Maktablarda moliyaviy savodxonlik darslari o‘tiladi to’liq malumot oling
Maktablarda moliyaviy savodxonlik darslari o‘tiladi
Mundarija
скрыть
“Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–79-son, 26.05.2023 y.) qabul qilindi
Farmonga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan bosqichma-bosqich:
👉 maktablarning 1–4-sinflarida o‘quvchilarga boshlang‘ich, 5–9-sinflarida tayanch hamda 10–11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos o‘quv dasturlari va o‘quv-metodik majmualar joriy etiladi;
👉 baholashning yangi tartibi joriy etiladi. Bunda o‘quvchining o‘tilgan mavzuni amaliyotda qo‘llay olishi, tanqidiy fikrlash va tahlil ko‘nikmalari baholanadi;
👉 boshlang‘ich sinflarda informatika, o‘rta sinflarda esa moliyaviy savodxonlik darslari o‘tiladi;
👉 barcha fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkaziladi.
👉 2024 yil 1 yanvardan maktabga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan o‘qituvchilarni kasbiy sertifikatlash joriy etiladi.
Bunda 2023/2024 o‘quv yilidan o‘qituvchilar stajor-o‘qituvchi sifatida ishlaydi va 1 yilda sertifikat olishi talab etiladi.
👉 2024 yil 1 yanvardan davlat bog‘cha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.
Bunda malaka toifasi uchun sinovlar 1 yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi.
👉 2024 yil 1 iyundan bog‘chalardagi oliy ma’lumotli tarbiyachilarning oyligi maktab o‘qituvchilari oyligiga tenglashtiriladi.
Boshqa mavzular
Maktablarda moliyaviy savodxonlik darslari o‘tiladi