil oxirigacha 3, 6, 7 va 10-sinf o‘quvchilari uchun, 2023−2024 yillarda esa 4, 5, 8, 9 va 11- sinflar uchun o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar va ishchi daftarlarini ishlab chiqish topshirilgan edi.

Vazirlik mazkur topshiriq muddatidan avval bajarilgani haqida xabar berdi. 3-sinf uchun yangi darsliklar, jumladan, rus va ingliz tillaridagi darsliklar maktablarga yetkazib berilgan.

«Dastlab maktab o‘quvchilarini eski darsliklar bilan ta’minlash, dekabr oyida esa to‘plamlarni yangilash rejalashtirilgan edi. Ammo kitoblar chop etib bo‘linganini inobatga olib, sentabr oyidan boshlab yangi to‘plamlarni chiqarishga qaror qildik», — deya tushuntirdi vazirlik.

Xalq deputatlari poytaxt kengashi sessiyasida Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasining birinchi o‘rinbosari Shukur Burxonov bugungi kunga qadar mamlakatda darsliklarning 60 foizi chop etilgani, poytaxtda maktablar 47 foizga yangi darsliklar bilan ta’minlangani haqida ma’lum qildi.

«Qog‘oz narxlari ular asosan Ukrainadan (aslida Rossiya va Finlyandiyadan — tahr.) kelishini hisobga olsak, qog‘oz narxi keskin ko‘tarildi. Shu bois hukumat tomonidan qo‘shimcha mablag‘ topish, masalani hal etishda biroz kechikish kuzatildi. Lekin tashvishlanishga hojat yo‘q, biz bolalarni darsliksiz qoldirmaymiz. O‘tgan yili foydalangan darsliklarning 78 foizi kutubxonalarimizda saqlanmoqda. Ular shartnoma asosida davlat va xususiy maktablarga ajratilgan», — dedi u.

Shahar XTBrahbarining birinchi o‘rinbosarining ta’kidlashicha, darsliklarni utilizatsiya qilish muddati (2022 yil boshida rejalashtirilgan edi): boshlang‘ich sinflar uchun — 3 yil, yuqori sinflar uchun — 5 yil.

«Vazirlik [xatarlarni] bilib, utilizatsiya qilishga ruxsat bermadi. Darsliklar utilizatsiya qilinmagan, ular saqlanyapti. Agar 5-sentabrdan boshlab maktab yoki sinfga darslik yetib bormasa, biz ikki yildan beri ishlatib kelayotgan darslikdan foydalanamiz. Keyin esa oktabr, noyabr, balki yil oxirigacha hammani 100% yangi darsliklar bilan ta’minlaymiz», dedi u.

2022 yilda 50 463 nafar o‘quvchining birinchi sinfga qabul qilinishi kutilmoqda, ularning 92 foizi elektron platforma orqali maktablarga qabul qilingan.

Shukur Burxonov birinchi sinf o‘quvchilari uchun prezident sovg‘alarining 64 foizi shakllantirilgani, 13 nomdagi mahsulotdan 8 tasi xarid qilinganini ta’kidladi. «Tuman hokimliklarida kechayu kunduz ishchi guruhlar darsliklar ustida, alohida prezident sovg‘alari ustida ishlamoqda», — deya ishontirdi u.

O‘tgan yili O‘zbekistonda 25 mln dona darslik chop etilgan bo‘lsa, bugungi kunga qadar rejalashtirilgan 60 mln dona darslikdan 35 mln tasi chop etildi.

May oyida prezident tomonidan 2026 yilgacha Maktab ta’limini rivojlantirish dasturi tasdiqlangan edi. Unda davlat maktablariga o‘quv dasturlariga o‘zgartirishlar kiritish va ayrim fanlar bo‘yicha darsliklarni tanlashga ruxsat berildi.

  • # darsliklar
  • # darsliklar nashri
  • # shukur burxonov
  • # xtv

Maktablarimizda geografiya fani sentyabrdanoq innovatsion darslik yordamida o‘tiladi

Joriy yilning sentyabr oyidan, ya’ni yangi o‘quv yilidan boshlab umumiy maktablarning 8-sinf o‘quvchilariga geografiya fani innovatsion darslik yordamida o‘tiladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, darslik O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi xodimi Jahongir Musayev tomonidan yaratilgan bo‘lib, kitob sahifalarida o‘rin olgan QR-kodlar orqali turli qiziqarli (xarita, diagramma, infografika, audio, video, matn ko‘rinishidagi) ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.

Vazirlik axborot xizmati xabarida qayd etilishicha, avvallari darsliklardagi illyustratsiyalar asosan foto-rasmlardan iborat bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ular o‘rnini turli diagrammalar, xarita-chizmalar egalladi. So‘nggi 2 yil ichida esa darsliklarga infografikalarni joylashtirish boshlandi. Albatta, bu kabi o‘zgarishlar darslikni o‘qimishliligini oshiradi va darslik sahifalari ixchamlashadi. Eng muhimi o‘quvchida qiziqishni ortadi. Ayni paytda axborot-texnologiyalarni ildam rivojlanishi, QR-kod belgilarni kashf etilishi bosma nashrlarga elektron resurslarni bog‘lash imkoniyatini yaratmoqda.

Yuqori sinf o‘quvchilari uchun darsliklar 5 yilda bir marotaba nashr etiladi va qo‘shimcha adabiyotlarni chop etish uchun mablag‘ tanqisligi kuzatiladi. B muammolarni xal etish va ta’lim tizimiga zamonaviy innovatsion axborot resurslarni kiritishni yo‘lga qo‘yish maqsadida 8-sinf geografiya darsligi («O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi»)ga QR-kod belgisini joylashtirildi. Mazkur belgi darslikni tashkil etgan 60 mavzuga alohida alohida o‘rnatilgan bo‘lib, shu mavzuga oid qo‘shimcha internet manbalaridan foydalanish imkonini berdi.

O‘z navbatida internet resurslaridan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash, turli saytlardan olingan havolalarni, saytni yopilib qolishi yoki shu resursni sayt egasi tomonidan olib tashlanishining oldini olish maqsadida darslikning alohida internet sayti ishga tushirildi va internet resurslari shu saytga joylashtirildi. Mazkur jarayon darslikni nafaqat boyitdi shu bilan birga keyingi chop etilgunicha bo‘lgan o‘tadigan 5 yil davomida bo‘ladigan o‘zgarishlarni davriy ravishda internet resurslari hisobiga to‘ldirib borish imkoniyatini yaratdi.

Ma’lumot uchun, QR-kod – inglizcha «Quick Response» so‘zidan olingan bo‘lib, Quick – tez, Response – javob, ya’ni «tezkor javob» ma’nosini bildiradi. Bitta QR-kod o‘rtacha 7089 ta raqam, 4296 ta raqam harf, ikkilik sanoq sistemasiga 2953 bayt yoki 1817 ta iyerogliflarni o‘z ichiga olishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda QR-kod – bu maxsus tarzdagi kodlardan iborat bo‘lgan, qandaydir bir ma’lumot, kvadrat ko‘rinishdagi tasvirdir. Unda oddiy matn, audio yozuvlar, video roliklar, 3D formatdagi shakllar va boshqa shu kabi internet resurslari bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunda kameraga ega zamonaviy telefonlar kvadrat ko‘rinishdagi tasvir ostida yashiringan ma’lumotlarni oson o‘qish imkoniyatini beradi. Buning uchun bor-yo‘g‘i telefon kamerasini QR-kodga yo‘naltirgan holda, maxsus ilova orqali kodni o‘qish lozim bo‘ladi.

Shuningdek, 8-sinf texnologiya fani darsligi 16 ta amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olgan QR-kod belgilari bilan chop etilmoqda, bu orqali o‘qituvchi va o‘quvchilar amaliy mashg‘ulotlarning video tasvirini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Kelgusida boshqa darsliklarga ham QR-kod belgisini o‘rnatish va shu orqali internet resurslariga bog‘lash mumkin va ularni bitta saytda jamlash (masalan, xalq ta’limi vazirligining rasmiy veb-sayti – uzedu.uz yoki portali http://eduportal.uz’ga) doimiy to‘ldirib borilishi mumkin.

Mazkur loyihani amalga oshirilishi bosma darsliklarni internet resurslariga bog‘lash, o‘quvchilarni qo‘shimcha qiziqarli yangiliklardan matn, audio, video shakllarida xabardor qilib turish, bosma nashrlarga sarf bo‘layotgan mablag‘larni iqtisod qilish, ularni elektron resurslar bilan boyitish imkoniyatini yaratadi.

Qiziqarli malumotlar
Maktablarimizda geografiya fani sentyabrdanoq innovatsion darslik yordamida o‘tiladi