Maktab darsliklari ijarasi narxlari e’lon qilindi

Maktab darsliklari ijarasi narxlari e’lon qilindi

Xalq ta’limi vazirligi AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikda 1—4-sinflar uchun ona tili, o‘qish savodxonligi va matematika fanlaridan muqobil darsliklar ishlab chiqdi. Bu haqda Respublika ta’lim markazi “Daryo”ga ma’lum qildi.

“Bir fandan bir nechta darslik bo‘lishi qonun bilan cheklanmagan”. O‘zbekistonda 1—4-sinflar uchun muqobil darsliklar yaratildi

Xalq ta’limi vazirligi AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikda 1—4-sinflar uchun ona tili, o‘qish savodxonligi va matematika fanlaridan muqobil darsliklar ishlab chiqdi. Bu haqda Respublika ta’lim markazi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Markaz muqobil darsliklarni ishlab chiqishda faol ishtirok etgan bir necha o‘zbekistonlik mutaxassislar fikrlarini keltirdi.

Matematika darsligi muallifi Bahodir Haydarov bunday darsliklar yangi formatda bo‘lib, jahon standartlariga to‘liq mos keladi.

Bahodir Haydarov Foto: Respublika ta’lim markazi

“Biz matematika fani bo‘yicha mualliflar guruhi ishimizni ta’lim standartlarini tahlil qilishdan boshladik. Jumladan, dunyoda ilg‘or sanalgan davlatlarning ta’lim standartlarini o‘rgandik va o‘zimizning amaldagi standartlarimizni ular bilan birga taqqosladik. Natijalarga qaralsa, bizda taxminan 25 foiz standartlar ustma-ust tushishi, yana 25 foiz holatda ancha kuchli talablar qo‘yilgani aniqlandi. Eng asosiysi, standartlarning qariyb yarmi noaniq tuzilgani ma’lum bo‘ldi. Shundan kelib chiqib, standartlarga aniqlik kiritdik va 2021-yilda Xalq ta’lim vazirligiga yangi, qayta ishlangan standartlarning asosiy variantini taqdim qildik. Taqrizlardan keyin bu standartlarga yana o‘zgartirishlar kiritildi va hozirgi holat vujudga keldi. Aynan mana shu standartlar darsliklarni ishlab chiqarish uchun asos bo‘ldi”, — deydi muallif.

Toshkent shahar 144-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Nodira Azizova yangi matematika darsligi avvalgisidan ancha qulayligini ta’kidladi.

Nodira Azizova Foto: Respublika ta’lim markazi

“Shunday o‘quvchilar bor ediki, misollarni ishlay olmadimi bo‘ldi, uning uchun matematika qiziq emas, u matematikani ishlamay qo‘yardi. Hozirgi yaratilgan darsliklarning e’tiborli tarafi shundaki, unda har bir o‘quvchiga e’tibor qaratilgan. Darslikni ochsak bir mavzu uchta yoki to‘rtta topshiriqdan iborat. Boshida bizga ham g‘ayrioddiy tuyuldi, sababi 3-4 ta misolni bola bir pasda ishlab qo‘yadi, qolgan vaqt nima qilamiz, degan savol tug‘ildi. Ammo ishlash jarayonida amin bo‘ldikki, aslida bu to‘g‘ri va oson yo‘l ekan. Qaraydigan bo‘lsak, 15 daqiqada o‘quvchi topshiradigan amaliy topshirig‘i darslikda bo‘lsa, qolgani o‘qituvchining kitobida ko‘rsatilgan. O‘qituvchiga tegishli kitobda u darsning har bir bosqichi, nima qilish kerak, qanday topshiriqlardan foydalanadi, bu topshiriqlarni bajarishda o‘quvchilarga qanday savollar beriladi, bularning barchasi barafsil ko‘rsatilgan”, — dedi o‘qituvchi.

Xalq ta’limi vazirligi Ta’lim sifati jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti direktori Laziz Xo‘jaqulovning alohida ta’kidlashicha, qaysidir fandan bittadan ko‘ra ko‘proq darslik bo‘lishi mumkin.

Laziz Xo‘jaqulov Foto: Respublika ta’lim markazi

“Buni hech kim qonun bilan cheklamagan. Faqat muqobil darsliklarni yozadigan mutaxassislarning bor yoki yo‘qligi, salohiyati va moddiy masalalar o‘rtada turibdi. Vazirlik muqobil darsliklar paradigmasiga qarshi emas. Qaysi darslikdan foydalangandan qat’i nazar o‘quvchiga sifatli bilim berib, davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko‘nikmalarni o‘quvchilarda shakllantirish maqsadimiz”, — dedi Laziz Xo‘jaqulov.

Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligi muallifi Shokir Tursunning aytishicha, muqobil darsliklarning borligi o‘qituvchi uchun ham, o‘quvchi uchun ham foydali.

Shokir Tursun Foto: Respublika ta’lim markazi

“Muqobil darslikni 2 ta jamoa yozgandan keyin 2 xil darslik o‘zaro musobaqalashadi. Oxir oqibatda o‘quvchi bundan foyda ko‘radi. O‘qituvchida ham dars o‘tishi uchun kerak bo‘ladigan materialni tanlash imkoniyati mavjud bo‘ladi”, — deydi u.

Avvalroq USAID O‘zbekistonda maktab darsliklari sifatini yaxshilash uchun 29 million dollar ajratayotgani xabar qilingandi. Shuningdek, saytda 2021–2022-o‘quv yili uchun Respublika ta’lim markazi O‘zbekistondagi 1—2-sinf o‘quvchilariga yangi avlod darsliklarini taqdim etgani bo‘yicha material e’lon qilingan.

Maktab darsliklari ijarasi narxlari e’lon qilindi

Darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovi miqdori respublika bo‘yicha yagona bo‘lib, uning narxlari 2019/2020 o‘quv yili uchun quyidagicha belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

* umumta’lim maktablarining birinchi sinf o‘quvchilari uchun – bepul;

* 2-sinflari uchun 12 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 23 200 so‘mni;

* 3-sinflar uchun 10 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 25 800 so‘mni;

* 4-sinflar uchun 11 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 18 300 so‘mni;

* 5-sinflar uchun 13 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 13 000 so‘mni;

* 6-sinflar uchun 15 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 15 800 so‘mni;

* 7-sinflar uchun 16 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 20 000 so‘mni;

* 8-sinflar uchun 16 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 40 700 so‘mni;

* 9-sinflar uchun 16 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 38 500 so‘mni;

* 10-sinflar uchun 17 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 27 200 so‘mni;

* 11-sinflar uchun 19 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 34 700 so‘mni tashkil qiladi.

Qiziqarli malumotlar
Maktab darsliklari ijarasi narxlari e’lon qilindi