LOTARINGIYA
LOTARINGIYA (Lorraine) — Sharqiy Fransiyadagi tarixiy viloyat. Mozel daryosi havzasida joylashgan. Lotaringiya hududida Myort va Mozel, Myoz, Mozel, Vogez departamentlari joylashgan. 23,5 ming km2. Axoliyey 3,3 mln. kishi (1990y. lar oʻrtalari). Bosh shaharlari — Nansi va Mes. 9-a. da Lotaringiya — qirollik (Reyn daryosining quyi va oʻrta havzalari), 10a. — 1766-y. da (tanaffus b-n) — gersoglik. 1766-y. dan Lotaringiyaning hamma hududi Fransiya tarkibiga kirgan, (1790-y. gacha viloyat maqomida). 1871-y. Sharqiy Lotaringiya Germaniya tomonidan zoʻrlik bilan egallab olingan. 1919 i. Fransiyaga qaytarib berilgan. 1940-y. Germaniya yana bosib olgan, 1944-y. ozod etilgan.
Ensiklopediya.uz
LOTARINGIYA