MAʼNAVIY ZARAR

MAʼNAVIY ZARAR

MAʼNAVIY ZARAR — fuqaroning shaʼni, qadrqimmatiga dogʻ tushirilishi yoki ishbilarmonlik obroʻsiga putur yetkazilishi. Maʼnaviy zarar boʻyicha javobgarlik shartnomaga asoslanmagan, yaʼni huquqbuzarlik bilan bogʻliq boʻlgan javobgarlikdan iborat. Huquqbuzarlik sodir etish natijasida jismoniy ogʻriq, azob-uqubat, ruhiy qiynoq va iztiroblar shaxsga nisbatan yetkazilgan Maʼnaviy zarar hisoblanadi. Maʼnaviy zarar shuningdek, yuridik shaxsga ham yetkazilishi mumkin (mas, ishchanlik obroʻsini yerga uruvchi maʼlumotlarni tarqatish orqali).

Ensiklopediya.uz
MAʼNAVIY ZARAR