Logoped kim: vrach yoki pedagog? to’liq malumot oling
👩🏻⚕️ Logoped kim: vrach yoki pedagog?
Mundarija
скрыть
💬 Logoped – bu nutqdagi nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassis. U maxsus mashqlar yordamida chiroyli gapirish va tovushlarni aniq-tiniq talaffuz qilishni o‘rgatadi. Logoped bir paytning o‘zida ham vrach, ham pedagog sanaladi. U tibbiy muassasalarda vrach sifatida, ta’lim muassasalarida esa pedagog sifatida faoliyat yuritadi.
♻️ Kimlar logopedga murojaat qilishi mumkin?
Nutqini yaxshilashni xohlagan har bir shaxs logopedning mijozi bo‘lishi mumkin. Masalan:
🔰 Yosh bolalar. Nutqi sekin rivojlanayotgan, duduqlanadigan, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga qiynaladigan yoshlar logopedning asosiy mijozlari sanaladi.
🔰 Abituriyentlar. Nutqiy malaka talab etiladigan san’at institutlariga kirishni ko‘zlagan yoshlar ham logoped maslahatlariga muhtojlik sezishadi.
🔰 Katta yoshlilar. Ishi doimiy muloqotlar bilan bog‘liq kasb egalari ham logopedga tez-tez murojaat etib turishadi. Ba’zan shunaqasi ham bo‘lib turadiki, xodimning biror mansabni egallashiga uning talaffuzidagi kamchiliklar xalal berayotgan bo‘lsa, korxona ma’muriyati shu xodimni logoped huzuriga jo‘natadi.
🔰 Bemorlar. Bosh miyaning jarohatlanishi oqibatida, masalan, insult holatidan so‘ng nutqini yo‘qotgan bemorlar ham logoped yordamiga muhtojdirlar. Bunday holatlarda maxsus metodlar qo‘llaniladi.
Logoped bo‘lish uchun nimalar talab etiladi?
💠 Logoped o‘z faoliyati jarayonida ta’lim berish bilan shug‘ullanadi, pedagogikadan xabardor bo‘lmay turib buni uddalash amri mahol.
💠 Bu mutaxassis tayanch tibbiy bilimlarni ham egallagan bo‘lishi shart, chunki u muayyan kasallik (patologiya) ni davolash bilan shug‘ullanadi. Neyrofiziologiya, nevropatologiya, psixopatologiya, eshitish, gapirish va ko‘rish a’zolari fiziologiyasi hamda genetika asoslari logoped uchun tanish bo‘lishi muhim.
💠 Logoped ayni paytda yaxshi psixolog ham bo‘lishi kerak, chunki u bolalar bilan ham, kattalar bilan ham o‘ziga xos aloqa o‘rnatishi lozim.
💠 Psixolog va pedagog bo‘lish barobarida bu mutaxassis ona tiliga doir bilimlarni yaxshi o‘zlashtirgan, psixolingvistika bilan tanishib chiqqan bo‘lishi ham kerak.
💠 Bu kasb egalarida ayrim o‘ziga xos xususiyatlar bo‘lishi talab etiladi. Bolalarni sevish, xotirjamlik va sabr-toqat, chiqishuvchanlik va aktyorlik shular jumlasidan.
💠 Va, albatta, logopedning o‘zida nutqiy muammolar bo‘lmasligi kerak.
Manba© «Sog’lom farzand»
Boshqa mavzular
Logoped kim: vrach yoki pedagog?