Luqmon Boʻrixon (1965)
Luqmon Boʻrixon (1965)
DO`STLARGA ULASHING:
Luqmon Boʻrixon 1965 yilning 15 iyulida Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor tumanining Yangiobod qishlogʻida tugʻildi. 23-oʻrta maktabni bitirgach, 1983–1985 yillarda harbiy xizmatni oʻtadi. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida (1986–1991) tahsil oldi. Shundan soʻng “Turkiston”, “Maʼrifat” gazetalarida adabiy xodim, boʻlim mudiri, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri oʻrinbosari vazifalarida xizmat qildi.
Badiiy-publitsistik maqolalari uchun xalqaro “Oltin qalam” (2009) tanlovi gʻolibi boʻlgan Luqmon Boʻrixonning adabiyot sohasidagi xizmatlari munosib baholangan: 2007 yilda “Shuhrat” medali va 2012 yilda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan taqdirlangan.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.
Luqmon Boʻrixon (1965)