Lola guli haqida sher eng sara sherlar to‘plami to’liq malumot oling
Lola guli haqida sherlar to‘plami. Ushbu sahifa orqali lola gulga atalgan eng sara va manoli sherlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Lola va qizbola
Cho‘qqiga tirmashdi, lekin bo‘lmadi,
Lolani olmasdan, ko‘ngli to‘lmadi.
Olishga ojizlik qilsa. u netsin,
Loladan voz kechib, qayga xam ketsin.
Bir maxal «alpinist» yigitcha kelib,
Va qizning ko‘nglida, ne maqsad bilib.
Bir zumda chiqdi u, qoya uchiga,
Qiz xayron qolgandi, uning kuchiga.
Yigitcha avaylab, lolani uzdi,
So‘ng pastga tushdida, qizga tutqazdi.
Lola bir baxona, birlashdi ko‘ngil,
Bu sherim, sevgidan — faqat bir shingil.
Meni tanidingmi lola qizg‘aldoq
Ko‘ngil daftarimga bir davo istab,
Yoningga shoshaman notavon bo‘zlab.
Dardu alamingdan mayli ber so‘zlab,
Ayt menga nedandir bag‘ringdagi dog‘,
Sovuq qish ketidan ko‘klam kelur boq,
Lola qizg‘aldog‘im, lola qizg‘aldoq.
Tarif berolmadim senga tuzukroq,
Chunki dilsonimda so‘zlarim kamroq,
Aslida sal yoshman, tajribasizroq,
Lek ko‘ngil daftarim hamisha oppoq.
Izg‘irin chekinar sen ketma biroq,
Lola qizg‘aldog‘im, lola qizg‘aldoq.
Lola gulim sog‘indim sizni
Ko‘p kuttirmang so‘zlarim tinglab,
Nozlar qilmang sabrimni sinab,
Meni emas yuragim o‘ylab,
Rasmingizni jo‘nating menga.
Mayli kutay qancha bo‘lsa ham,
Bir davo bor qalbimga malham,
Bittagina eski bo‘lsa ham,
Rasmingizni jo‘nating menga.
Ko‘p qo‘ng‘iroq qilaman tinmay,
So‘zlashganda jig‘imga tegmay,
Internetni baxona qilamay,
Rasmingizni jo‘nating menga.
Qizg‘onmang hech qora ko‘zlarni,
Axir men ham yoqaman sizga.
Agar rosdan sevsangiz meni,
Rasmingizni jo‘nating menga.
Sizdan olis yiroqmanda ko‘p,
Vafolisiz bundan ko‘nglim to‘q,
Joningizni so‘raganim yo‘q,
Rasmingizni jo‘nating menga.
Sher yozganda sherlarimdasiz,
Qodirni ko‘p hayolidasiz,
Balki sherim yoqmay kulasiz,
Yana sherlar yozaman sizga.
Rasmingizni jo‘nating menga.
Lolajon
Mudom qarasam boshing egik hol,
Yolg’izlik seni ham qildi xasta xol,
Qalbimdan lolalar uzgim olaqol,
Lola , lolajon yolg’izim lola.
Husnda olamda tengsizsan bilsang,
Qizlardek chiroying maqtab yurmaysan,
Qancha go’zal bo’lsa , shuncha hokisor,
Lola , lolajonim yolg’izim lola.
O’ksinma menda ham sening savdoying,
Yolg’izman , yolg’izsan menman shaydoying,
Tashlab ketdi yorim ham ne edi xatoyim,
Lola , lolajon yolg’izim lola.
Bugun dalangda yastanib tunda,
Yangi oy chiqqanda niyat qilamiz,
Vafosizlar bizdan tongani uchun,
Ikkimizga vafoli yorlar tilaymiz.
Qaddingni tik tut do’stim,
Borman yoningda,
Toki tirik ekanman,
Qalqonman joningga,
Qip qizil yaprog’ing yuragingmidi,
Uzilgan barglarning tilagingmidi,
Bu dunyo og’ir dard do’stim chiday qol,
Ox lolajon , yolg’izim lola.
Lola qizg‘aldoq
Yomg‘irlarning ostida ivib,
Bugun seni yoningda qolay,
Bu bevafo dunyoga kulib,
O‘lsam hamki yoningda o‘lay.
Men bahorni intiqib kutdim,
Yuragimga yana olov yoq,
Dalalaru soylardan o‘tdim,
Salom senga lola qizg‘aldoq.
Lola qizg‘aldoq 2
Uyda yotibman-u,
Sezib turipman,
Ko‘kda kelayotir
Qushlar qaytishib.
Xayrlar yog‘dirib
Qanotlaridan,
Xasta shoiriga
Vido aytishib.
Bor, mening uchun ham
Ularga qo‘l qoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg‘aldoq!
Ularni men yana
Ko‘rarmanmi-a,
Ayvondan odamdek
Kuzatolmadim.
Kuz. To‘ylar boshlandi.
Yuragim pora –
Bitta qizimni ham
Uzatolmadim…
Demak, taqdir ekan
To‘y ko‘rmay o‘lmoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg‘aldoq!
Biroq, ko‘nglim sezar,
Mendan keyin ham,
Bir kun bu hovliga
Odam to‘ladi.
Hali to‘ylar qilib
Charchaysan, erkam,
Mening qizlarim eng
Baxtli bo‘ladi!
Kelinlar ko‘ylagi
Ruhimday oppoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg‘aldoq!
Gulim, yaqinroq kel,
Qara, ne savdo,
Bu ajib ishlarni
Dil lavhiga yoz:
Kimga qasr yetmas,
Kimga mol-dunyo,
Menga esa havo
Yetmaydi, xolos.
Tiriklar mudroqda,
O‘liklar uyg‘oq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg‘aldoq!
Ko‘ksim kuyib borar,
Ko‘krak yonmoqda,
Ayting do‘xtirlarga,
Yorishsa yorsin!
Jism o‘z ulfati –
Jondan tonmoqda.
Bechora jon endi
Qayerga borsin.
Endi osmon yiroq,
Endi yer yumshoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg‘aldoq!
Buni hayot derlar,
Unutma aslo,
Bir kun ochilasan,
Bir kun so‘lasan.
Qalbimda-ku, faqat
Sen eding tanho,
Qabrim ustida ham
O‘zing bo‘lasan.
Sen bizning sevgidan
Xotira – bayroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg‘aldoq!
Ayol qalbing bilan
Suv kech, olov kech,
G‘am kelsa boshingdan
Xushing uchmasin.
Xudodan so‘radim:
Mendan keyin hech,
Nomard kimsalarga
Ishing tushmasin.
Ularning qo‘lida
Hamisha tuzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg‘aldoq!
Ishing tushsa, inim
Muhammadga bor,
Shoirlar ichida
Ishonganim shu.
Biroz ichishini
Aytmasa agar,
Ko‘ksi tiniq bola,
Halol bola u.
Faqat sal soddaroq,
Faqat sal yoshroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg‘aldoq!
Jon so‘ngi boshpana
Toparkan ongda,
U yurak ostida
Derdim men bo‘lsam.
Ajablanma agar
Ertaga tongda
Seni o‘pib, O‘shni
Quchoqlab o‘lsam!..
O‘tinchim – tepamda
Yig‘lama uzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg‘aldoq!
Sherlar
Lola guli haqida sher eng sara sherlar to‘plami