LUBOK

LUBOK

LUBOK (rus) , xalq rasmlari — gravyura usulida bajarilib qoʻlda boʻyab chiqilgan va tushuntirish matni bilan toʻldirilgan rasmlar; L. tushunarli obrazi, sodda usuli, loʻnda tasviriy vositalari (dagʻalroq shtrixi va yorqin boʻyoklari), bezakdorlik anʼanalariga asoslangan hikoyanavislik xususiyati b-n ajralib turadi (L. turkumlari, Lubok kitob-kartinalari va b.). L. xalq ijodi hisoblanadi, ayrim folklor usullarida tayyorlangan professional grafika asarlari ham L . ga kiritiladi. Qad. L. Xitoyda paydo boʻlgan va qoʻlda yaratilgan. 8-a. dan yogʻoch gravyura (ksiyaografiya) lar tarqalgan, Yevropada 15-a. dan maʼlum boʻlgan. 17-a. dan mis gravyura, 19-a. dan litografiya usulidagi Lubok keng tarqalgan. Ijtimoiy-inqilobiy davrlarda Lubokdan publitsistik kurol sifatida foydalanilgan. Sharq (xitoy, hind) L. lari yorqin va rangdorligi bilan ajralib turadi. F. Goyya, O. Domye, G. Kurbe, A. Venetsianov, I. Ivanov kabi professional sanʼatkorlar Lubokning ayrim usul va mavzularidan ilhomlangan. Lubok anʼanalari 20-a. 20 — 40-y. lari Oʻzbekistonda yaratilgan ayrim kitob va plakatlarda uchraydi.

Ensiklopediya.uz
LUBOK