Lola haqida to’liq ma’lumot oling
Lola bog‘chaga chiqib
Kechga qadar gul terdi.
Etak-etak to‘pladi,
Har kungidan mo‘l terdi
Sochiga gul bog‘ladi,
Chakkasiga taqdi gul.
Yelkalaridan tashlab
Gulga ko‘mildi butkul.
So‘ngra uyga keldi-yu,
Birpas yotib dam oldi.
Kiprigi yumildi-yu,
Gul kabi uxlab qoldi.
Hamid Olimjon (1909-1944)
Malumotlar
Lola