MAHTUMQULI

MAHTUMQULI

MAHTUMQULI (taxallusi Firogʻiy; 1733, Gurgan daryosi sohilidagi Hoji-govshan qishlogʻi — 1791) — turkman shoiri va mutafakkiri. Otasi Davlatmamat Ozodiy (1700—1760) ham shoir boʻlgan. Mahtumquli boshlangʻich taʼlimni oilada oʻz otasidan olgan. Soʻng qishlok maktabida Niyozsolih mulla qoʻlida oʻqigan. Dastlab M. Xalach atrofining Qiziloyoq qishlogʻidagi Idrisbobo madrasasida, keyinchalik Buxoroning Koʻkaldosh, Xivaning Shergoziy madrasalarida tahsil olgan. Nizomiy, Firdavsiy, Fuzuliy, Navoiy singari mashhur sho-irlar ijodidan bahramand boʻlgan. Zargarlik b-n shugʻullangan. Afgʻoniston, Eron, Hindiston, Ozarbayjon, Samarqand, Turkiston kabi bir kancha shaharlarga sayohat kilgan. Mahtumqulining oilaviy sharoiti xususida har xil rivo-yatlar bor. Mahtumqulishunoslar M. Menglixon ismli kizni chin dildan sevganini, birok ularning turmush qurishiga imkon boʻlmaganini yozadilar.

Ensiklopediya.uz
MAHTUMQULI