Magistraturaga kirish uchun chet tili sertifikati bo‘lishi shartmi? to’liq malumot oling
❓Magistraturaga kirish uchun chet tili sertifikati bo‘lishi kerakmi? Bu qoida kuchga kirdimi?
✅ JAVOB: Ha, kerak. Ushbu talab 2021 yil 19 maydagi PQ-5117-sonli Prezident qarorida belgilangan.
Bu haqda Xushnudbek Xudoyberdiyev tushuntirib berdi.
Qarorga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilidan, ya’ni joriy yildan boshlab OTMlarning magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi tartibi joriy etiladi.
❓Qanaqada darajada talab etiladi?
✅ Bunda, filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa V2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.
❓Ushbu talab keyingi yilga qoldirilishi mumkinmi?
🤷🏻♂️ Bilmasam, balki qoldirilar. Lekin Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ullaridan aniqlashtirganimda, keyinga qoldirish bo‘yicha hech qanday reja yo‘qligi, bu masala ko‘rib chiqilmayotgani, ya’ni chet tili sertifikati talabi magistratura va doktorantura uchun joriy yilgi imtihonlardan kuchga kirishini ma’lum qilishdi.
Boshqa mavzular
Magistraturaga kirish uchun chet tili sertifikati bo‘lishi shartmi?