LOX-NESS

LOX-NESS

LOX-NESSBuyuk Britaniya shim. dagi koʻl, Shotlandiyada. Glen-Mop tektonik botigʻida joylashgan. Mayd. 56 km2, uz. 39 km, eng chuqur joyi 230 m. Qirgʻoqlari tik, qoyali. Muzlamaydi. Atlantika okeanining Mori-Fert qoʻltigʻiga oqadi. L.-N. — Kaledon kanalining bir qismi. L.-N. da «Nessi» deb nomlanuvchi nomaʼlum ulkan mahluq yashaydi degan taxminlar bir necha yillardan buyon tasdiqlanmadi.

Ensiklopediya.uz
LOX-NESS