Maktab davri (Monolog uchun she’r)
To’qqiz yillik bolalikka yasaysiz yakun. Balki bezor bo’lgandirsiz darslardan xatto. Bekor sarf bo’lmagandir 9 yil umr. Shu dargoxga qadam qo’ygan jajji qizaloq, Katta bo’lib onasiga berar maslaxat. Sarguzashtlar xotiradan ketmaydi albat. Kundalikka qo’yilmaydi «2» baxolar,Maktab davri (Monolog uchun she’r)
DO`STLARGA ULASHING:
Endi xayot darsxonangiz bo’lar,
Maktabda chalinadi eng oxirgi qo’ng’iroq bu kun.
Bilmam, balki joningizga tekkan bu jarang,
Balki ustoz asabingiz qilgandir tarang,
Lekin o’tgan maktab davrin unutmang aslo!
Axir oson bo’lmagandir 9 yil kutmoq,
Oson bo’lmas ustozlarning etagin tutmoq,
Barchasining o’z gashti bor, qilingiz sabr.
Balki sizga unut bo’lgan, eslarsiz balki,
Yo bolakay edingizlar, quvonchga to’lib
Kutgandinglar chalinishin ilk qo’ng’iroq.
Alifboni tanimagan sofdil qizaloq
Darsdan qochib bezor qilgan bir shalpangquloq
Bugun endi o’zimizga qilar nasixat.
9 yilda 9 mingta quvonchu -tashvish:
Sinfdoshlik bog’i ichra ochildi do’stlik,
Kimlargadir nasib bo’ldi sof bir muxabbat.
Endi ustoz tekshirmaydi xayot darsini,
Vazifani ko’chirmoqqa bo’lmaydi imkon.
Biling endi, xatolarni kechirmas zamon.
Sinfdoshlar, bo’lolmaysiz endi partadosh,
Endi sirdosh bo’lolmassiz, unutmang biroq:
Do’stlaringiz bir umrga bo’lar yelkadosh,
Do’stlik uchun chalinmaydi so’nggi qung’iroq.
Maktab davri (Monolog uchun she’r)