MAHMUDOV

MAHMUDOV

MAHMUDOV Temur Ahmad Oʻgʻli (1943.18.1, Toshkent) — sozanda (chang), bastakor, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2000). Mulla Toʻychi hofizniyat nevarasi. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1969). Chang ijrochiligi sirlarini F. Sodiqov va A. Odilovlardan oʻrgangan. Muqimiy meamri musiqa rahbari (1963—71), Oʻzteleradiokompaniyasida «Maqom» ansambli sozandasi (1973-y. dan), musiqa rahbari (1976—2002), Badiiy jamoalar direksiyasi rahbari oʻrinbosari (2002-y. dan). Ayni paytda Mahmudov Uygʻur nomidagi Toshkent sanʼat in-tida (1982—92) va Hamza nomidagi Toshkent musiqa kollejida (1992-y. dan) oʻqituvchi. Yakkasoz va joʻrnavoz sozanda sifatida tanilgan. Zarblari nozik va mayin. Repertuaridan Shashmaqomttt cholgʻu va ashula turkumlari, Fargʻona—Toshkent maqom yoʻllari, xalq va mumtoz cholgʻu kuylari («Fargʻonacha rez», «Rohat», «Gulbahor», «Tanavor» va b.), oʻzbek bastakorlari asarlari («Oʻzbek valsi», «Gulnor» F. Sodiqov; «Orzudili» M. Mirzayev va b.) oʻrin olgan. Bastakor sifatida bir nechta qoʻshiq («Oʻzbekistonim mening», «Koʻngil», «Vatan» va b.)lar va dramatik spektakllar («Nodirabegim», «Figʻon», Oʻzbek milliy akademik drama teatri; «Qora kamar», «Paranji sirlari», A. Hidoyatov nomidagi drama teatri) uchun musiqalar yozgan.

Ensiklopediya.uz
MAHMUDOV