Maktab va sinfdoshlar haqida sher eng sara sherlar to‘plami to’liq malumot oling

Maktab va sinfdoshlar haqida sher eng sara sherlar to‘plami to’liq malumot oling

Maktab hamda sinfdoshlar haqida eng sara sherlar to‘plami kattalar va bolalar uchun. Barcha sherlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Sog‘inaman seni sinfdosh

Maktab yillarimiz o‘tdi birma-bir,
O‘tdi kun fasllar, o‘tdi kun-oylar,
Bugun sog‘inchdan otadi tonglar,
Tongdan sog‘inaman seni sinfdosh.

To‘g‘risi ranjitgan kunlarim bo‘ldi,
Shu kun bedorli tunlarim bo‘ldi,
Sog‘inchim, iztirobi o‘ylarim bo‘ldi,
Yig‘lab sog‘inaman seni sinfdosh.

Yillar o‘tib ko‘rib oqar ko‘z yoshlar,
Endi ayro bo‘ldi o‘shal dildoshlar,
Nahot endi begonadir o‘sha sirdoshlar,
Harvaqt sog‘inaman seni sinfdosh.

Qara, oxirgi bor darsda birgamiz,
Oxirgi bor birga tanaffus kutib,
O‘tiribmiz jimgina dardlarni yutib,
Dardli sog‘inaman seni sinfdosh.

So‘nggi qo‘ng‘iroq ham chalinar asta,
Ko‘zda mayusligu, qo‘lda guldasta,
Maktab yillarimiz o‘tdi bir pasta,
Har vaqt sog‘inaman seni sinifdosh.

Maktab davri

Shu dargoxga qadam qo‘ygan jajji qizaloq,
Yo bolakay edingizlar, quvonchga to‘lib
Kutgandinglar chalinishin ilk qo‘ng‘iroq.
Alifboni tanimagan sofdil qizaloq

Katta bo‘lib onasiga berar maslaxat.
Darsdan qochib bezor qilgan bir shalpangquloq
Bugun endi o‘zimizga qilar nasixat.
9 yilda 9 mingta quvonchu -tashvish:

Sarguzashtlar xotiradan ketmaydi albat.
Sinfdoshlik bog‘i ichra ochildi do‘stlik,
Kimlargadir nasib bo‘ldi sof bir muxabbat.
Endi ustoz tekshirmaydi xayot darsini,
Vazifani ko‘chirmoqqa bo‘lmaydi imkon.

Kundalikka qo‘yilmaydi «2» baxolar,
Biling endi, xatolarni kechirmas zamon.
Sinfdoshlar, bo‘lolmaysiz endi partadosh,
Endi sirdosh bo‘lolmassiz, unutmang biroq:
Do‘stlaringiz bir umrga bo‘lar yelkadosh,
Do‘stlik uchun chalinmaydi so‘nggi qung‘iroq.

Kechir sinfdosh

Bir umr qolib ber maktab

Farzanding ulg‘aydi bu sening bahting,
O‘n bir yil shaxt berdi onalik mehring.
Ko‘zimga qadrdon har bir daraxting,
Mehringning adog‘in topib ber maktab.

Bag‘ringdan ketyapmiz uchib xar tomon,
Qochgan darslarimiz biz uchun armon.
Bilimlar ulashgan bilimdon makon,
O‘zingdek ardog‘in topib ber maktab.

Kelajak xayotda sening yuzingmiz,
Bir biridan erka o‘g‘il qizingmiz.
Sen bilan qoladi bizning mehrimiz,
Biz uchun bir umr qolib ber maktab.

Omonmisiz sinfdoshlarim

Kim eplardi a’lochilikni,
Kimdir esa navbatchilikni,
Bilmas edik xafachilikni,
Omonmisiz? sinfdoshlarim,

Bazan sheru ertak o‘qirdik,
Gohi xato qilib tik turdik,
Bilmam endi nega ulgurdik,
Omonmisiz? sinfdoshlarim,

Tanitgandi maktab bizlarni,
Sho‘xu shodon o‘g‘il qizlarni,
Sog‘inaman bugun sizlarni,
Omonmisiz? sinfdoshlarim,

Aziz sinfdoshlarim

Sho‘xligimiz bir osmon,
Õynar edik shodumon,
Esingizdami? hamon,
Aziz! Sinfdoshlarim!

Salom sinfdosh qizlar!
Xusni oy go‘zal yuzlar,
Xali ham o‘shasizlar,
Aziz! Sinfdoshlarim!

Har kun yo‘lingiz kutib,
Sochlaringizdan tortib,
Yurardim gaplar otib,
Аziz! Sinfdoshlarim!

Ko‘ngli quchog‘idan keng,
Biri yoqa, biri yeng,
Yaqinimsiz meni eng,
Aziz! Sinfdoshlarim!

G‘animatmiz o‘ylaylik,
Bir-birimiz yuqlaylik,
Oqibatli bo‘laylik,
Aziz! Sinfdoshlarim!

Baxtli bo‘l sinfdosh

Sinfdosh do‘stlarim

Qaldirg‘ochga o‘xshabon, ucharmiz bizlar,
Dillarda sog‘inch bilan, ketarmiz do‘stlar.
Ko‘zlarimiz yo‘lingda, sog‘inar seni,
Ey sinfdosh do‘stlarim, ayrildik endi.

O‘qir edik sen bilan, bitta maktabda,
Hatto gaplashmagandik, sevgi haqida.
O‘ylamasdim kun kelib, ayrilarmiz deb,
Ey sinfdosh sevganim, meni unutma.

Ko‘zlarimizda yosh, qo‘yilgan chog‘da,
Bizlar so‘nggi bora — yig‘ilishganda.
Shunda men seni sevaman — sedim,
Eng so‘nggi bor, qo‘ng‘iroq chalinganida.

O‘tib ketar ekan, yoshlik damlar ham,
Tashlab ketayapmiz, maktabni bugun.
Ey sinfdosh so‘stlarim, unutmang bizni,
So‘nggi qo‘ng‘iroqni chalib, ketarmiz endi.

Bolalar uchun sher — Salom maktab

Maktab bag‘ri issiq ekan,
Kitoblari qiziq ekan.
Keng sinfga to‘lib-to‘lib,
Dars tinglaymiz xushyor bo‘lib.

Maktabga boraman — Bolalar uchun sher

Axil-inoq boʻlgancha,
Oʻynadik bekinmachoq,
Nogoh topib olganda,
Sevindik birga shu choq.

Vatan, ona soʻzining,
Maʼnosini bildik biz.
Hur oʻlkam madhiyasin,
Quloqlarga ildik biz.

Davlatim bayrogʻini,
Shon-shuhrat mayogʻini,
Ranglar maʼnosin anglab
Tushundim yarim oyini.

Xumo qushi qanotin,
Yozib turgan baralla,
Yurtim gerbi haqida,
Soʻzlab beray jaranglab.

Xayr qoʻgʻirchoqlarim,
Xayr oʻyinchoqlarim,
Xayr bogʻcham, jon bogʻcham,
Menga qadrdon bogʻcham.

Salom maktab — Bolalar uchun sher

Maktab va sinfdoshlar haqida sher eng sara sherlar to‘plami
maktab va sinfdoshlar haqida sher eng sara sherlar toplami 3

Yetti yoshga toʻldim men,
Maktab sari keldim men.
Salom maktab, jon maktab,
Quchogʻingga ol maktab.

Oʻzim yaxshi bolaman,
Eng aʼlochi boʻlaman,
Ona Vatan dilbandi,
Istiqlol farzandiman.

Erkalik va shoʻxlikni
Tashlab keldim bogʻchaga.
Barcha oʻyinchogʻimni
Terib qoʻydim tokchaga.

Odob va tarbiyani,
Oldim ota-onamdan.
Endi bilim koniga,
Yuray shu ostonadan.

Faqat “besh” baho bilan,
Daftarimni toʻldiray.
Hur, goʻzal diyorimga,
Munosib farzand boʻlay.

Sherlar
Maktab va sinfdoshlar haqida sher eng sara sherlar to‘plami