MAGOMAYEVLAR
MAGOMAYEVLAR — ozarbayjon sanʼatkorlari sulolasi. Magomayev Abdulmuslim Magomet oʻgʻli — kompozitor, Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1935). Milliy musiqa teatri assochilaridan, birinchi ozarbayjon dirijyori. 1911-y. dan U. Hojibekov tashkil etgan milliy opera guruhida ishlagan. Ozarbayjon opera va balet teatri direktori va bosh dirijyori. Kompozitorlik ijodida Yevropa musiqa tamoyillari b-n xalq qoʻshiqchilik sanʼatini uzviy bogʻlashga intilgan. «Shoh Ismoil» mugom operasi (1916), «Nargiz» operasi (1935; 1938-y. da Oʻzbek musiqali teatrida sahnalashtirilgan), ommaviy qoʻshiqlar, simfonik asarlari mashhur. 300 dan ortiq xalq kuylarini toʻplab, birinchi ozarbayjon xalq qoʻshiqlari toʻplamini nashr etgan (1927, U. Hojibekov bilan birgalikda).
Ensiklopediya.uz
MAGOMAYEVLAR