LYUTEIN HUJAYRALAR
LYUTEIN HUJAYRALAR (lot. Luteus — sariq) — sariq tananing tashqi qavatini hosil qiladigan epitelial bez hujayralari. Odatda, ovulyatsiyadan keyin Graaf pufakchasi hujayralaridan paydo boʻladi. Lyutein hujayralar protoplazmasida lipid tabiatli pigment — lyutein bor. L. h. sariqtana gormoni — progesteron ishlab chiqaradi.
Ensiklopediya.uz
LYUTEIN HUJAYRALAR