MAHKUM

MAHKUM

MAHKUMqonun bilan taqiqlangan muayyan jinoyatni sodir etgani uchun sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxs. Oʻzbekistonda Mahkumga nisbatan quyidagi jazo choralari qoʻllanilishi mumkin: jarima; muayyan huquqdan yoki biror xil faoliyat bilan shugʻullanishdan mahrum qilish; axloq tuzatish ishlari; xizmat boʻyicha cheklash; qamoq; in-tizomiy qismga joʻnatish; ozodlikdan mahrum qilish; oʻlim jazosi. M. jazoni sudning hukmi kuchga kirganidan soʻng oʻtaydi. Baʼzan Mahkum aybdor boʻlsada, unga jazo tayinlanmasligi yoki uni oʻtashdan ozod etilishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasi JK, 69—79, 87 — 90moddalar). Sud ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash vaqtida sodir etilgan jinoyatning mohiyati, ijtimoiy xavflilik darajasi va ishdagi boshqa holatlarni eʼtiborga olib, aybdorni jazo bermay ham xulqini nazorat qilish, tuzatish mumkin, degan qatʼiy fikrga kelsa, tayinlangan jazoni ijro etmaslik Tyirisida qaror chiqaradi. Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u jinoyat natijasida yetkazilgan zararni oʻz ixtiyori bilan bartaraf etib, qilmishidan astoydil pu-shaymon boʻlsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin.

Ensiklopediya.uz
MAHKUM