LORENTS

LORENTS

LORENTS (Lorentz), LorensXendrik Anton (1853.18.7, Arnem — 1928.4.2, Xarlem) — golland nazariyotchi fizigi. Leyden un-tini tugatgan (1872), shu un-t prof. (1878 – 1923), Xarlemdagi Teylor inti direktori (1923-y. dan). Ilmiy ishlari nazariy fizikaga oid. J. K. Maksvellttt elektromagnit nazariyasiga asoslanib, elektron nazariyani yaratgan, koʻpgina elektr va optik hodisalarni, xususan, Zeyeman effektini tushuntirib bergan; yorugʻlik dispersiyasini, yorugʻlikning sinish koʻrsatkichi va qutublanuvchanligi orasidagi bogʻlanishni aniqlagan; elektromagnit maydonda harakatlanayotgan zaryadli zarraga taʼsir etuvchi kuch (Lorents kuchi) ifodasini keltirib chiqargan; L. — harakatdagi muhitlar elektrodinamikasi asoschisi. Nisbiylik nazariyasi asosida yotgan va uning nomi bilan ataladigan ko-ordinatalarni almashtirish (q. Lorents almashtirishlari) ni ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1902; P. Zeyeman bilan hamkorlikda).

Ensiklopediya.uz
LORENTS