Ma’dan va yerosti boyliklarining zakoti
Ma’dan va yerosti boyliklarining zakoti
DO`STLARGA ULASHING:
Yerosti boyliklari. kofirlar ko‘mgan xazinalar shar’an ma’dandir.
Ma’danlar uch turga bo‘linadi:
I. Olovda eriydigan ma’danlar.
II. Suyuq ma’danlar.
III. Bu ikki turga kirmaydigan ma’danlar.
1. Olovda eritib quyiladigan oltin, kumush, temirga o‘xshash ma’danlarning beshdan bprini zakotga ajratish lozim. Bu hukm «Bilingki, o‘lja qilib qo‘lga kiritgan boyliklaringiz…» mazmunli oyati karimada bayon qilingan. Zakot yetimlarga, kambag‘allarga va yo‘lda qolib ketgan musofirlarga beriladi.
2. Yer ostidan chiqarilgan moddalarning beshdan biri berilgach, qolgan 4/5 qismi agar ushbu ma’danlar egasiz, sahroga o‘xshash joylardan topilgan bo‘lsa, topgan kishiniki bo‘ladi.
3. Agar xazinada islomiyatdan avvalgi davrga oidligini ko‘rsatuvchi biror belgi bo‘lsa, xazinaning beshdan birini berish lozim.
4. Agar topib olingan xazina islomiyat davriga oid tanga pullar bo‘lsa, topib olingan mol hukman luqota kabidir (ya’ni egasi chiqsa, unga qaytariladi).
5. Agar xazinadagi pullar qaysi davrga oid ekanligi noma’lum bo‘lsa, (bu pullar) Islomdan avvalgi davrga oid deb hisob qilinadi.
6. Ma’dan bir kishining mulki bo‘lgan joydan topib olinsa, 1/5 qismi davlatga, qolgani esa yer egasiga beriladi.
7. Qora mum va neftga o‘xshash suyuq ma’danlar uchun zakot berilmaydi. Faqat bundan daromad olayotgan kishi zakot beradi.
8. Olovda erimaydigan hamda suyuq bo‘lmagan ohak toshi va (olmos, marvarid kabi) javhar ma’danlarining hukmi qora mum va neft kabidir, ulardan zakot berilmaydi.
9. Dengizdan chiqarilgan anbar, marvarid va boshqa shunga o‘xshash narsalar uchun zakot berilmaydi. Faqat tijorat maqsadida chiqarilsa, boshqa tijorat mollaridap aj-ratilgan tarzda zakoti beriladi.islom.ziyouz.com/zakot
Ma’dan va yerosti boyliklarining zakoti