Mahr – ayolning haqqi. Uning miqdori qancha va qanday ado qilinadi?
Mahr – ayolning haqqi. Uning miqdori qancha va qanday ado qilinadi? Nikoh – mo‘minning hayotidagi muqaddas rishta. Bu jarayonda kuyovning kelinga mahr berishi esa amalga oshirilishi farz hisoblangan amallardir. Mahrni kuyov beradi – uning ota-onasi emas. Bu bilan unga oilaboshilik mas’uliyati anglatiladi. Mahr miqdorining eng kami 4,25 gramm tillaga tenglashtiriladi. Ya’ni 999 proba bo’yicha 2 mln 609 ming so’m. Shu qiymatdan tushmasligi kerak. Eng ko‘pining esa chegarasi yo‘q: hisobsiz mol-mulk bo‘lishi ham mumkin. Mahr berilish muddatiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: muajjal, ya’ni tezlatib beriladigan mahr va maajjal, ya’ni keyinroq beriladigan mahr. Kelishilgan mahrning bir qismini to‘y paytida berish, qolganini vaqt o‘tib aytilgan muddatida berish mumkin. Ayniqsa hozir bu muddatni guvohlar ishtirokida kelishib olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Boshqa qarzlar kabi mahr ham erkakning zimmasida to vafotiga qadar turaveradi.Mahr – ayolning haqqi. Uning miqdori qancha va qanday ado qilinadi?
DO`STLARGA ULASHING:
Mahr – ayolning haqqi. Uning miqdori qancha va qanday ado qilinadi?