LOME
LOME — Togo poytaxti, mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Gvineya qoʻltigʻi sohilidagi port. Iklimi ekvatorial iqlim, eng issiq oylar (mart—apr.) ning oʻrtacha t-rasi 31°, eng salqin oy (iyul — avg.) niki 23°. Yiliga urtacha 755 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 500 ming kishidan ziyod (1990-y. lar urtalari).
Ensiklopediya.uz
LOME