«Mahalla ettiligi» tavsiyasi asosida uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish tartibi to’liq malumot oling

«Mahalla ettiligi» tavsiyasi asosida uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish tartibi to’liq malumot oling

mahalla ettiligi tavsiyasi asosida uy joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bolgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish tartibi 1

Qarorga ko‘ra, quyidagilar belgilandi:

yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash maqsadlari uchun asosiy stavkadan 4 foiz bandga yuqori stavkada 120 million so‘mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga ipoteka kreditlarini ajratish;
ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to‘lab berish;
ipoteka kreditlari va ular bo‘yicha subsidiyalarni rasmiylashtirish hamda ajratish tartibi.

Shuningdek:

kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlashda kadastr pasportini rasmiylashtirish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq to‘lovlar qiymati 50 foizga kamaytiriladi;
yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar «subsidyplatform.mf.uz» to‘lov platformasi orqali ajratiladi.

Foydali Maslahatlar
«Mahalla ettiligi» tavsiyasi asosida uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish tartibi