Madaniyatning vorisiyligi haqida
Men qadimgi donishmandlarning o‘z asarlarida bizga qoldirib ketgan aql durdonalarini ko‘zdan kechiraman; agarki biz ularda nimadir yaxshi bir narsaga duch kelsak, uni o‘zlashtirib olamiz va juda katta foyda orttirgan hisoblanamiz. Olg‘a intilgan har bir kishi o‘tmish va o‘z davri boyliklaridan foydalanishi turgan gap. Mukammal zakovat, agar ta’bir joiz bo‘lsa, avvalgi barcha asrlardagi aqlni o‘zida mujassam etadi. Xalq — bamisoli oltin qidiruvchi, dur qidiruvchidek gap: u faqat eng nodir, eng buyuk narsalarnigina ajratib, avaylab, bag‘rida asrab, necha o‘n yillar davomida sayqallab keladi. Qadimgi donishmandlik shu qadar ko‘p durdonalarni meros qoldirganki, ularni bir-biriga qarab chiqish natijasida butun bir yiqib bo‘lmas devor vujudga kelgan. Insonning eng yaxshi va go‘zal fikrlarini jamlash beqiyos xazina yaratish bo‘lur edi. Turli-tuman tarbiyaviy hikoyatlar va hikmatli so‘zlarni to‘plash tengsiz davlatdir. Maqolga aylanib ketgan yoki alifbe va kitoblarni bezab turuvchi ko‘pgina haqiqatlar agar biz uchun jonsizdek va siyqa gapdek tuyulmaganda edi biz nihoyatda aqlli va juda baxtli odamlar bo‘lardik. Donolar bisotini o‘rganish bizni yuksaklikka ko‘tarib, qudratli va olijanob insonga aylantiradi. ziyouz.uzMadaniyatning vorisiyligi haqida
DO`STLARGA ULASHING:
SUQROT
A. DISTERVEG
B. FONTENEL
M. I. KALININ
M. Ye. SALTIKOV-ShChEDRIN
J. DELIL
I. GYoTE
D. I. PISAREV
Ya. KOMENSKIY
Madaniyatning vorisiyligi haqida