‘ Madhiyani kuylaylik ‘ bayram dasturi
‘ Madhiyani kuylaylik ‘ bayram dasturi
DO`STLARGA ULASHING:
‘ Madhiyani kuylaylik ‘ bayram dasturi
Saidova Sharofat DJumanazarovna
Xorazm viloyati ,Urganch shahri
21- son ixtisoslashtirilgan maktab
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
2-sinf 36 nafar o’quvchi
Mavzu : Madhiyam, yangrayver!
Dars ishlnmasi uchun annotasiya
Darsni suhbat ,munozara shaklida dumaloq stol atrofidagi suhbat tarzida olib boramiz.Darsda aqliy hujum,tushuntirish,ko’rsatmali uslublardan foydalanildi.Bunda AKT dan ham foydalnilib mavzu bo’yicha tayyorlangan slaydlar namoyish etiladi.Bunda har bir o’quvchi o’z fikrini erkin bayon eta oldi.Darsda hayotimizning dolzarb mavzulari ,,Yot g’oyalar girdobiga tushib qolishning oqibatlari’’ mavzusida,,Ogohloikka da’vat’’ mavzulari ham ilgari surildi.Dars so’nggida tinchligimizga shukronalik hissini anglatish uchun ,,Shukrona’’ slaydi namoyish etish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
,,Odobnoma’’ darsligi
,,Sinf rahbari’’ oynomasi
Mavzu : Madhiyam, yangrayver! 2-sinf
O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan
Maqsad:
Tarbiyaviy:bolalani Davlat ramzlariga , ona Vatanga bo’lgan muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalanadilar;tinchlikka shukronalik hissini shakllantirish:TK-4 Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish layoqatlarini shakllantirish
Rivojlantiruvchi:O’quvchilarning erkin fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish
Dars turi: mustahkamlovchi, yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars usullari: suhbat-munozara, taqdimot, savol-javob.
Dars jihozi:Klaster,mavzuga mos bukletlar. Tarqatma materiallar, rasmlar, Vatan ramzlari haqidagi slaydlar, DVD – disk.
Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim.
Shavkat Mirziyoyev
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism
(Dars o’quvchilarning she’riy salomi bilan boshlanadi)
O’quvchilar:Assalomu alaykum, aziz ustozim,
Hamisha biz sizga qilamiz ta’zim.
O’qituvchi: Valaykum assalom, bolajonlarim,
Ishonchim, quvonchim, aziz o’quvchilarim.
(O’quvchilar ijrosida davlatimiz madhiyasi kuylanadi).
O’quvchilar davomati, salomatligi, sana aniqlab olinadi. O’quvchilarning o’tilgan mavzu yuzasidan bajarib kelgan topshiriqlarini so’raymiz
2.Asosiy qism.O’qituvchi: — Bolajonlarim, bugungi darsimizni sermazmun o’tkazish uchun qanday tilaklar bildirasiz?
( 3 – 4 nafar o’quvchi tilaklar bildiradi).
Aziz sinfdoshlarim , men barchangizga quvnoq kayfiya t tilayman!
Men esa barchangizni hushyor, intizomli,bo’lishga va o’zgalar fikrini diqat bilan tinglashga chaqiraman.
O’qituvchi: — 2017-yil yurtboshimiz tomonidan qanday yil deb e’lon qilingan
O’quvchi:”Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari ‘’yili
O’qituvchi: Barakalla. Hozir kimning ko’proq sinchkov, kuzatuvchan ekanini sinovdan o’tkazamiz. Qani aytinglarchi, Yurtimizda qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi?Bularning bari kimning tashabbusi bilan amalga oshirildi?
Harakatlar strategiyasi dasturi bo’yicha qilinayotgan ishlar haqida suhbat qilamiz.
Mana bu quyosh nurlarida savollar berilgan ,undagi savollarga to’g’ri javob bersangiz osmonimizdagi quyosh charaqlab ketadi.
O’quvchilar nurlar orqasida berilgan savollarga javob beradilar va nurlarni joyiga yelimlaydilar
1-savol ‘Yo’l belgilari haqida nimalarni bilasiz?
2-savol:Bola huquqlarini Himoya qilish to’g’risidagi Konvensiya qachon qbul qilindi?
3-savol:Ta’lim olish huquqlaringiz qaysi moddalarda ko’rsatilgan?
4.Yo’l belgilarini qanday guruhlari bilan tanishdik?
5.Konstitutsiyamiz qachon qabul qilingan?
6.Davlatimiz bayrog’i qachon qabul qilingan?
7.Madhiyamiz qachon qabul qilingan?
Dunyoda bo’lib turgan voqealarga e’tibor qaratamiz.
Doira stol atrofida ‘’XXI asr fitnasi’’ hujjatli film
to’g’risida munozara olib boramiz.O’quvchilar ko’rganlari
bo’yicha olgan taassurotlarini gapirib beradilar.Rag’bat kartochkasi
sifatida ularga tabassum (smayliklar) bilan rag’batlantirib boramiz.
3.Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzuni e’lon qilib doskaga yozamiz.Madhiya nima ?
Madhiya bu madh aylash, ulug’lash,kabi ma’noni anglatadi.
O’zbekiston Respublikasinig Davlat madhiyasi 1992 – YIL 10-dekabr kuni Oliy kengashning XI sessiyasida qabul qilingan.Madhiyamiz muallifi A,dulla Oripov,bastakor Mutal Burxonov.
O’quvchilar bilan munozara.Madhiyamizda nimalar haqida kuylangan?
O’quvchilar o’z fikrlarini bildiradilar.O’quvchilar fikrlarini umumlashtiramiz..
O’qituvchi: — Mening judayam aqlli, zukko bolalarim,Yurtimizdagi yangilanishlarga befarq emasligingizni namoyish etdingiz.Rahmat sizlarga Vatanimizni qanchalik sevishingizni isbotladingiz. Keling ,Vatanimiz haqidagi videorolikni tomosha qilamiz( “O’zbekiston – Vatanim” qo’shig’i ijro etiladi).
O’qituvchi:Vatanni sev, tuprog’ini o’p,
Har qarichi muqaddas bizga.
Cho’lidagi hatto quruq cho’p,
Jondan aziz yuragimizga.
Aziz bolajonlarim, O’zbekiston qanday davlat?
O’quvchi: — Mustaqil davlat.
O’qituvchi: Mustaqilligimiz qachon e’lon qilingan?
O’quvchi: — O’zbekiston mustaqilligi 1991-yil 31- avgustda e’lon qilingan.
O’qituvchi: — Qani aytingchi, 26 yil ichida davlatimiz nimalarga erishdi? (Slaydlar asosidaDavlat ramzlari, mustaqilik odimlari, sport yo’nalishida erishilgan yutuqlar haqida o’quvchilar bir-birlari bilan savol – javob qilishadi).
4.Mustahkamlash 1-Prezidentimiz “Bizdan kelajak avlod uchun ozod va obod Vatan qolsin”, degan fikrlarini sizga ishonch bilan, a’lo o’qishlaringizga oq yo’l tilab bildirganlar.
O’qituvchi: — Bolajonlarim, bugungi darsimiz sizga yoqdimi? Darsda yana nimalarni bilishni hohlardingiz?Unday bo’lsa dars haqidagi va video rolik haqidagi fikrlaringizni ‘’TINCHLIK’’ kemamiz yelkanlariga yozib yelimlaymiz.
5.Dars yakuni. O’qituvchi: — Aziz bolajonlarim, bugungi darsimizning sermazmun, qiziqarli o’tishida yordam berganingiz uchun barchangizga rahmat aytaman. ( Dars yakunida faol qatnashgan o’quvchilar reyting asosida baholanadi va rag’batlantiriladi.) 6.Uyga vazifa. Davlat ramzlari haqida ijodiy ish tayyorlab
‘ Madhiyani kuylaylik ‘ bayram dasturi