LYUBANSKIY Matvey Robertovich
LYUBANSKIY Matvey Robertovich (1911.19.4, Minsk — 1978.3.8, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1956). 1947—58 y. larda Samarqand rus drama teatri, 1958-y. dan Toshkentdagi Oʻzbekiston akademik rus drama teatrida aktyor. Ifodali nutq, sahnaviy joʻshqinlik, qaxramon ichki dunyosini chuqur his qilish, qaytarilmas toʻlaqonli obrazlar yaratish Lyubanskiy ijodiga xos. Eng yaxshi rollari: Petruchchio, Otello («Qaysar qizning quyulishi», «Otello»), Sirano de Berjerak («Sirano de Berjerak»), Jeyms Teylor («Qonli sarob»), Suvonqul («Momo yer»), Ulugʻbek («Mirzo Ulugʻbek»), Oʻrinboy («Kelinlar qoʻzgʻoloni»).
Ensiklopediya.uz
LYUBANSKIY Matvey Robertovich