LVOV

LVOV

LVOV — Ukrainadagi shahar, Lvov viloyati markazi. Bug va Dnestr daryolarining suvayirgʻich qismida joylashgan. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroport bor. Aholisi 797 ming kishi (1997). L. Ukrainaning yirik sanoat markazi. Murakkab mashinasozlik yetakchi oʻrinda; uning tarkibida avtomobil va yukortgich-transport mashina-sozligi (avtobus, avtomashinasozlik, avtoyuklagich, konveyer qurilish z-dlari), radiotexnika (televizor z-di), q. x. mashinasozligi («Lvovselmash»), gaz priborlari korxonalari, «Lvovpri-bor, biofizika asboblari, asbobsozlik», frezer dastgoxlari, olmos asboblari ishlab chiqarish z-dlari bor. Yengil (poyabzal, trikotaj, tikuvchilik mahsulotlari), oziq-ovqat (sut, yogʻ-moy, goʻsht k-tlari, pivo va vino z-dlari, konditer f-kalari va b.) sanoatlari korxonalari mavjud. Oyna, keramika z-dlari, temir-beton buyumlari i. ch. korxonalari, neftni qayta ishlash, kimyo-farmatsevti-ka, lok-boʻyoq z-dlari, qurilish materiallari va poligrafiya sanoati korxonalari ishlamoqda, mebel, karton, musika asboblari va b. ishlab 10 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, un-t, konservatoriya, politexnika, tibbiyot, poligrafiya, q. x. in-tlari), Ukraina FA ning Gʻarbiy ilmiy markazi, 4 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri), telemarkaz, filarmoniya, sirk, 12 muzey (shu jumladan) Ukraina sanʼati, xalq meʼmorli-gi va turmushi, etnografiya va badiiy hunarmandchilik muzeylari, kartinalar galereyasi, I. Franko nomidagi adabiy memorial muzeyi va b.) mavjud.

Ensiklopediya.uz
LVOV