Maktabga hujjat topshirish uchun onlayn navbatga yozilish. Qo‘llanma
Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati 1-sinfga qabul jarayoni 6 iyuldan boshlanishi haqida ma’lum qilgan edi. Pandemiya sharoitini inobatga olgan holda, 1-sinfga o‘quvchilarning hujjatlari quyidagicha qabul qilinadi: 6−31 iyul kunlari — biriktirilgan mikrohudud doirasida; 1−25 avgust kunlari — maktablarning imkoniyatidan kelib chiqib mikrohududdan tashqari. Shuningdek, pandemiya sharoitida ota-onalarning maktablarda to‘planib qolishini oldini olish maqsadida Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida ilk marotaba 1-sinfga boradigan o‘quvchilarning hujjat topshirish jarayoni qabul.maktab.uz orqali (5 iyuldan) onlayn navbat asosida amalga oshiriladi. Dastur Toshkent shahrida muvaffaqiyatli tatbiq etilsa, keyingi o‘quv yilidan boshlab boshqa hududlarda ham bosqichma-bosqich joriy qilinadi, deyiladi vazirlik xabarida. «Gazeta.uz» 1-sinfga hujjat topshirish uchun qabul.maktab.uz saytida onlayn navbatga yozilish bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etadi. Qo‘llanma Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. 1-sinfga qabul uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi: Direktor nomiga ariza; Bolaning tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi; Ota-onaning pasport nusxalari; Bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma; Bolaning 3,5×4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati; 2020 yilning 31 avgustiga qadar 6,5 yoshga to‘lmagan, 1-sinfda o‘qish istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan umumta’lim muassasasining pedagog va psixologi tomonidan bolani maktabda o‘qishga tayyorlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonini boshlash uchun qabul.maktab.uz saytiga kirib, «Qabulga yozilish» tugmasini bosish kerak. Foto: qabul.maktab.uz sayti Hozirda xizmat faqat Toshkent shahri uchun bo‘lganligi sabab, boshqa viloyatni tanlash iloji yo‘q. So‘ngra, foydalanuvchi farzandining tumani va maktab raqamini (nomini) tanlash kerak. So‘ngra maktab direktori bilan qabul sanasini va vaqtini tanlash kerak. Keyin, tug‘ilganlik guvohnomasining seriyasi, raqami va tug‘ilgan kuni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘ldirish kerak. Qidirilgan ma’lumot topilmagan taqdirda bolaning familiya, ismi va otasining ismini kiriting. Eslatma: markazlashgan baza tizimiga farzandingiz to‘g‘risida ma’lumotlar kiritilgan/kiritilmaganligini tekshirish uchun «Ma’lumotlar ba’zasidan qidirish» tugmasi bosiladi. Foydalanuvchi farzandining familiyasi, ismi va sharifini kiritib bo‘lgach, aloqa uchun telefon raqamini qoldiradi. Maxsus himoya kodini kiritib, «Saqlash» tugmasi bosiladi. Asosiy ma’lumotlarni to‘ldirib bo‘lgach, hujjatlar mavjudligini tasdiqlash kerak. Agar hujjat mavjud bo‘lsa uning yonida belgi qo‘yiladi. Paydo bo‘lgan oynada «Qabul qilaman» punkti oldida tasdiqlash belgisi qo‘yiladi va «Saqlash» tugmasi bosiladi. So‘ngra hujjatlarni tasdiqlash bo‘limidan keyin joylashgan «Saqlash» tugmasi bosiladi. Ma’lumotlar qabul qilingandan so‘ng, ularni yuklab olish tugmasi paydo bo‘ladi. «Yuklab olish» tugmasini bosib, qabul uchun hujjat nusxasini olish mumkin. Hujjat namunasi. Foto: qabul.maktab.uz Endi foydalanuvchi ushbu hujjat asosida belgilangan sana va ko‘rsatilgan vaqtda kerakli ta’lim muassasasiga farzandi bilan borishi kerak. Ushbu hujjat esa navbatga yozilganligi haqida tasdiqlash qog‘ozi hisoblanadi. manba:www.gazeta.uz/oz/2020/07/07/school-online/
DO`STLARGA ULASHING:
Kerakli hujjatlar
Ro‘yxatdan o‘tish
Hujjatlarni tasdiqash
Maktabga hujjat topshirish uchun onlayn navbatga yozilish. Qo‘llanma