LOTIN TILI

LOTIN TILI

LOTIN TILIhind-yevropa tillari oilasining italiy tillari guruhiga mansub; Italiyaning oʻrta qismidagi Latsiy viloyatida mil. av. 8-a. da yashagan lotin kabilasining tili. Lotin tilining asta-sekin Rim hududidan tashqariga tarqalishi va qad. Italiyaning boshqa tillarini siqib chiqarishi mil. av. 4—3-a. larga toʻgʻri keladi. Apennin ya. o. ning lotinlashuvi (yunon tili hukmron boʻlgan Jan. Italiya va Sitsiliya bundan mustasno) mil. av. 1-a. da yakunlanadi. Rim imperiyasining gullab-yashnashi, yangi-yangi mustamlakalarning bosib olinishi natijasida Lotin tili Shim. Afrika, Ispaniya, Galliya, Germaniya, Dunayboʻyi hududlariga tarqaladi. Lotin tili dagi eng qad. yodgorliklar mil. av. 3-a. ga mansub.

Ensiklopediya.uz
LOTIN TILI