LOYAN

LOYAN

LOYAN — Xitoyning markaziy qismidagi shahar, Loxe daryosi sohilida, Xenan provinsiyasida. Aholisi 1,5 mln. kishidan ziyod. Transport yoʻllarining muxim tuguni. Traktorlar, konchilik jihozlari va sharikli podshipniklar ishlab chiqaruvchi yirik markaz. Qurilish sanoati rivojlangan. Shuningdek, yogʻochsozlik, oziq-ovqat, ip gazlama sanoati korxonalari bor. L. yaqinida toshkoʻmir va temir rudasi qazib olinadi.

Ensiklopediya.uz
LOYAN