Maishiy kiyimlar assortimenti. Ustki kiyimlar

Maishiy kiyimlar assortimenti. Ustki kiyimlar

kerak.
Beldamchi buyumlari ayollarning yoshiga qarab guruhlarga
bo„linadi: qizlar (14-16 yosh), ayollar (17 yosh va undan ortiq) va yoshi
ulug„ ayollar uchun (60 yoshdan ortiq).
Byustgalterlar belbogining (poyasi) kengligi bo„yicha – ingichka
hamda keng belbog„li, kosachasining tuzilishi – aylana chokli, oval va
yaxlit bichilgan; ilmog„ining turi – halqali va ilgakli, ilgakli hamda
tugmali, to„qali va tasmali bo„ladi.
Belbog‗ – bu gavdaning bel qismiga yopishib turadigan buyum. Ular
keng va ingichka, ilmog„i bo„yicha byustgalterga o„xshash, asosiy
qismlarining qatlamlar soni – bir hamda ikki qavatli.
Gratsiya byustgalter va beldamchining birgalikdagi qo„shilishidir.
Bel chizig„igacha keng belbog„li bo„lgan byustgalter yarim gratsiya deb
ataladi.
Beldamchi – ko„krak pastidan tosning chizig„igacha (yoki biroz
pastroqqacha) chip yopishib turadigan qattiq shaklli buyum. Yarim
beldamchi – qattiq shaklli keng belbog„. Beldamchi va yarim beldamchilar
ilmog„i, asosiy qismlarining qatlamlar soni (bir va ikki qatlamli) hajmini
o„zgartirish turi (shnurlangan, elastik, qo„shimcha qo„yilgan) bo„yicha
bo„linadi. Beldamchi buyumlarining o„lchamlari bel va tosning aylanasi
bilan sm. larda aniqlanadi.
Paypoq buyumlari. Ularga alohida talablar qo„yiladi, chunki ular
chiroyli tashqi ko„rinishga ega bo„lib qolmasdan, balki oyoqqa yopishib
turishi. yaxshi turg„un shaklga ega bo„lishi va yuvilgandan so„ng – shaklini
yo„qotmasligi kerak. Bu buyumlar yuqori gigiyenik xususiyatlarga ega
bo„lishi lozim. Ular quyidagi belgilari bo„yicha bo„linadi: xomashyosining
turi, ishlab chiqarish usuli, matosining tuzilishi, pardoz xususiyati,
ishlatilishi, yosh, jins belgisi va o„lchamlari.
Paypoq buyumlari ishlab chiqarish usuli bo„yicha yumaloq (choksiz),
kottonli va bichilgan buyumlarga bo„linadi.
Yumaloq yoki choksiz paypoq buyumlari trubkaga o„xshash shaklga
ega bo„lib, paypoq to„qiydigan avtomatlarda ishlab chiqariladi. Ularga
kerakli shakllar pardoz jarayonida beriladi. Buyumning uchlari overlok

OLX – bepul e`lonlar bosh sahifasiga

Oʻzbekiston xususiy eʼlonlari OLX (avvalgi torg.uz) – bu yerda izlaganingizni topasiz.
“Eʼlon joylashtirish” tugmasiga bosib, siz istalgan mavzuga oid onlayn-eʼlonni joylashtira olasiz – ish qidirish, xizmat koʻrsatish, avtomobillar, koʻchmas mulk, elektronika va boshqalar savdosi.
OLX Oʻzbekiston servisi yordamida siz deyarli barcha istagan narsangizni sotish yoki sotib olishingiz mumkin. Qidiruv funksiyasidan foydalanib, oʻzingizni qiziqtirgan mavzuga oid sersisda mavjud eʼlonlarni hech bir qiyinchiliksiz topa olasiz.
OLX Oʻzbekiston – sizning ishonchli va tengi yoʻq yordamchingiz.

OLX servisining boʻlimlari:

  • Mobil ilovalar
  • Yordam
  • Pullik xizmatlar
  • OLX-da biznes
  • Saytda reklama
  • Foydalanish shartlari
  • Maxfiylik siyosati
  • Hamkorlar
  • Qanday sotib olish va sotish?
  • Xavfsizlik qoidalari
  • Sayt xaritasi
  • Mintaqalar xaritasi
  • Career
  • Teskari aloqa

Telefoningiz uchun bepul ilova

Qidiruv natijalari Saralanganlarga qo‘shilgan

E‘lon Saralanganlarga qo‘shilgan

Saralanganlarni o‘z akauntingizda saqlash uchun, kirishni amalga oshiring

Bu sayt Cookie fayllarni ishlatadi. Brauzeringizda Cookiesʼni sozlashingiz mumkin. Koʼproq maʼlumot olish.

O‘z hisob qaydingiz uchun parol o‘rnating

OLXda hisob qaydlari yaratishning afzalliklari nimada

  • Tasdiqsiz e’lonlarni joylashtirish
  • Istalgan vaqtda OLX foydalanuvchilariga chiqish
  • Hisob qaydlarini sozlashning qulayligi

Akkauntingizni OLXda avtorizatsiya qiling!

  • E’lonlarga tezroq javob oling
  • Barcha javoblar tarixiga ega bo’ling
  • Akkauntingizning barcha funksiyalaridan foydalaning

Maishiy kiyimlar assortimenti. Ustki kiyimlar

Maishiy kiyimlar assortimenti. Ustki kiyimlar. Bunga palto,
kostyum va kostyum-ko„ylak buyumlari kiradi. Palto buyumlarining
deyarli barchasi bir xil tuzilishga ega bo„lib, ular faqat fasonlari- silueti,
bichimi va pardozi bo„yicha bir-biridan ajralib turadi. Palto buyumlari
quyidagi belgilari bo„yicha bo„linadi: materiali (gazlama, trikotaj polotno,
mo„yna, charm va po„stinbop qo„yterilar), mavsumli (qishki, yozgi), yosh
va jins belgisi (erkaklar, ayollar va bolalar), turlari hamda fasoni.
Paltolar assortimentiga yelkaga kiyiladigan quyidagi buyumlar
kiradi: palto, yarim palto, kalta kamzullar, shinellar, bushlatlar, pelerinalar,
plashlar, plash-paltolar va nakidkalar (yelkaga tashlab yuriladigan yengsiz
kiyim). Palto– oldi ochiq, tugmalar bilan qadaladigan, yengi uzun va
yoqali kiyim.
Qishki paltolarning qismlari yuza qismi materiali, astari, isituvchi va
shakl saqlovchi ichki astar (to„shama)lardan tuzilgan. Mavsumli paltolar
ko„pincha isituvchi to„shaksiz va ayrim paltolar esa qattiq shakl saqlovchi,
to„shaksiz tikiladi.
Qishki paltolar uchun odatda ko„proq junli va yarim junli gazlamalar

– draplar, suknolar, paltobop gazlamalar, sun‟iy mo„ynalar va-mo„yna
yarimfabrikatlari (qorako„l, barra, quyon, ondatra, qoraqo„zan, tulki
terilari) ishlatiladi. Isituvchi materiallar sifatida esa vatin, porolon hamda
sun‟iy mo„ynalar ishlatiladi.
Yarim palto – paltodan uzunligi (kaltaligi) bilan farq qiladi. Ularning
assortimenti ham paltolarniki kabi bo„ladi. Kalta kamzul palto va yarim
paltodan kaltaroq. Hozirgi kunda eng ko„p tarqalgan kiyim turlaridan biri
bu kapyushonli qaytarma qalpoqli kalta kamzul. Ularning ustki qismi
uchun har xil tolali gazlamalar, sun‟iy charm va mo„ynalar, qat-qat
qilingan, «bolonya» turdagi materiallar ishlatiladi.
Shinel – palto xillaridan bo„lib, biror muassasa uchun mo„ljallangan.
Ularning shakli, bichimi, materiali va rangini tegishli muassasa belgilaydi.
Bushlat yarim paltoning bir turi bo„lib, biror muassasa uchun
mo„ljallangan kiyim.
Plashlar, plash-palto va yopinchiq (nakidka)lar paltoning xillariga
kiradi. Ular ko„pincha suv o„tmaydigan «bolonya» yoki yomg„irdan
saqlaydigan plyonkali materiallardan tayyorlanadi.
Yopinchiqlar yengsiz, qo„l uchun kesikli va qaytarma qalpoqli qilib
tayyorlanishi bilan plashlardan farq qiladi.
Kostyum-ko‗ylak buyumlari. Bu buyumlar ishlatilish xususiyatiga
ko„ra kundalik, uylik va ziynatli; tayanch bo„yicha – yelkaga, belga
kiyiladigan; materiali esa gazlama, noto„qima materiallar, sun‟iy va tabiiy
charmlar; kiyish mavsumi bo„yicha – qishki, yozgi hamda mavsumiyli;
jins va yosh belgisiga asosan – erkaklar, ayollar, bolalar; turlari – pidjak,
yubka, ko„ylak va boshqalar; fasoni – uzun yengli, yengsiz, badanga
yopishib turadigan va hokazolarga bo„linadi. Kostyum-ko„ylak buyumlar
assortimentiga quyidagilar kiradi: pidjaklar, jaketlar, kurtkalar, bluzkalar,
shimlar, yubka va sarafanlar (yengsiz kiyim), jiletlar, ko„ylaklar, xalatlar
hamda boshqalar. Bularning ko„pchiligi yengil kiyimlar guruhiga mansub.
Pidjak (shimsiz kostyum) yelkaga kiyiladigan va oldidan
qadaladigan uzun yengli, yoqali va cho„ntakli kostyum. Pidjaklarning
tuzilishi mavsumiy paltolarnikiga o„xshash bo„ladi. Pidjaklar bir va ikki
yonboshli, yopishib hamda yarim yopishib turadigan siluetli, yelkalari

yaxlit bichilgan, kesik, ko„krakburmali, bel chizig„i bo„yicha kesilgan,
yoqalari, cho„ntaklari har xil bo„lishi mumkin. Materiali bo„yicha pidjaklar
har xil tolali gazlamalar, sun‟iy va tabiiy charmlardan tayyorlanadi.
Kitel – yarim yopishib turadigan siluetli shakldagi buyum. Qaytarma
yoqa turi va bir yonga qadalishi bilan pidjakdan farq qiladi.
Jaket tuzilishi bo„yicha pidjakni eslatadi. U uzun va kalta yengli
hamda shakl saqlaydigan ichki astarli hamda astarsiz qilib tikiladi. Jaketlar
ko„proq ayollar va bolalar uchun mo„ljallangan.
Kalta kamzul (kurtka)lar – uzun yengli, ichki astarli va astarsiz, biroz
kaltaytirilgan pidjak turidagi buyum. U pidjakdan etaginli shakli, yoqasi va
cho„ntaklari bo„yicha farq qiladi hamda har xil materiallardan tikiladi.
Nimcha (jilet) – yengsiz, oldi ochiq, kaltaytirilgan, yelkaga
kiyiladigan, yoqali va yoqasiz, ilmoqli yoki ilmoqsiz buyum. Nimchala
kostyum-shimlar to„plami hisoblanib, erkaklar, ayollar va bolalar uchui
chiqariladi.
Shimlar. Ularning turiga shortlar (kalta shim), shalvarlar, golf
shimlari, bridji (etik shim)lar kiradi va ular uzunligi, kengligi hamda pastki
qismining bezatilishi bilan bir-biridan farq qiladi. Erkaklar shimining old
tomonidan kesilgan kesik «molniya» ilmog„i yoki tugma bilan yopiladi.
Ayollarning shimlari ustki qismining bezatilishi bilan erkaklar shimlaridan
ajralib turadi; oldidan yoki yonidan ilmoq va qayish bilan yopiladi.
Shimlar xilma-xil gazlamalar, trikotaj matosi, sun‟iy va tabiiy charmlardan
tayyorlanadi. Ularning pastki qismi qayrilgan yoki qayrilmagan bo„lishi
mumkin.
Yubka – jussaning pastki qismini yopib turuvchi buyum. Yubkalar
tuzilishi bo„yicha yaxlit yoki tugmalari qadalmaydigan (raspashnoy),
ilmoqli va ilmoqsiz, oxirigacha kesilgan yoki kesiksiz bo„lishi mumkin.
Yubkaning turlariga yubka-shimlar ham kiradi.
Ko‗ylak – ular tuzilishi bo„yicha bel chizig„i bo„yicha kesikli va
kesiksiz, yoqali yoki yoqasiz, yenglari tikilgan, reglan, yaxlit bichilgan,
uzun, kalta va yengsiz bo„lishi mumkin. Uzunligi tizzagacha, tizzadan past
yoki uzun bo„ladi. Ko„ylaklar, odatda, astarsiz, lekin ayrim hollarda astarli
qilib ham tikiladi. Ular qoplama yoki kesik cho„ntakli bo„ladi. Ishlatish

xususiyatiga qarab kundalik, uylik va ko„chada kiyiladigan bo„ladi.
Ko„ylak turlariga ko„ylak-kostyumlar va ko„ylak-xalatlar kiradi.
Sarafanlar – yengsiz va yoqasiz soddalashtirilgan tuzilishdagi
ko„ylaklar turi. Ular bluzka hamda jaketlar bilan kiyiladi. Yaxlit bichilgan
yoki bel chizig„i bo„yicha kesilgan holda tikiladi.
Bluzka- shakli va bichimi bo„yicha ko„ylakning yuqori qismi – lif
(beldan yuqori qismi) hisoblanadi. Bluzkalar kesik yoki yaxlit, oldi va orqa
tomonidan ilmoqli, yengli, yoqali bo„lishi mumkin. Ular kundalik hamda
bezakli bo„ladi.
Xalat – oldi ochiladigan, ikki yonli etagi bir-biriga kirib turadigan uy
kiyimi. Odatda, xalatlar keng hamda uzun bo„lib, ilmoqli yoki belbog„li
qilib tayyorlanadi. Xalatlar qavilgan va issiq saqlovchi astarli bo„lishi
mumkin. Shoyi gazlamadan astarli yoki ichki issiq astarli qilib tikilgan
xalatlar penyuar deb ataladi.
Pelerina – har xil shakl va uzunlikdagi (ko„krak chizig„igacha,
belgacha, tizzagacha, tizza yoki etakkacha bo„lgan) yengsiz kiyim. Odatda,
old tomoni kesilgan, ilmoqli yoki ilmoqsiz va yoqali bo„ladi. Pelerinalar
ko„ylak, sarafan, kostyum-ko„ylak va kostyum-paltolarga qo„shimcha
buyum sifatida xizmat. qiladi.
Ustki ко‗ylaklar – erkaklar va bolalar uchun mo„ljallangan kiyim
turidir. Ular har xil tuzilishda ishlab chiqariladi. Ustki ko„ylaklar yoqasi
qayriladigan va qayrilmaydigan qattiq ichki astarli, tikilgan yoki
olinadigan bo„lishi mumkin. Yenglari uzun, kalta bir yoki ikki manjetli
tugma yoki ilmatugma (zaponka) bilan qadaladigan qilib tikilishi mumkin.
Ular xomashyolari har xil bo„lgan gazlamalardan tayyorlanadi.
Kostyumlar – bular ikki (pidjak va shim), uch (pidjak, shim va
nimcha) va undan ortiq narsalardan tuzilgan kiyim to„plamidir. Kostyumga
kiruvchi buyumlar shakllari bo„yicha bir-biriga mos kelishlari hamda bir
xil ansambl tuzishi kerak. Ayollar kostyumi jaket, nimcha, bluzka, shim va
yubka yoki ko„ylak, sarafanlarni o„z ichiga olishi mumkin. Erkaklar
kostyumi odatda uch narsa (pidjak, shim, nimcha yoki jemper)dan tuziladi.
Pijama – kalta kamzul yoki bluzka va shimdan iborat bo„lgan kiyim
to„plami.

Ustki trikotaj buyumlari xilma-xil turdagi xomashyolardan ishlab
chiqariladi. Ular jins va yosh belgisi (erkaklar, ayollar va bolalar trikotaji),
ishlatilishi (uylik, kundalik, ko„chalik, sport va dam olish uchun), ishlatish
mavsumi (yozgi, qishki, mavsumli), qomatga yopishib turishi (yopishib
turadigan, yarim yopishib turadigan, to„g„ri va erkin siluetli) hamda
boshqa belgilari bo„yicha bo„linadi. Ustki trikotaj buyumlari
assortimentiga jemperlar, jaketlar, sviterlar, sport kalta kamzullari,
bluzkalar, ko„ylaklar, sarafanlar (ayollarning yengil yengsiz kiyimi),
yubkalar va boshqalar kiradi. Ular tuzilishi, pardozi hamda to„qilish turlari
bo„yicha xilma-xil. Kalta kamzullar – uzun yengli, ichki astaryoki astarsiz
bo„lib, biroz kaltalashtirilgan pidjakka o„xshash buyum. Tuzilishi bo„yicha
pidjaklardan farq qiladi.
Jaketlar – asosan forma saqlovchi ichki astarli yoki astarsiz bo„lishi
mumkin. Jaketlar tuzilishi bo„yicha uzun va kalta yengli, old tomoni ochiq,
tugmali hamda tugmasiz bo„ladi.
Nimcha (jilet)lar yengsiz, oldi oxirigacha ochiq yelkaga kiyiladigan
yoqali yoki yoqasiz buyum. Ular ko„pincha kostyumlar to„plamiga kiradi
yoki mustaqil ravishda ishlatiladi.
Jemfer- oldi oxirigacha kesilmagan yoki umuman kesilmagan, tugma
bilan qadaladigan yoki tugmasiz trikotaj buyum.
Sviter-qadaladigan, yengil va yoqali buyum.
Retuzalar (xotin-qizlar kiyadigan uzun va yopishib turadigan lozim)
halqalab olingan yoki bichilgan ichki qism (xishtak va pocha)dan iborat
trikotaj buyumi.
Sport trikotaj kostyumlari – shim va kalta kamzuldan iborat bo„lib,
ayrim hollarda kalta kamzul, sviter, jemfer yoki jaket bilan almashtiriladi.
Bolalarning sport kostyumlari bir necha turda chiqariladi.
Ichki kiyim va beldamchi (korset) buyumlar. Ichki kiyim
buyumlarining asosiy qismi trikotajdan tayyorlanadi. Gazlama va
noto„qima materiallardan esa faqat ichki kiyimlarning ayrimlari (uxlash
uchun ichki ko„ylak va pijamalar, kalta ishtonlar, beldamchilar hamda
plyonkalar) tayyorlanadi, xolos.
Ichki kiyimlar. Trikotajdan tayyorlangan ichki kiyimlar gazlamadan

tayyorlanganlariga nisbatan yuqori gigiyenik ko„rsatkichlari, foydalanish
xususiyatlari va yuqori tejamliligi bilan ustun turadi. Trikotajdan
tayyorlangan ichki kiyimlar elastik, yumshoq, yaxshi cho„ziluvchan, kishi
gavdasini bir tekisda va yaxshi qisib turadi. O„ziga xos xususiyatlari
tufayli mato organizmning faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratib beradi
(havo va par o„tkazuvchanlik). Ichki kiyimlar ishlab chiqarishda har xil
kalava hamda iplardan foydalaniladi: tabiiy yoki aralash tolali kalavalar,
kompleks va tarkibi o„zgartirilgan kimyoviy iplar hamda ularning
aralashmalari.
Erkaklar ichki kiyimiga ko„ylaklar, pijamalar, kalta ishtonlar va
kalson (ishton)lar kiradi. Ichki ko‗ylaklar gazlamalardan tayyorlangan
bo„lib, ochiq va yopiq yoqali, bir yoki ikki tugmada qadaladigan yoki
tugmasiz bo„lishi mumkin. Ustki ko‗ylaklar turli xillarda (uzun va kalta
yengli, kalta yengli, shimga kirgizilmasdan kiyiladigan) fasonlarda ishlab
chiqariladi. Old tomonidan har xil uzunlikda kesilgan va tugsepochka yoki
ilmoqlarda yopiladigan bo„ladi. Yoqalari ham xilma-xil fasonlarda
(qayrilma, tik, fasonli, yaxlit bichilgan) tikiladi.
Pijamalar – uxlash uchun kalta kamzul va shimdan tuzilgan to„plam
bo„lib, paxta hamda ip gazlamalaridan tayyorlanadi.
Kalta ishtonlar tanaga kiyiladigan ichki va sport kiyimi sifatida
ishlatiladi. Ular oqartirilgan, sidirg„a bo„yalgan yoki gul bosilgan bo„z va
satinlardan tayyorlanadi.
Fufaykalar ikki turda sotuvga chiqariladi: old tomonidan qadaladigan
yoki qadalmaydigan. Ular kalta va uzun yengli bo„lib, turli to„qilishlarda
(glad, lastik, interiok, fileyli va boshq.) har xil xomashyolar (paxta, jun
kalavali, sun‟iy ipak, sintetik kalava va iplar) dan olingan matolardan
tikiladi.
Ayollar ichki kiyimiga ko„ylaklar, ichki ko„ylak (kombinatsiya)lar,
pantolonlar, kalta ishtonlar, ichki yubkalar va cho„milish kostyumlari
kiradi. Ular kunduzgi va tungi ko„ylaklarga bo„linadi. Ular uch turda
bo„ladi: yarim yopishib turadigan siluetli, kengaytirilgan yoki to„g„ri;
baland tomonidan pastga tomon kengaytirilgan, to„g„ri.
Ichki ko„ylaklar nisbatan uzunroq va xilma-xil pardozli bo„ladi. Ular

quyidagi turlarda chiqariladi: beli qisqargan va pastga kengaygan yoki
to„g„ri (ayollar va bolalar ich ko„ylagi); beli balanddan pastga kengaygan
(ayollar va bolalar ko„ylagi); beli to„g„ri (faqat bolalar ko„ylagi). Tuzilishi
bo„yicha katta yengli yoki bog„ichli va ularsiz bo„lishi mumkin. Ichki
ko„ylaklar har xil trikotaj matolari hamda gazlamalardan tayyorlanadi.
Ichki yubkalar turli fasonda, sun‟iy va sintetik ipakdan tayyorlangan
vertyolkali trikotaj polotnolaridan tikiladi.
Cho‗milish kostyumlari xilma-xil fason, pardoz va rangda, ayrim
hollarda belbog„li qilib trikotaj hamda gazlamalardan tayyorlanadi. Ular
kalta ishton va byustgalter (ayollar ko„krakbog„i)dan tashkil topadi.
Pantolonlar uch turda chiqariladi; uzun, qisqa va pantolon-trusik
ko„rinishda.
Bolalar ichki kiyimi ham kattalarnikidek assortimentda ishlab
chiqariladi.
Bog‗cha yoshidagi bolalarning ichki kiyimiga maxsus talablar
qo„yiladi. Jumladan, ular yuqori gigiyenik, gigroskopik, (havo va bug„
o„tkazuvchan), issiq saqlash, ko„p martalab yuvilish va dazmollashga
chidamli xususiyatlarga ega, mustahkam rangli, yengil, kiyilishda qulay va
yumshoq bo„lishi kerak.
Bu guruhdagi buyumlar assortimentiga quyidagilar kiradi: koftalar,
chaqaloqlar yaktakchasi (rasposhonka), emaklaydigan bolaning maxsus
kiyimchalari (polzunki), kalta ishtonchalar, lifli yoki yelkabog„li va
ko„krakchali buyumlar, konvertlar, kombinezonchalar, telpakchalar,
garniturlar va pinetkalar.
Beldamchi buyumlari to„g„ridan-to„g„ri badanga kiyiladigan va
qomatni ushlash uchun mo„ljallangan ayollar ichki kiyimi. Ularga
byustgalterlar, beldamchilar, gratsiyalar, belbog„lar va boshqalar kiradi.
Beldamchi buyumlari assortimenti quyidagi belgilari bo„yicha bo„linadi:
materiali (gazlama, noto„qima material, trikotaj va turli matolar), tuzilishi
va elastiklik darajasi (noelastik, elastik, quramali), turlari, fasoni, o„lchami
hamda ishlatilishi (kundalik va bezakli). Bu buyumlar moda talablariga
mos kelishi, badanga yopishib turishi, uning ayrim uchastkalarini yaxshi
belgilashi (qayd etishi), ishlatishda qulaylik yaratishi va gigiyenik bo„lishi

kerak.
Beldamchi buyumlari ayollarning yoshiga qarab guruhlarga
bo„linadi: qizlar (14-16 yosh), ayollar (17 yosh va undan ortiq) va yoshi
ulug„ ayollar uchun (60 yoshdan ortiq).
Byustgalterlar belbogining (poyasi) kengligi bo„yicha – ingichka
hamda keng belbog„li, kosachasining tuzilishi – aylana chokli, oval va
yaxlit bichilgan; ilmog„ining turi – halqali va ilgakli, ilgakli hamda
tugmali, to„qali va tasmali bo„ladi.
Belbog‗ – bu gavdaning bel qismiga yopishib turadigan buyum. Ular
keng va ingichka, ilmog„i bo„yicha byustgalterga o„xshash, asosiy
qismlarining qatlamlar soni – bir hamda ikki qavatli.
Gratsiya byustgalter va beldamchining birgalikdagi qo„shilishidir.
Bel chizig„igacha keng belbog„li bo„lgan byustgalter yarim gratsiya deb
ataladi.
Beldamchi – ko„krak pastidan tosning chizig„igacha (yoki biroz
pastroqqacha) chip yopishib turadigan qattiq shaklli buyum. Yarim
beldamchi – qattiq shaklli keng belbog„. Beldamchi va yarim beldamchilar
ilmog„i, asosiy qismlarining qatlamlar soni (bir va ikki qatlamli) hajmini
o„zgartirish turi (shnurlangan, elastik, qo„shimcha qo„yilgan) bo„yicha
bo„linadi. Beldamchi buyumlarining o„lchamlari bel va tosning aylanasi
bilan sm. larda aniqlanadi.
Paypoq buyumlari. Ularga alohida talablar qo„yiladi, chunki ular
chiroyli tashqi ko„rinishga ega bo„lib qolmasdan, balki oyoqqa yopishib
turishi. yaxshi turg„un shaklga ega bo„lishi va yuvilgandan so„ng – shaklini
yo„qotmasligi kerak. Bu buyumlar yuqori gigiyenik xususiyatlarga ega
bo„lishi lozim. Ular quyidagi belgilari bo„yicha bo„linadi: xomashyosining
turi, ishlab chiqarish usuli, matosining tuzilishi, pardoz xususiyati,
ishlatilishi, yosh, jins belgisi va o„lchamlari.
Paypoq buyumlari ishlab chiqarish usuli bo„yicha yumaloq (choksiz),
kottonli va bichilgan buyumlarga bo„linadi.
Yumaloq yoki choksiz paypoq buyumlari trubkaga o„xshash shaklga
ega bo„lib, paypoq to„qiydigan avtomatlarda ishlab chiqariladi. Ularga
kerakli shakllar pardoz jarayonida beriladi. Buyumning uchlari overlok

yoki kettel-choklari bilan tikiladi. Kottonli buyumlar yoyilgan mato
shaklida kotton (yassi) mashinalarida tayyorlanadi. Tayyor mato elastik
choklar bilan tikiladi va pardozlanadi. Bichilgan paypoq buyumlari vertel
mashinalarda olingan o„rama (bo„ylama)li matolardan tayyorlanadi.
Buyumlarga beriladigan shakl bichish, tikish va Pardozlash paytida
beriladi.
Paypoq buyumlari har xil to„qilishlarda olinadi: ko„ndalang glad,
lastik, silliq yoki gulli platirovka, press-naqshli, baxmalli, jakkardli, kam
so„kiladigan, o„rama (bo„ylama)li. Pardoz xususiyati bo„yicha paypoq
buyumlari oqartirilgan, sidirg„a bo„yalgan, gul bosilgan, olachipor
halqalangan va gulli turlari ajratiladi.
Paypoq buyumlarining o„lchamlari oyoq kaftining uzunligi bo„yicha
belgilanadi va ular quyidagi o„lchamlarda chiqariladi: ayollar uzun
paypog„i, yarim paypog„i hamda paypoqlari 19 dan 29 gacha; erkaklar va
o„smirlar paypoqlari – 21 dan 31 gacha; bolalarning oddiy yoki uzun
paypoqlari -12 dan 22 gacha va bolalar yarim uzun paypoqlari – 14 dan 22
o„lchamgacha. Elastikdan tayyorlangan paypoq buyumlari uch o„lchamda:
19-21 (oyoq kaftining uzunligi 18 sm), 23-25 (20 sm) hamda 27-29 (22
sm) chiqariladi.
Qo‗lqoplar. Qo„lqoplar assortmentiga qo„lqoplar va boshmaldoqli
(varejki) qo„lqoplar kiradi. Ustki kiyimga fasoni, o„lcham, xomashyo
sifati, to„qilishi va pardozi bo„yicha tasdiqlangan namuna-etalonlar va
me‟yoriy-texnik hujjatlarda belgilangan talablarga mos kelishi kerak.
Qo„lqoplar tayyorlash uchun paxta, jun, yarim junli kalavalar, sun‟iy
hamda sintetik ipak, tarkibi o„zgartirilgan kalavalar va sintetik tolali iplar
qo„llaniladi. Ular xilma-xil to„qilishlar yordamida tayyorlanadi:
ko„ndalang va o„rib to„qilgan, bir yoki ikki yuzali, silliq, gulli va
boshqalar.
Qo„lqoplarning o„lchamlari qo„l kafti aylanasining yarmi (sm. da)
bilan belgilanadi. Bichib tikilgan qo„lqoplar quyidagi o„lchamlarda ishlab
chiqariladi: erkaklar qo„lqoplari va boshmaldoqli qo„lqoplari – 9; 10; 11 va
12; ayollar qo„lqoplari – 8; 9 va 10; bolalar qo„lqoplari – 7; 8 va 9; bolalar
boshmaldoqli qo„lqoplari – 5,5; 6; 6,5; 7;8 va 9. Halqalabto„qilgan

qo„lqoplar o„lchami: erkaklar qo„lqoplari hamda boshmaldoqli qo„lqoplari
– 9; 10; 11 va 12; ayollar qo„lqoplari – 8,5; 9 va 9,5; bolalar qo„lqoplari – 7
va 8; bolalar boshmaldoqli qo„lqoplari – 5,5; 6; 6,5; 7 va 8.
Bichilgan qo„lqoplar tuzilishi bo„yicha ikki turda bo„ladi: to„g„ri
burchakli va pastga tomon kengaytirilgan. Halqalab to„qilgan hamda
boshmaldoqli qo„lqoplar, yassi yoki yumaloq qo„lqop jakkard apparatli
lo„qish mashinalarida tayyorlanadi. Qo„lqoplar tuzilishi bo„yicha ikki turda
chiqariladi: besh panjali va ikki panjali; boshmaldoqli qo„lqoplar – bir
turda katta boshmaldoqli bo„ladi. Ular pardozi bo„yicha har xil.
Bosh kiyimlar va ro‗mol-bo‗yinbog‗ buyumlari. Bosh kiyimlarga
ham ustki kiyimlarniki kabi talablar qo„yiladi. Ularning assortimenti juda
xilma-xil va bularga quyidagilar kiradi: telpaklar, shlyapalar, shlemlar,
shapkalar, kepkalar (koziryokli yumshoq bosh kiyimi), do„ppilar, beretlar,
quloqchinli qalpoq (kapor)lar, feskalar (hoji do„ppi-po„pakli) va boshqalar.
Ular erkaklar, ayollar, bolalar uchun, qishki, yozgi, mavsumiy, qattiq,
yarim qattiq va yumshoq, turli material bo„lishi mumkin. Har kuni kiyish,
bezakli, ko„chalik, turizm yoki dam olish uchun ishlatiladi.
Bosh kiyimlar shakli, silueti, o„lchami va mutanosibligi, bichimi.
rangi va pardozi bo„yicha bir-biridan farq qiladi. Ular har xil usullarda
ishlab chiqariladi. Mazkur kiyimlarning o„lchami boshning aylanasi bilan
sm. larda aniqlanadi. Ular yoshi kattalar uchun 53 dan 62 o„lchamgacha.
maktab yoshidagilarga 50 dan 56 gacha, maktab yoshigacha 47 dan 54
gacha, yasli yoshidagilarga 45 dan 47 o„lchamgacha chiqariladi.
Qalpoqlar trikotajli bosh kiyim bo„lib, jins va yosh belgisiga ko„ra
ayollar, erkaklar va bolalar qalpoqchalariga bo„linadi. Kattalar
qalpoqchalari 53-64, bolalarniki 46-52 razmerlarda chiqariladi.
Telpaklar – eng ko„p tarqalgan bosh kiyimlaridan biri. Ular gazlama,
fetr, tabiiy va sun‟iy mo„yna hamda charmlar va boshqa materiallardan
tikiladi. Telpaklar yaxlit mo„ynali, qurama, fasonlari bo„yicha o„zlarining
raqamlariga ega bo„ladi: quloqchin, «Gogol», «Moskovskaya»,
«Olimpiyskaya» va boshqalar.
Shapkalar – soyabonli, yassi tagli, qattiq keng gardishli erkaklar va
bolalar bosh kiyimi. Ular paxta yoki jun gazlamasi hamda charmlardan

tayyorlanadi.
Kepkalar- soyabonli yumshoq bosh kiyim. Kepkalar qalpoq (usti),
soyabon, peshonabog„ yoki yarim peshonabog„ va astardan iborat. Ular
maxsus kepkali yoki kiyimli gazlama, charmlardan tikiladi. Kiyilishi
bo„yicha qishki, yozgi va mavsumiy boiadi.
Shlemlar – boshga mahkam kiyilib, quloqni berkitib turadigan va
tomoq tagidan bog„lanadigan bosh kiyim.
Do‗ppi – aylana shakldagi to„rt qirrali telpakchaga o„xshash bosh
kiyim. Ular fetr yoki shoyi gazlamalardan har xil gulli qilib tikiladi.
Quloqchinli qalpoq (kapor)lar – boshga jips kiyiladigan, iyak tagidan
mahkamlanadigan ayollar va qizlar uchun mo„ljallangan bo„ladi.
Beret– chekkasi ichiga qayrilgan shlyapaning boshqa bir ko„rinishi.
Ular fetr, gazlama, charm, trikotaj va mo„ynadan tikilishi mumkin.
Shlyapalar assortimentdagi eng ko„p hissani egallaydi va shakli,
fasoni, material bo„yicha bir-biridan farq qiladi. Shakli bo„yicha yassi,
bo„rtma, aylana shaklida, konusga o„xshash, baland, past, buklamli; ishlab
chiqarilishi bo„yicha – yaxlit shakl berilgan hamda tikilgan bo„lishi
mumkin. Ular fetr, gazlama, mo„yna, somon, charm va boshqa mate rial la
rdan tayyorlanadi.
Fetrli shlyapalarning xomashyosi junli, tivitli, pardozi silliq va patli
bo„ladi.
Gazlamadan
tikilgan
shlyapalarga
panamalar
kiradi.
Panamalarning qalpoqchasi (boshi) to„rtta pannoga o„xshash bo„lakdan
tikiladi; ikki qavat soyaboni qoplamasi bilan birgalikda parallel choklar
asosida baxyalanadi va qalpoqchasiga tikiladi. Ular oqartirilgan zig„ir va
paxta gazlamalaridan, kamroq yarim oq va xom zig„ir hamda yarim zig„ir
gazlamalaridan tayyorlanadi.
Trikotajli ro„mollar ishlatish mavsumi bo„yicha qishki va yozgi
bo„ladi. Xomashyo turi, ip va kalavaning qalinligi, to„qilishi buyumning
qaysi mavsumda ishlatilishiga qarab tanlanadi. Ro„mollar paxta, jun,
qurama, yuqori hajmli va viskoza iplardan hamda echki tiviti yoki paxta
aralashtirilgan quyon tivitlaridan qo„lda, aylana, fang, vertel va reshel
mashinalarida tayyorlanadi. Tivitlardan qo„lda yoki mashinalarda to„qilgan
ro„mollar Orenburg va Penza tivitli ro„mollari deb ataladi.

Yozgi ro„mollar viskoza va sintetik iplardan o„rib to„qish
mashinalarida gulli to„qilish yo„li bilan tayyorlanadi.
Ro„mollar pardoz xususiyati bo„yicha oqartirilgan, sidirg„a bo„yalgan
va olachipor halqalangan bo„ladi. Ular quyidagi o„lchamlarda bo„ladi
(sm.da): 70×70; 85×85; 95×95; 100×100; 130×130.
Trikotajli bo„yinbog„lar paxta, jun, qurama, yuqori hajmli, sun‟iy va
sintetik ipaklardan tayyorlanadi. Ular bir va ikki yoqlama, pardozi esa
turlicha bo„ladi.
Bo„yinbog„lar quyidagi o„lchamlarda chiqariladi (sm.da): 95×16;
100×25; 120×20; 130×25; 180×70; 150×50; 160×60; 180×50. 180×70 sm
o„lchamdagi bo„yinbog„lar palantin deb ataladi.

Maishiy texnika Toshkentda

Tovar.uz savdo platformamizga xush kelibsiz. Ushbu sahifada siz tez va osonlik bilan tasdiqlangan va ishonchli etkazib beruvchilardan “Maishiy texnika”ni tanlashingiz va sotib olishingiz mumkin. “Maishiy texnika Toshkentda” sarlavhasidagi tovarlar uchun barcha narxlar sotuvchilar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan shaxsan tasdiqlangan. Biroq, mos pozitsiyani tanlab, mahsulot sotilganmi, yoki o’tgan vaqt ichida narx o’zgarganmi, yoki yo’qligini aniqlash uchun sotuvchiga murojaat qilishingiz kerak.

Filtrlarning keng diapazoni, sizga Toshkentda “Maishiy texnika” Toshkentda guruhidagi ideal variantni sotib olish uchun so’rovingizni iloji boricha aniqroq aniqlash imkonini beradi. Filtrlar yordamida ishlab chiqaruvchining mamlakatini, narx oralig’ini, siz uchun qulay bo’lgan to’lov turini (naqd pul, pul o’tkazish, Payme(Peymi), Click (klik), mahsulot turi, to’lov turi (chakana, ulgurji) va uning asosiy parametrlari va xususiyatlari aniqlab olish mumkin. Shuningdek, pozitsiyalarni narx, yangilik yoki mashhurlik bo’yicha guruhlanadi. Bundan tashqari, sotib olishdan oldin, siz taklif qilingan barcha variantlar orasida “Maishiy texnika” bo’limidan o’xshash takliflarni solishtirishingiz mumkin. Bizning platformamiz samarali qidirish va vaqtingizni tejash uchun barcha qulayliklarni taqdim etadi.

Agar siz o’z mahsulotlarini “Maishiy texnika Toshkentda” sahifasida taklif qilmoqchi bo’lgan tadbirkor bo’lsangiz, u holda, bizning Tovar.uz internet platformamiz, siz uchun savdo qilish uchun ajoyib maydon bo’ladi. Buning uchun siz saytda bepul ro’yxatdan o’tishingiz va xaridorlarni kompaniyangiz va tijorat takliflaringiz bilan tanishtirish uchun shaxsiy sahifani tashkil qilishingiz kerak. Siz “Maishiy texnika” bo’limiga, fotosuratlarni, batafsil tavsiflarga va potentsial xaridor siz bilan bog’lanishi mumkin bo’lgan aloqa ma’lumotiga qo’shishingiz mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, Toshkentda tadbirkorlar o’rtasidagi raqobatni hisobga olgan holda, “Mahsulotlar” bo’limida sizning mahsulotlaringiz haqidagi barcha ma’lumotlar eng foydali tarzda taqdim etilishi kerak (asl fotosuratlarni yuklang, jozibali tavsif yozing, batafsil tavsiflarni ko’rsating), shunda sayt tashrif buyuruvchilari “Maishiy texnika” sarlavhasi ostida sizning taklifingizni tanlashlari kerak.

Sotuvchi “Maishiy texnika Toshkentda” sarlavhasi ostida keltirilgan ma’lumotlar uchun javobgardir.

Qiziqarli malumotlar
Maishiy kiyimlar assortimenti. Ustki kiyimlar