Mafkuraviy tajovuz va mafkuraviy immunitet

Mafkuraviy tajovuz va mafkuraviy immunitet
mafkuraviy tajovuz va mafkuraviy immunitet 65ca87d2325da

page 2 1

Mafkuraviy tajovuz va mafkuraviy immunitet

Mundarija скрыть
Mafkuraviy tajovuz va mafkuraviy immunitet
DO`STLARGA ULASHING:
Mafkuraviy tajovvuz. Aytilganlardan kelib chiqib, bugungi kunda mamlakatimizga qarshi qaratilgan mafkuraviy tahdidlarni alohida ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Ular quyidagilardan iborat: 1) islom xalifaligini tiklab, uning bayrog‘i ostida musulmon xalqlarni yangi imperiyaga birlashtirishga qaratilgan intilishlar; 2) yosh mustaqil davlatlarni qaytadan sobiq Ittifoqqa birlashtirish g‘oyasi; 3) tariximizni, milliy qadriyatlarimiz va dinning mohiyatini soxtalashtirishga urinishlar; 4) axloqsizlikni yoyib, xalqni ma’naviy jihatdan buzishga qaratilgan intilishlar; 5) turli mafkuraviy vositalar orqali mintaqaviy va davlatlararo mojarolar keltirib chiqarishga qaratilgan harakatlar. 1. Islom xalifaligini tiklashga urinishlar xavfli ko‘rinish olmoqda. Masalan, xizbut-taxrirga tegishli qaysi bir adabiyotni olib qaramaylik, unda xalifalikni tiklashga da’vat qilinadi. «Akromiylik» esa dastlab Andijon viloyatida, so‘ngra Farg‘ona vodiysida, keyinroq mamlakatimizning butun hududida, keyinchalik barcha musulmon mamlakatlarida xalifalikni tiklash g‘oyasini olg‘a suradi. Islom tarixidan ma’lumki, xalifalikka Muhammad payg‘ambar vafotidan keyin choriyorlar Abu Bakr as-Siddiq (632–634), Umar ibn Xattob (634–644), Usmon ibn Affon (644–656), Ali ibn Abu Tolib (656–661) birin-ketin rahbarlik qilgan. Bu davrda xalifa dinning ham, davlatning ham boshlig‘i, rahnamosi hisoblangan. Keyinchalik podsholik bo‘lib, rahbarlik 661–749 yillarda makkalik zodagonlardan Muoviya bin Abu Sufyon sulolasi qo‘liga o‘tgan va ummaviylar sulolasi nomini olgan. 749 yili toju taxt Muhammad payo‘ambarning amakilari avlodlaridan bo‘lgan Abdul Abbos as-Safok sulolasi qo‘liga o‘tgan. Ularning davlati abbosiylar nomi bilan mashxur bo‘lib, 1238 yilgacha, mug‘ullar zabt etguncha davom etgan. Ayni paytda XII–XIII asrlarda Misr va Marokashda fotimiylar sulolasi ham o‘z davlatini joriy qilgan. XVI asrdan e’tiboran usmonli turklar ham xalifalik e’lon qilganlar va u 1924 yilning uchinchi martigacha hukm surgan. Turkiya respublika deb e’lon qilinishi bilan xalifalik hokimiyatiga chek qo‘yilgan va so‘nggi xalifa Abdumajid 1924 yil 4 martining tong otarida Istambuldan Shveysariyaga chiqarib yuborilgan. XX asrda islom dunyosi va boshqa mamlakatlar ham o‘zlari tanlagan taraqqiyot yo‘lidan rivojlanib kelmoqda. o‘tgan yillar tarixiy tajribasi xalifaliksiz ham erkin rivojlanish mumkin ekanini ko‘rsatdi. Xalifalik tarix saxifalarida qolib ketdi. 2. Bugungi kunda sobiq Ittifoq respublikalarining ayrimlarida eski tuzumni qaytadan tiklashni xohlovchilar, buni o‘zlari uchun g‘oyaviy maqsad qilib olgan kuchlar ham mavjud. Sobiq Sho‘ro tuzumi 1991 yilgi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlardan so‘ng barham topdi. Holbuki, o‘tmishga kaytish, tarixni teskari aylantirish mumkin bo‘lmaganidek, o‘z yo‘lini topib olgan, mustaqil davlatlar, Ayniqsa, O‘zbekiston va o‘zbek xalqi yana eski holatga kaytishga aslo rozi bo‘lmaydi. Islom Karimov «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida sobiq tuzum to‘g‘risida to‘xtalib, shunday degan edi: «Bugun o‘sha davr to‘g‘risidagi haqiqatni xolisona aytadigan bo‘lsak, u zamondagi hayotimizni jahon tarixi va amaliyoti bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, shuni ochiq aytish kerakki, u paytda O‘zbekiston bir yoklama iqtisodiyotga – markazga butunlay qaram, izdanchiq qan iqtisodiyotga ega bo‘lgan yarim mustamlaka mamlakatga aylangan edi» . Endilikda O‘zbekiston bu borada o‘ziga xos va mos taraqqiyot yo‘lini tanlab olgan, u hech qachon o‘zi tanlagan mustaqillik yo‘lidan kaytmaydi. 3. O‘zbekiston xalqi, o‘zbek xalqi juda katta ma’naviy merosga ega. Lekin sobiq mafkura ta’sirida uzoq yillar tariximiz bir tomonlama yoritib kelindi. Lekin hali bu sohada ko‘plab muammolar ham mavjud. «Tarixdan ma’lumki, bir xalqni o‘ziga tobe qilishni istagan kuchlar, avvalo, uni o‘zligidan, tarixidan, madaniyatidan judo qilishga intiladi… zararli ta’sirlar davom etaversa, millat o‘zligini yo‘qotishi, ming yillik an’analarini boy berib, olomonga aylanib qolishi ham hech gap emas» . Ana shuni yaxshi biladigan kuch va turli poligonlar bizni tariximizdan judo qilish, uni zo‘r berib sox-talashtirishga intiladilar. Bu borada turli yo‘llardan foydalanishga, Ayniqsa yoshlarimizni yo‘ldan ozdirishga harakat qiladilar. 4. Mamlakatimiz xalqining qalbi va ongiga yot mafkurani singdirish uchun dushmanlarimiz bir qarashda beozor, guyo siyosatdan xoli tuyuladigan mafkuraviy vositalarga katta e’tibor bermoqda. Jumladan, keyingi yillarda ko‘plab namoyish etilayotgan yengil-yelpi yoki jangarilik filmlari bunga misol bo‘ladi. Ma’lumki, bu filmlarni ko‘pchilik, Ayniqsa yoshlar maroq bilan tomosha qiladi. Sir emas, anchagina odamlar tabiatida, xulq-atvorida mana shunday to‘polonlarga moyillik bo‘ladi. Prezidentimiz shuni hisobga olgan holda ta’kidlagani kabi: «Shuning uchun ongi shakllanib ulgurmagan aksariyat yosh tomoshabinlar bunday filmlardan ko‘pincha turli yovuzlik, yirtqichlik, shafqatsizliklarni o‘rganadi, xolos. Natijada ularning diydasi qotadi, qalbidan toshbag‘irlik, zo‘ravonlik, axloqsizlik kabi illatlar joy olganini o‘zi ham sezmay qoladi. Hatto shunday tomosha va filmlarning qaxramonlariga ko‘r-ko‘rona taqlid qilishni istaydigan yigit-qizlar ham topiladi. Chunki, ular bunday uydirma talqinlar ta’sirida qo‘l urayotgan ishi qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishini tushunib yetmaydi. Afsuski, bizning televideniyemizda ham shunday filmlarni namoyish etishga ortikcha ruju qo‘yilmoqda» . 5. Mamlakatimizga tahdid solayotgan mafkuraviy vositalardan yana biri uzoq davom etadigan mintaqaviy va davlatlararo mojarolarni keltirib chiqarishga urinish bo‘lib, buni ayrim mamlakatlar hududida faoliyat ko‘rsatayotgan ba’zi g‘oyaviy-mafkuraviy markazlar o‘zlariga maqsad qilib olgan. Ular muayyan mamlakat hududidan boshqa mamlakatga qarshi giyoxvand moddalar, ta’qiqlangan adabiyotlar, turli qurol-yarog‘ kabi narsalarni noqonuniy tarzda olib o‘tishga urinmoqda. Ularning ma’lum bir kuchlari Afg‘oniston hududida turib, Markaziy Osiyo davlatlariga – O‘zbekiston va Qirg‘iziston hududiga, bu yerda yashayotgan xalqlar hayotiga qarshi tajovuzkorona harakatlar qilishga, begunoh insonlar qonini tukishga intilmoqda. Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, «bunday o‘taketgan xunrezlik, muttahamlikni o‘ziga kasb qilib olgan bizning umumiy dushmanlarimizga muqaddas zaminimizda aslo o‘rin bo‘lmasligi kerak». Bu tahdidlar, eng avvalo, oddiy insonlar qalbi va ongini zabt etishga, ularni o‘z milliy qadriyatlaridan, umumbashariy sivilizatsiya yutuqlaridan mahrum etishga, pirovard natijada yurtimizni qaram qilib olishga qaratilgan tajovuzkorlikning mafkuraviy shaklda namoyon bo‘lishidir. Xalqimizni turli g‘oyaviy tahdidlardan asrash, jamiyatimiz a’zolarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish uchun, avvalo, ularni milliy g‘oya, istiqlol mafkurasi bilan qurollantirish zarur edi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng mamlakatimizda eski mafkura asoratlariga, quruq safsatabozlikka, xalqimiz manfaatlariga zid bo‘lgan sobiq siyosiy va mafkuraviy tuzilmalarga barham berildi. Ijtimoiy adolat, xavfsizlik, ijtimoiy muxofaza, millati, dini va e’tiqodidan qat’i nazar, fuqarolarning huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini, qonunning ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan zarur chora-tadbirlar ko‘rildi. Jamiyatdagi sog‘lom ijtimoiy-siyosiy muhitni buzadigan, odamlar fikrini chalg‘itadigan noxush holatlarga barham berildi. Mamlakat va xalq manfaatlari yo‘lida birlashish, hamjihat bo‘lish, barcha imkoniyatlardan ehtiroslarga berilmay, aql-idrok bilan foydalanish yo‘li tutildi. Lekin mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab jamiyatimizda ma’naviy poklanish zarurati sezildi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov shunday sharoitda birinchi bo‘lib jamiyatda ma’naviy poklanish uchun eski aqidalardan xalos bo‘lish lozimligini ko‘rsatib berdi, keyinchalik esa milliy istiqlol mafkurasini yaratish zaruratini asosladi va jamiyatimiz e’tiborini unga qaratdi. Sho‘rolar mafkurasi kishilar ongiga ijtimoiy tenglik, bugungi ta’bir bilan aytganda, boqimandachilik tushunchasini singdirib ketgan edi. Bunday kayfiyat odamning tashabbusiga yo‘l bermas edi. Chunki inson o‘z mehnat mahsulidan manfaatdor bo‘lmasa, unda xalol ishlash, mas’uliyat tuyg‘usi yuqoladi. Bunday illatdan esa milliy istiqlol mafkurasi vositasida xalos bo‘lish mumkin. O‘zbekistonda ozod va obod Vatan, erkin va farovon barpo etish g‘oyasi asosida milliy istiqlol mafkurasi ishlab chiqildi. Milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari Islom Karimov asarlarida o‘z aksini topdi, nazariy jihatdan isbotlandi. Milliy g‘oya, istiqlol mafkurasi ijtimoiy taraqqiyot rivojiga qarab takomillashib, yangilanib boradi. Davr talabi bilan o‘rtaga tashlangan muayyan qoidalar o‘z vazifasini o‘tab bo‘lib, o‘rnini yanada dolzarbroq boshqa xususiyatlarga bo‘shatib beradi. Milliy istiqlol g‘oyasi ayni ana shunday doimiy yangilanish maxsuli, ong va tafakkur hosilasi hisoblanadi. Milliy istiqlol g‘oyasi O‘zbekistonning mustaqilligini mustahkamlash va uni buyuk davlatga aylantirish haqidagi siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, falsafiy, ilmiy, ekologik, diniy, demografik tarixiy qarashlar yig‘indisi bo‘lib, O‘zbekiston xalqini istikbolga yuksak ishonch, iymon-e’tiqod ruhida tarbiyalovchi g‘oyat kudratli ma’naviy qurol, g‘oyaviy omil hisoblanadi. Ana shu sababdan ham mamlakatimiz hududini yosh mafkuralar poligoniga aylanishiga yo‘l qo‘ymay, O‘zbekiston xalqining ongi, dunyoqarashi, hayotga ijtimoiy munosabati, xatti-harakatlarida mafkuraviy immunitetni shakllantirib, milliy istiqlol mafkurasini yurtdoshlarimiz qalbi va ongiga singdirish, bugungi kundagi muhim vazifadir. «Buning yo‘li – odamlarimiz, avvalambor, yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash. Ularning tafakkurida o‘zligini unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va xurmat qilish fazilatini qaror toptirish. Ularning, men o‘zbek farzandiman, deb g‘urur va iftixor bilan yashashiga erishishdir» . Mafkuraviy kurashlar kuchaygan bugungi kunda yoshlar qalbida ona-Vatanimizga, boy tariximizga, milliy qadriyatlarimizga, millatning o‘lmas ruhi bo‘lgan ona tilimizga, ota-bobolarimizdan meros muqaddas dinga sog‘lom munosabatni qaror toptirishimiz, ularning mafkuraviy immunitetini shakllantirishimiz maqsadga muvofiqdir. Zero, yurtboshimiz aytganlaridek, biror bir kasallikni davolashdan oldin inson organizmida avvalo unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham yoshlarimiz qalbi va ongida zararli g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantira olsak, turli xil «da’vatchi»larning aldovlariga uchmaydigan, o‘z yurti, Vatani va xalqi uchun fidoyi insonlarni tarbiyalay olamiz. Xullas, milliy istiqlol g‘oyasini mehnatkashlar ongiga singdirish orqali ularda mafkuraviy immunitet xosil qilish zamon amri, davr talabi. Bu bir zumda, birpasda amalga oshiriladigan jarayon emas. Bunda har bir kishining faolligi, omilkorligi talab etiladi. Uning amalga oshirilishi esa O‘zbekistonimizning salohiyatini yanada oshiradi, kelajagi buyuk davlat barpo etilishini ta’minlaydi, odamlarimizning e’tiqodini mustahkamlaydi.

DO`STLARGA ULASHING:

Mafkuraviy tajovvuz.
Aytilganlardan kelib chiqib, bugungi kunda mamlakatimizga qarshi qaratilgan mafkuraviy tahdidlarni alohida ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Ular quyidagilardan iborat:
1) islom xalifaligini tiklab, uning bayrog‘i ostida musulmon xalqlarni yangi imperiyaga birlashtirishga qaratilgan intilishlar;
2) yosh mustaqil davlatlarni qaytadan sobiq Ittifoqqa birlashtirish g‘oyasi;
3) tariximizni, milliy qadriyatlarimiz va dinning mohiyatini soxtalashtirishga urinishlar;
4) axloqsizlikni yoyib, xalqni ma’naviy jihatdan buzishga qaratilgan intilishlar;
5) turli mafkuraviy vositalar orqali mintaqaviy va davlatlararo mojarolar keltirib chiqarishga qaratilgan harakatlar.
1. Islom xalifaligini tiklashga urinishlar xavfli ko‘rinish olmoqda. Masalan, xizbut-taxrirga tegishli qaysi bir adabiyotni olib qaramaylik, unda xalifalikni tiklashga da’vat qilinadi. «Akromiylik» esa dastlab Andijon viloyatida, so‘ngra Farg‘ona vodiysida, keyinroq mamlakatimizning butun hududida, keyinchalik barcha musulmon mamlakatlarida xalifalikni tiklash g‘oyasini olg‘a suradi. Islom tarixidan ma’lumki, xalifalikka Muhammad payg‘ambar vafotidan keyin choriyorlar Abu Bakr as-Siddiq (632–634), Umar ibn Xattob (634–644), Usmon ibn Affon (644–656), Ali ibn Abu Tolib (656–661) birin-ketin rahbarlik qilgan. Bu davrda xalifa dinning ham, davlatning ham boshlig‘i, rahnamosi hisoblangan. Keyinchalik podsholik bo‘lib, rahbarlik 661–749 yillarda makkalik zodagonlardan Muoviya bin Abu Sufyon sulolasi qo‘liga o‘tgan va ummaviylar sulolasi nomini olgan. 749 yili toju taxt Muhammad payo‘ambarning amakilari avlodlaridan bo‘lgan Abdul Abbos as-Safok sulolasi qo‘liga o‘tgan. Ularning davlati abbosiylar nomi bilan mashxur bo‘lib, 1238 yilgacha, mug‘ullar zabt etguncha davom etgan. Ayni paytda XII–XIII asrlarda Misr va Marokashda fotimiylar sulolasi ham o‘z davlatini joriy qilgan. XVI asrdan e’tiboran usmonli turklar ham xalifalik e’lon qilganlar va u 1924 yilning uchinchi martigacha hukm surgan. Turkiya respublika deb e’lon qilinishi bilan xalifalik hokimiyatiga chek qo‘yilgan va so‘nggi xalifa Abdumajid 1924 yil 4 martining tong otarida Istambuldan Shveysariyaga chiqarib yuborilgan. XX asrda islom dunyosi va boshqa mamlakatlar ham o‘zlari tanlagan taraqqiyot yo‘lidan rivojlanib kelmoqda. o‘tgan yillar tarixiy tajribasi xalifaliksiz ham erkin rivojlanish mumkin ekanini ko‘rsatdi. Xalifalik tarix saxifalarida qolib ketdi.
2. Bugungi kunda sobiq Ittifoq respublikalarining ayrimlarida eski tuzumni qaytadan tiklashni xohlovchilar, buni o‘zlari uchun g‘oyaviy maqsad qilib olgan kuchlar ham mavjud. Sobiq Sho‘ro tuzumi 1991 yilgi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlardan so‘ng barham topdi. Holbuki, o‘tmishga kaytish, tarixni teskari aylantirish mumkin bo‘lmaganidek, o‘z yo‘lini topib olgan, mustaqil davlatlar, Ayniqsa, O‘zbekiston va o‘zbek xalqi yana eski holatga kaytishga aslo rozi bo‘lmaydi. Islom Karimov «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida sobiq tuzum to‘g‘risida to‘xtalib, shunday degan edi: «Bugun o‘sha davr to‘g‘risidagi haqiqatni xolisona aytadigan bo‘lsak, u zamondagi hayotimizni jahon tarixi va amaliyoti bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, shuni ochiq aytish kerakki, u paytda O‘zbekiston bir yoklama iqtisodiyotga – markazga butunlay qaram, izdanchiq qan iqtisodiyotga ega bo‘lgan yarim mustamlaka mamlakatga aylangan edi» . Endilikda O‘zbekiston bu borada o‘ziga xos va mos taraqqiyot yo‘lini tanlab olgan, u hech qachon o‘zi tanlagan mustaqillik yo‘lidan kaytmaydi.
3. O‘zbekiston xalqi, o‘zbek xalqi juda katta ma’naviy merosga ega. Lekin sobiq mafkura ta’sirida uzoq yillar tariximiz bir tomonlama yoritib kelindi. Lekin hali bu sohada ko‘plab muammolar ham mavjud. «Tarixdan ma’lumki, bir xalqni o‘ziga tobe qilishni istagan kuchlar, avvalo, uni o‘zligidan, tarixidan, madaniyatidan judo qilishga intiladi… zararli ta’sirlar davom etaversa, millat o‘zligini yo‘qotishi, ming yillik an’analarini boy berib, olomonga aylanib qolishi ham hech gap emas» . Ana shuni yaxshi biladigan kuch va turli poligonlar bizni tariximizdan judo qilish, uni zo‘r berib sox-talashtirishga intiladilar. Bu borada turli yo‘llardan foydalanishga, Ayniqsa yoshlarimizni yo‘ldan ozdirishga harakat qiladilar.
4. Mamlakatimiz xalqining qalbi va ongiga yot mafkurani singdirish uchun dushmanlarimiz bir qarashda beozor, guyo siyosatdan xoli tuyuladigan mafkuraviy vositalarga katta e’tibor bermoqda. Jumladan, keyingi yillarda ko‘plab namoyish etilayotgan yengil-yelpi yoki jangarilik filmlari bunga misol bo‘ladi. Ma’lumki, bu filmlarni ko‘pchilik, Ayniqsa yoshlar maroq bilan tomosha qiladi. Sir emas, anchagina odamlar tabiatida, xulq-atvorida mana shunday to‘polonlarga moyillik bo‘ladi. Prezidentimiz shuni hisobga olgan holda ta’kidlagani kabi: «Shuning uchun ongi shakllanib ulgurmagan aksariyat yosh tomoshabinlar bunday filmlardan ko‘pincha turli yovuzlik, yirtqichlik, shafqatsizliklarni o‘rganadi, xolos. Natijada ularning diydasi qotadi, qalbidan toshbag‘irlik, zo‘ravonlik, axloqsizlik kabi illatlar joy olganini o‘zi ham sezmay qoladi. Hatto shunday tomosha va filmlarning qaxramonlariga ko‘r-ko‘rona taqlid qilishni istaydigan yigit-qizlar ham topiladi. Chunki, ular bunday uydirma talqinlar ta’sirida qo‘l urayotgan ishi qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishini tushunib yetmaydi. Afsuski, bizning televideniyemizda ham shunday filmlarni namoyish etishga ortikcha ruju qo‘yilmoqda» .
5. Mamlakatimizga tahdid solayotgan mafkuraviy vositalardan yana biri uzoq davom etadigan mintaqaviy va davlatlararo mojarolarni keltirib chiqarishga urinish bo‘lib, buni ayrim mamlakatlar hududida faoliyat ko‘rsatayotgan ba’zi g‘oyaviy-mafkuraviy markazlar o‘zlariga maqsad qilib olgan. Ular muayyan mamlakat hududidan boshqa mamlakatga qarshi giyoxvand moddalar, ta’qiqlangan adabiyotlar, turli qurol-yarog‘ kabi narsalarni noqonuniy tarzda olib o‘tishga urinmoqda. Ularning ma’lum bir kuchlari Afg‘oniston hududida turib, Markaziy Osiyo davlatlariga – O‘zbekiston va Qirg‘iziston hududiga, bu yerda yashayotgan xalqlar hayotiga qarshi tajovuzkorona harakatlar qilishga, begunoh insonlar qonini tukishga intilmoqda. Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, «bunday o‘taketgan xunrezlik, muttahamlikni o‘ziga kasb qilib olgan bizning umumiy dushmanlarimizga muqaddas zaminimizda aslo o‘rin bo‘lmasligi kerak».
Bu tahdidlar, eng avvalo, oddiy insonlar qalbi va ongini zabt etishga, ularni o‘z milliy qadriyatlaridan, umumbashariy sivilizatsiya yutuqlaridan mahrum etishga, pirovard natijada yurtimizni qaram qilib olishga qaratilgan tajovuzkorlikning mafkuraviy shaklda namoyon bo‘lishidir.
Xalqimizni turli g‘oyaviy tahdidlardan asrash, jamiyatimiz a’zolarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish uchun, avvalo, ularni milliy g‘oya, istiqlol mafkurasi bilan qurollantirish zarur edi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng mamlakatimizda eski mafkura asoratlariga, quruq safsatabozlikka, xalqimiz manfaatlariga zid bo‘lgan sobiq siyosiy va mafkuraviy tuzilmalarga barham berildi. Ijtimoiy adolat, xavfsizlik, ijtimoiy muxofaza, millati, dini va e’tiqodidan qat’i nazar, fuqarolarning huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini, qonunning ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan zarur chora-tadbirlar ko‘rildi. Jamiyatdagi sog‘lom ijtimoiy-siyosiy muhitni buzadigan, odamlar fikrini chalg‘itadigan noxush holatlarga barham berildi. Mamlakat va xalq manfaatlari yo‘lida birlashish, hamjihat bo‘lish, barcha imkoniyatlardan ehtiroslarga berilmay, aql-idrok bilan foydalanish yo‘li tutildi.
Lekin mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab jamiyatimizda ma’naviy poklanish zarurati sezildi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov shunday sharoitda birinchi bo‘lib jamiyatda ma’naviy poklanish uchun eski aqidalardan xalos bo‘lish lozimligini ko‘rsatib berdi, keyinchalik esa milliy istiqlol mafkurasini yaratish zaruratini asosladi va jamiyatimiz e’tiborini unga qaratdi.
Sho‘rolar mafkurasi kishilar ongiga ijtimoiy tenglik, bugungi ta’bir bilan aytganda, boqimandachilik tushunchasini singdirib ketgan edi. Bunday kayfiyat odamning tashabbusiga yo‘l bermas edi. Chunki inson o‘z mehnat mahsulidan manfaatdor bo‘lmasa, unda xalol ishlash, mas’uliyat tuyg‘usi yuqoladi. Bunday illatdan esa milliy istiqlol mafkurasi vositasida xalos bo‘lish mumkin. O‘zbekistonda ozod va obod Vatan, erkin va farovon barpo etish g‘oyasi asosida milliy istiqlol mafkurasi ishlab chiqildi. Milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari Islom Karimov asarlarida o‘z aksini topdi, nazariy jihatdan isbotlandi.
Milliy g‘oya, istiqlol mafkurasi ijtimoiy taraqqiyot rivojiga qarab takomillashib, yangilanib boradi. Davr talabi bilan o‘rtaga tashlangan muayyan qoidalar o‘z vazifasini o‘tab bo‘lib, o‘rnini yanada dolzarbroq boshqa xususiyatlarga bo‘shatib beradi. Milliy istiqlol g‘oyasi ayni ana shunday doimiy yangilanish maxsuli, ong va tafakkur hosilasi hisoblanadi.
Milliy istiqlol g‘oyasi O‘zbekistonning mustaqilligini mustahkamlash va uni buyuk davlatga aylantirish haqidagi siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, falsafiy, ilmiy, ekologik, diniy, demografik tarixiy qarashlar yig‘indisi bo‘lib, O‘zbekiston xalqini istikbolga yuksak ishonch, iymon-e’tiqod ruhida tarbiyalovchi g‘oyat kudratli ma’naviy qurol, g‘oyaviy omil hisoblanadi. Ana shu sababdan ham mamlakatimiz hududini yosh mafkuralar poligoniga aylanishiga yo‘l qo‘ymay, O‘zbekiston xalqining ongi, dunyoqarashi, hayotga ijtimoiy munosabati, xatti-harakatlarida mafkuraviy immunitetni shakllantirib, milliy istiqlol mafkurasini yurtdoshlarimiz qalbi va ongiga singdirish, bugungi kundagi muhim vazifadir. «Buning yo‘li – odamlarimiz, avvalambor, yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash. Ularning tafakkurida o‘zligini unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va xurmat qilish fazilatini qaror toptirish. Ularning, men o‘zbek farzandiman, deb g‘urur va iftixor bilan yashashiga erishishdir» .
Mafkuraviy kurashlar kuchaygan bugungi kunda yoshlar qalbida ona-Vatanimizga, boy tariximizga, milliy qadriyatlarimizga, millatning o‘lmas ruhi bo‘lgan ona tilimizga, ota-bobolarimizdan meros muqaddas dinga sog‘lom munosabatni qaror toptirishimiz, ularning mafkuraviy immunitetini shakllantirishimiz maqsadga muvofiqdir. Zero, yurtboshimiz aytganlaridek, biror bir kasallikni davolashdan oldin inson organizmida avvalo unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham yoshlarimiz qalbi va ongida zararli g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantira olsak, turli xil «da’vatchi»larning aldovlariga uchmaydigan, o‘z yurti, Vatani va xalqi uchun fidoyi insonlarni tarbiyalay olamiz.
Xullas, milliy istiqlol g‘oyasini mehnatkashlar ongiga singdirish orqali ularda mafkuraviy immunitet xosil qilish zamon amri, davr talabi. Bu bir zumda, birpasda amalga oshiriladigan jarayon emas. Bunda har bir kishining faolligi, omilkorligi talab etiladi. Uning amalga oshirilishi esa O‘zbekistonimizning salohiyatini yanada oshiradi, kelajagi buyuk davlat barpo etilishini ta’minlaydi, odamlarimizning e’tiqodini mustahkamlaydi.

Mafkuraviy tajovuz va mafkuraviy immunitet