LUKASHENKO Aleksandr Grigoryevich

LUKASHENKO Aleksandr Grigoryevich

LUKASHENKO Aleksandr Grigoryevich (1954.30.8, Vitebsk viloyatining Kopis sh. chasi) — Belorussiya davlat arbobi. Mogilyov ped. inti (1975) va Belorussiya q. x. akademiyasi (1985)ni tugatgan. 1977—78 y. larda tuman ijroiya qoʻmitasida ishlagan. 1982y. dan agrosanoat majmuida turli lavozimlarda. 1990-y. dan Belorussiya Respublikasi Oliy Kengashi aʼzosi; 1993—94 y. larda Oliy Kengashning korrupsiyaga qarshi kurash komissiyasi raisi. 1994-y. iyuldan Belorussiya Respublikasi prezidenti. 1994-y. 21—23 dek. da rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
LUKASHENKO Aleksandr Grigoryevich