Loyiha strukturasi
ASP.NET Core .NET ning dinamik veb saytlarni qurishda mo’ljallangan frameworki hisoblansa, ASP.NET Core MVC esa mana shu dinamik veb saytlarning arxitekturasi hisoblanadi. Ushbu MVC arxitekturasi veb saytni asosiy uch qismga ajratgan holda qurish imkonini beradi:
Loyiha yaratish uchun dastlab D: diskda dotnetuz nomli papka yaratamiz so’ng va bu papkani vs code dasturi orqali kiramiz. MVC turidagi loyiha yaratish uchun terminalga kirib ( ctrl + ` ) ushbu kommandalarni kiritamiz:
dotnet new mvc
Natijada ushbu loyiha shabloni dotnet tomonidan yaratilib beriladi.
dotnet new mvc — da loyiha joylashgan papka nomi bilan ataladi;
dotnet new mvc -o
Loyihamiz quyidagi papkalardan tashkil topadi:
-
/Models papkasi- C# sinflaridan iborat bo’lgan modellarni o’zida saqlaydi.
-
/Properties papkasi- MVC loyihaning asosiy xususiyatlari va IIS,Kestrel sozlamalaridan iborat bo’ladi.
-
/Views papkasi- Viewlarni o’zida saqlaydi.
-
/wwwroot papkasi- statik fayllarni yani css,js va kutubxonalar jquery,bootstrap…
-
appsettings.json- barcha muhitlar uchun dastlabki sozlarmalar joylashadiga fayl.
-
appsettings.{Muhit_nomi}.json- faqat {Muhit_nomi} da ko’rsatilgan muhit uchun sozlamalar.
-
{loyiha_nomi}.csproj- Loyihaning asosiy sozlamalar fayli.
-
Program.cs- Dastlabki ishga tushuvchi fayl.
-
Startup.cs- MVC loyihaning service larni, middleware larni va asosiy sozlamalarni o’zida jamlovchi Program.cs fayl tomonidan chaqiriluvchi fayli.
/Controllers papkasi- Controller sinfdan voris olgan barcha controllerlarni saqlaydi.
Dasturlash
Loyiha strukturasi